|
Psixologiyaga oid O’zbekiston va Yevropa olimlarining qarashlari
|
bet | 4/5 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 32,91 Kb. | | #106495 |
Bog'liq XotiraPsixologiyaga oid O’zbekiston va Yevropa olimlarining qarashlari.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erosistrat psixikaning organi ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy bolagi sifatida talqin qilganlar. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives gaplar psixologiya rivojiga hissalarni qoʻshdilar. XVII asrga kelib M.V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G.S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnist, J. Lokk, K.A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada birtalay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2- yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi. Psixologiyaning rivojiga I.M. Sevhebkov, I. Pavlov taʼlimotlari muhim hissa qoʻshdi.
Rossiyada V.M. Bexterev eksperimental lobaratoriya, xarkov universiteti va N.N. Langening Odessadagi laboratoriyasi, G. Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsakovning Moskvadagi, keyinchalik V.M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryevdagi eksperimental laboratoriyalari psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912-yil Moskva universitetida psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I.A. Sikroskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. XX xx asrning 1- yarmida rossiyada K.N. Korninlov, Blonskiy va boshqalar diyalektiga asoslangan ilmiy psixologiyani yaratilishiga kirishdilar. Oʻzbekistonda psixologiya 1928-yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq marifi komissarligi qoshida psixologiya labaratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. XX asrning 2- yarmida
|
| |