|
Loyihalash uchun topshiriq
|
bet | 2/3 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 121,5 Kb. | | #118667 |
Bog'liq DOC tarjima.wps muhr2Loyihalash uchun topshiriq
Sanoat korxonasini loyihalashga kirishish uchun to'liq ishlangan topshiriq bo‘lishi kerak.
Korxonani loyihalash uchun topshiriq iqtisodni kelajakda rivojlanish rejasi asosida tuziladi. Ushbu topshiriqda yuqoridagilarga asosan texnik-iqtisodiy dalillar va bo‘lg‘usi korxonan qur-
ish yoki rekonstruksiyalashni maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi.
Mashinasozlik korxonasini qurish uchun topshiriqda quyi-
dagi masalalar yoritilgan boiish i kerak:
1 Korxona qurish uchun asos, ya’ni tegishli tashkilot qarori.
2 Korxona qunsh uchun tanlangan tuman va joy.
3 Mahsulot tavsifi va bo‘lg ‘usi korxonaning asosiy mahsu-
lotlar bo'yicha (natural va baholi holatda) ishlab chiqarish
quwati.
4 Ishlab chiqarishni xomashyo, yonilg'i, gaz, elektr energi-
yasi va suv bilan ta’minlaydigan asosiy joylar.
5 Korxonani maxsuslashtirish, ishlab chiqarish va xo'jalik
kooperatsiyasi.
6 Tayyor mahsulot bilan ta’minlanadigan zonalar.
7 Korxona binolarini va qurilmalarini kelajakda kengaytirish
masalalari.
8 Qunlish muddati va korxonaning alohida qismlarini ishga
tushurish navbati va muddati.
9 Kapital xarajatlaming ta ’minot hajmi, mahsulotning tan narxi, mehnat unumdorligi.
Bundan tashqari, loyihalash uchun topshiriqqa shahar hududida korxona qurish uchun uchastkani qurilish pasporti bilan arxitektura-reja topshirig'i ham ilova qilinadi.
Arxitektura-reja topshirig‘i o ‘z ichiga qurilishga qo ‘yiladigan
talablar, qavatlar soni, binoning ko‘cha tarafga chiqadigan qis-
mini ko’rkam loyihalash va shahar muhandislik qurilmalariga
bog’lanish joylarini oladi.
Loyihalash uchun topshiriqda bo'lg'usi quriladigan korxo
naning texnik-iqtisodiy tomondan asoslash kerak, ya’ni, qurilish
uchun tanlangan hudud va maydon, loyihalanuvchi korxonaning
ishlab chiqarish quwati va uning mahsulotlari nomenklaturasi,
xomashyo, yarimfabrikatlar, elektr energiyasi, suv, yonilg ‘i, gaz,
qurilish materiallari va mahsulotlari bilan ta’minlash usuli va joy
Topshiriqda ko'rsatilgan ishJab chiqarish dasturida quyidagi
ma’lumotlar bo lishi kerak: tayyorlanadigan mahsulotlar nomenklaturasi, ulaming o'ichami, turi va markasi; har bir mahsulot soni, o'lchami (yil davomi uchun); bir mahsulot og'irligi va bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulotning og'irligi; bir mahsulot hajmining kutilayotgan tannarxi; ishlab chiqariluvchi mahsulotning kerakli qismlari ro‘yxati va soni. Ushbu barcha ma’lumotlar qaydnomada ko'rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturiga quyidagilar ilova qilinadi:
- detallaming ishchi chizmalari;
- uzellar va mahsulotning yig'ma chizmasi;
- mahsulotning umumiy ko'rinishdagí chizmasi;
- detallar spetsifikasi;
- konstruksiya bayoni, rasmlari;
- tayyorlash va topshirish uchun texnik shartlar.
Detalga ishlov berish texnologik jarayonim loyihalash uchun ishchi chizmada quyidagil ma’lumotlar ko‘rsatiladi: zagotovka turi va material markasi; ishlov beriladigan sirt; ishlov berilgan sirtning tozalik sinfi; ishlov berish dopuski; termik ishlov berish turi va material
qattiqligi; antikorroziya qoplama turi.
|
| |