|
Xozirgi zamonning ekologik muammolari (sanoat tarmoqlari misolida) Jobborov Baxrom Turg‘unovich
|
bet | 1/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 82,87 Kb. | | #156497 |
Bog'liq 22. -- янги тайёр
XOZIRGI ZAMONNING EKOLOGIK MUAMMOLARI (SANOAT TARMOQLARI MISOLIDA)
Jobborov Baxrom Turg‘unovich
O‘zbekiston Milliy universiteti Ekologiya kafedrasi doktaranti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. email: baxrom.jobborov@mail.ru
Madrahimova Zulfiya Nurmatovna.
Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Jo‘rayev Hasan Nuriddin o‘g’li o’qituvchi.
Akramov Akmal Akbar o‘g’li o’qituvchi
Annatatsiya:Ushbu maqolada hozirgi kundagi eng dolzarb ekologik muammolar hamda ularning turlari atrof-muhitga yetkazayotgan salbiy ta’sirlari, ifloslanish darajalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so‘zlar: atrof-muhit, shlak, tuproq, ifloslanish, ekologiya, chiqindi, omillar, sanoat, og’ir metallar.
Kirish: Sanoat ishlab chiqarishi, ma'lumki, zamonaviy jamiyatning normal faoliyat yuritishi uchun zarur shartlardan biridir. Afsuski, uzoq vaqt davomida uning faoliyati davomida tabiiy muhitga yetarlicha e'tibor berilmagan. Bugungi kunda tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatni buzilishi natijasida atrof-muhitga bo’lgan ta’sir kundan kunga ortib bormoqda[1] Buning ortidan hozirgi kunda bir qancha ekologik muammolar kelib chiqmoqda Hozirgi paytda tabiiy muhitni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishi ekologik muvozanatni maksimal darajada saqlash va ekotizimning tabiiy o'zaro bog'liqligini ta'minlashdir. Bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammolar quyidagilardan iborat: atrof-muhitning global ifloslanishi; tabiiy resurslarning qisqarishi; barcha turdagi tabiiy resurslardan me’yordan ortiq foydalanish; ishlab chiqarish va sanoat zonalarning ifloslanishi; odamlarni ekologik tarbiyalash; sanoat va insoniy chiqindilarni qayta ishlash; normal hayot va inson salomatligiga ta’sir qiluvchi bir nechta omillar hisoblanadi[2].
Hozirgi kunda ekologik muammolar barcha uchun global muammoga aylanib bormoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi bir tamondan fan texnika taraqqiyotining natijasi hisoblanadi [3]. Ikkinchi tomondan esa tabiiy resurslarning tugashi va atrof-muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo’ladi. Atrof-muhitning ifloslanishning katta qismi hozirgi paytda sanoat tarmoqlari hissasiga to’g’ri keladi.Bu sanoat tarmoqlarining ko’p qismi Toshkent viloyati hududida joylashgan.Ushbu sanoat tarmoqlariga Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ, Bekobod sement, Angren IES lar kiradi.Ushbu sanoat tamoqlari faoliyati natijasida atmosferadagi gazlarini moqdori oshishi hamda tuproqlarning unumdorlik xususiyatlari va yaroqsiz holatlarga kelib qolish holatlari kuzatilmoqda.Sanoat tarmoqlarida asosan og’ir metallar Mo, V, Ni, Pb, Cu, Zn va zaharli gazlar CO, N, SO2, uglevodorod gazlari orqali ifloslanish miqdori katta hisoblanadi. 1-rasmda ham sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga yetkazayotgan salbiy ta’sirlari ko’rsatilgan.
|
| |