• Oʻzbekiston milliy universiteti, SamDU Fargona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti
  • Xulq atvor. Individ odamzod uning vakili, oʻziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam. Individuallik




    Download 32,91 Kb.
    bet5/5
    Sana27.11.2023
    Hajmi32,91 Kb.
    #106495
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Xotira

    M. Vohidov M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chiqdi. Hozirgi davrda psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. G’oziyev, B. Qodirov, G’. Shoumarov, R. Gaymutdinov, V. Karimova, Sh. Baratov, A. Jabborov, R. Sunnatovlar psixologiyaning umumiy psixologiya, pedagogik va yosh psixologiyasi sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirilmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari Oʻzbekiston milliy universiteti, SamDU Fargona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoyilgan. Ozbekistonda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
    Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniqlangan, inson ichki munosabatlari bilan subyektiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi isbotlangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shvetsariya mamlakatlarida ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
    Hozirgi zamon psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy psixologiya, aviatsiya psixologiyasi, harbiy psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi, maxsus psixologiya, ijodiyot psixologiyasi, menejment psixologiyasi, marketing psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy psixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologiya tarixi, genetik psixologiya, amaliy psixologiya, eksperimental psixologiya, kasb psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy psixologiya va boshqa psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga obyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subyektiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan.

    «Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murak-kabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbat-da, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayri-insoniy mohiyatiga urg‘u beradi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillariga ozor yet-kazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilat-lari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini ko‘rsatadi.


    Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlar-aro munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchi-ning o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuk-sak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yax-shi taassurot qoldiradi.
    «Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlay-di. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’ti-bori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘li-ga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofdagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu o‘lchov bilan yondashadi.
    Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlan-gan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari roman-ning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi.
    Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvo-li tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqalli bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘ira-di. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi.
    Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandini yerga berib,
    bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi.
    Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi– Kimsani-ni urushga kuzatdi. Kimsanning peshonasiga urushda halok bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o‘g‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; farzandining bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza ham ochgani yo‘q. Bunday o‘rinlarda ona qalbining naqadar bebaholigiga tan berasiz. Bag‘ri kuygan mushtipar ona ke-cha-yu kunduz: «Qayoqdasan, bolam? Qaysi yurtlarda yurib-san?! Joning sog‘mi o‘zi? Mayli, oyoq-qo‘lsiz bo‘lsang ham, birov zambilda ko‘tarib kelsayam jon derdim! Kaftimda olib yurardim! Otang yo‘lingga termula-termula o‘tdi. Endi aqalli meni o‘z qo‘ling bilan tuproqqa qo‘ysang-chi!» – deb o‘g‘lini yo‘qlaydi.
    Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Ro-biya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora amma-ni oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsa-da, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi.

    XULOSA
    Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, asarda urush va urushdan keyingi yillardagi qishloq hayoti, urushning jamiki og’irliklarini, marhumlarini Azamat yelkasida ko‘targan, o‘zi yemay barchasini jangchilar og’ziga tutgan fidoyi dehqonlar jasorat madh qilingan. Nikoh kechasini ertasigayoq kuyovini jangga jo‘natib, o‘zlari kelinlik liboslarini ish kiyimiga almashtirib og’ir va mashaqqatli mehnatlari, ota o‘rniga ketmon ko‘tarib dalaga chiqqan go‘daklar, o‘g’li o‘rniga yer chopgan chol-u kampirlar ko‘z o‘ngingizda paydo bo‘ladi. Siz ularning ovozini eshitasiz. Ularning qaddini tik ushlab turgan kuch g’alabaga ishonch edi. Urush yillarida chol-kampirlar ko‘zlari nigoron bo‘lib jigargo‘dshalarini tonggacha duo qilib chiqqanlari ko‘z oldingizga keladi… Ochlik, yupunlik, ayriliqlar, erta hazon bo‘lgan muhabbat alamlari, judolike, qarg’ish, yig’I, g’azab – hamma-hammasi romanda nihoyatda ishonarli tasvirlangan. Shu o‘rinda ijodkorning mashhur jumlasini aytmoqchiman “Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg’onib chiqsa. Oradan yillar o‘tib asarni qo‘liga qayta olganida tag’in hayajonlansa, yangi ma’nolar topsa. Eng katta orzuyim shu… ” deb yozadi sevimli adibimiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov.
    Download 32,91 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 32,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulq atvor. Individ odamzod uning vakili, oʻziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam. Individuallik

    Download 32,91 Kb.