• Tadqiqot natijalari
  • 2-rasm. Sanoat tarmoqlari ta’sirida xududning og‘ir metallar bilan ifloslanishi
  • -rasm. Atrof-muhitga sanoat tarmoqlarining ta’siri




    Download 82,87 Kb.
    bet2/3
    Sana14.02.2024
    Hajmi82,87 Kb.
    #156497
    1   2   3
    Bog'liq
    22. -- янги тайёр

    1-rasm.
    Atrof-muhitga sanoat tarmoqlarining ta’siri


    Sanoat tarmoqlari hisobiga kelib chiqayotgan ifloslanishlar va atrof-muhitga bo’lgan zararlarning me’yoridan ortishi natijasida kelib chiqayotgan ekologik muammolarni xavflilik darajasini aniqlashdan iborat.Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat:Sanoat tarmoqlaridan chiqayotgan har xil kimyoviy birikmalar, og’ir metallar, zaharli gazlarning atrof-muhitga yetkazayotgan zarari hamda me’yori aniqlash.
    Tadqiqot natijalari: Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ, Bekobod sement, Angren issiqlik elektr stansiyalarini tuproqlarga, o‘simliklarga atrof-muhitga shuningdek tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatganligini va uning ekologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib kelganligini ko‘rishimiz mumkin.Tadqiqotlar davomida Angren issiqlik elektr stansiyasi atrofida tarqalgan tuproqlarning zararlanish miqdori hamda ifloslanish darajasi ko’rsatgichlari ruxsat etilgan me’yordan yuqori ekanligi aniqlandi.Tuproqning ekologik holati buzilishi natijasida tuproq o’z unumdorligini deyarli yo’qatgan, buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari hosildorlik kamaygan va ekologik holati pasaygan.Bekobod sement sanoati faoliyati natijasida tuproqlarda to‘plangan kimyoviy birikmalarning jumladan og‘ir metallarning miqdorlarini mg larda yillar kesimida 2-rasmda keltirilgan.
    2-rasm.
    Sanoat tarmoqlari ta’sirida xududning og‘ir metallar bilan ifloslanishi



    Bekobod sement sanoat tarmog’ining faoliyati natijasida 2020-yildan 2022-yilgacha bo’lgan vaqt davomida o’rganilganda tuproqda ogir metallarning miqdori oshib borgan bu ruhsat etilgan me’yordan bir necha baravar ekanligini ko’rishimiz mumkin.Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ natijasida esa atmosferaga chiqayotgan gazlarning ham konsentratsiyasi oshgan.Buning natijasi shu hudud atrofida yashovchi aholi o’rtasida har xil nafas olish tizimi surunkali kasalliklari kelib chiqqan.Bu yerda ham gazlarning ruxsat etilgan me’yoridan ortganligi aniqlandi.


    Xulosa: Yuqorida aniqlangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra Angren Issiqlik elektr stansiyasining atrofida tarqalgan texnogen ifloslangan tuproqlarning ekologik xolatini saqlash va ifloslanish darajasiga qarab rekultivatsiya usuli bilan tozalash muhim masalalardan biri xisoblanadi. Bu esa sug‘oriladigan taproqlardan samarali foydalanish, toza-oziq ovqat maxsulotlarini yetishtirish, shuningdek tuproqning ekologik xolatining tiklashishiga olib keladi.

    Download 82,87 Kb.
    1   2   3




    Download 82,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Atrof-muhitga sanoat tarmoqlarining ta’siri

    Download 82,87 Kb.