|
Xulq atvor. Individ odamzod uning vakili, oʻziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam. Individuallik
|
bet | 3/5 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 32,91 Kb. | | #106495 |
Bog'liq XotiraPsixoterapiya – (grek. therapiya – parvarish qilish, davolash) ko’plab psixik asabiy va psixosomotik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir. Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Psixo analiz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot.
Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuygu (gazablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko’chirishdan iboart psixik jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’grisida o’ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Aql– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
|
| |