• Xorvatiya Respublikasi Republika Hrvatska Bayroq Gerb Shior
  • Mustaqillik (Yugoslaviyadan) • Sana 25-iyun, 1991 Maydon
  • Vaqt mintaqasi UTC+1 • Yoz (DST) UTC+2 Qisqartma HR Telefon prefiksi 385 Internet domeni
  • Xorvatiya (xor.: Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi




    Download 199.75 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana25.03.2023
    Hajmi199.75 Kb.
    #46729
      1   2   3
    Bog'liq
    Xorvatiya - Vikipediya
    1-LI dasturlash, Inov.Invest. Oraliq.n. Norpo\'latov.B, 5-mavzu (Tarorlanish operatorlari), Anion, deferwgwr, dedd, 111111, G’arb mutaffakirlarining borliq haqidagi ta’limotlari


    Xorvatiya
    Xorvatiya (xor.: Hrvatska), Xorvatiya
    Respublikasi (xor.: Republika Hrvatska) —
    Bolqon yarim orolning shimoli-gʻarbiy
    qismida joylashgan davlat. Maydoni 56,6
    ming km². Aholisi 4,267 mln. kishi
    (2012). Poytaxti — Zagreb shahri
    Maʼmuriy jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga
    boʻlinadi.


    Xorvatiya Respublikasi
    Republika Hrvatska
    Bayroq
    Gerb
    Shior: Yoʻq
    Madhiya: Lijepa naša domovino
    (Bizning goʻzal Vatan)
    Poytaxt
    Zagreb
    Rasmiy til(lar)
    Xorvat
    Hukumat
    Parlamentlik
    Respublika
    • Prezident
    Ivo Josipović


    • Bosh Vazir
    Jadranka Kosor
    Mustaqillik (Yugoslaviyadan)
    • Sana
    25-iyun, 1991
    Maydon
    • Butun
    56,542 km
    2
     (127-
    oʻrin)
    • Suv (%)
    1.09
    Aholi
    • 2002-yilgi roʻyxat
    4,495,904 (117-
    oʻrin)
    • Zichlik
    79/km
    2
    YIM (XQT)
    2005-yil roʻyxati
    • Butun
    AQSh$53,560 mil.
    (73-oʻrin)
    • Jon boshiga
    AQSh$11,913
    Pul birligi
    Yevro (EUR)


    Xorvatiya — parlamentli respublika.
    Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil
    dekabrda qabul qilingan. 1997, 2000,
    2001 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat
    boshligʻi — prezident (2000 yildan Stipe
    Mesich), u umumiy teng va toʻgʻri yashirin
    ovoz berish nuli bilan 5 yil muddatga
    Vaqt mintaqasi
    UTC+1
    • Yoz (DST)
    UTC+2
    Qisqartma
    HR
    Telefon prefiksi
    385
    Internet domeni
    .hr
    Davlat tuzumi


    saylanadi. Qonun chiqaruvchi
    hokimiyatni 2 palatali parlament — Sabor
    (vakillar palatasi va jupaniylar palatasi),
    ijrochi hokimiyatni prezident bilan
    hukumat amalga oshiradi.
    Xorvatiya hududining sharqiy kismi
    (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni
    Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi.
    Mamlakat markazi va gʻarbida karst
    relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831
    m) bor. Bu togʻlik shimoli-sharqda pasaya
    borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga
    tutashadi. Janubiy va janubisharqi —
    Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili
    Tabiati


    (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan
    parchalangan. Qirgʻoq yaqinida
    Dalmatsiya orollari joylashgan. Xorvatiya
    sharqida iqlim moʻʼtadil, kontinental.
    Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom
    etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta
    dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600–
    700 mm, sohilda 1000 mm gacha.
    Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar
    buk, eman daraxtzorlari, aralash
    oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi
    karst platosi taqir boʻshliqdan iborat,
    sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos
    butazorlar (makvis) bor. Hayvonot
    dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda
    burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda


    kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va
    qushlar uchraydi.
    Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek,
    serb, sloven, venger va boshqa ham
    yashaydi. Shahar aholisi 56,2%.
    Dindorlarning aksariyati katoliklar.
    Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari:
    Zagreb, Split, Riyeka.
    Xorvatiya hududida odam ilk paleolit
    davridan boshlab yashaydi. Jez davrida
    illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil.
    av. 1-asrda Rim bosib olgan. Mil. 1-asrda
    Xorvatiyaning talay qismi Rimning
    Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga,
    Tarixi


    395 yil esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—
    7-asrlarda Xorvatiya hududida slavyanlar
    yashay boshladi. 8-asrda franklar bostirib
    keldi. 9-asr oxirida xorvat knyazlari
    franklar va Vizantiya asoratidan qutulib
    mustaqillikka erishdilar, 925 yil Xorvat
    davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-asrda
    xristianlik tarqaldi. 1102 yil Xorvatiya
    venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini
    oʻzi boshqarish huquqini saqlab qoldi.
    16-asr oxirida Xorvatiya hududining koʻp
    qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga
    oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi
    ostida qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr
    boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar
    (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan
    chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar


    imperiyasi tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir
    qismi 1809—13 yillarda Illiriylar
    provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-asr oxiri
    — 19-asr boshlarida xorvat millatining
    shakllanish jarayoni kuchaydi va 19-asr 1-
    yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi.
    19-asrning 30—40-yillari xorvat yerlarida
    illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49
    yilgi Avstriya va Vengriyadagi inqilob
    natijasida Xorvatiya Gabsburglar
    imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erishdi.
    Ammo inqilob bostirilgach,
    muxtoriyatdan mahrum boʻldi. 1868 yilgi
    Xorvatiya Vengriya bitimi natijasida
    cheklangan muxtoriyatga erishdi.
    AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach
    (1918), Xorvatiya Serblar, xorvatlar va


    slovenlar (1929 yildan Yugoslaviya)
    qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 yil avgustda
    Xorvatiya muxtoriyatga erishdi. 1941 yil
    aprelda fashistlar tomonidan okkupatsiya
    qilingan Xorvatiya hududida "Mustaqil
    Xorvatiya davlati" degan koʻgʻirchoq
    davlat eʼlon qilindi. 1945 yil Xorvatiya
    hududi butunlay ozod qilindi va
    Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi
    (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik
    Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
    1963 yildan 1991 yilgacha Yugoslaviya
    tarkibida Xorvatiya Sotsialistik
    Respublikasi deb ataddi. 1991 yil iyunda
    Xorvatiya mustaqilligi toʻgʻrisidagi
    Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat


    Xorvatiya Respublikasi deb atala
    boshladi. Xorvatiya — 1992 yil 22 maydan
    BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi
    suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan
    olgan va 1995 yil 6 fevraldan diplomatiya
    munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami
    — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
    Liberal partiya, 1998 yil tuzilgan;
    Sotsialdemokratik partiya, 1990 yil
    tashkil etilgan; Xorvatiya demokratik

    Download 199.75 Kb.
      1   2   3




    Download 199.75 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorvatiya (xor.: Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi

    Download 199.75 Kb.
    Pdf ko'rish