• Jadidlarning xalqaro
  • 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Tarakkiy», shu yili Munavvarkori
  • 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg`ona», «El bayrog`i», «Kengash», «Ulug` Turkiston», «Turon» ro`znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg`ona saxifasi»
  • O`zbek xalqining tinchliksevarlikka
  • Davlat Dumasida turkistonlik
  • Butunrossiya musulmonlari ittifoqi ta
  • O`zbekistonning
  • Jadidlar nafaqat Vatanga va milliy qadriyatlarga




    Download 62,5 Kb.
    bet3/6
    Sana31.05.2024
    Hajmi62,5 Kb.
    #258667
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Umidjon Norpo\'lat Maqola

    Jadidlar nafaqat Vatanga va milliy qadriyatlarga munosabati bilan, ayni paytda, umuminsoniy taraqqiyot yutuqlarini tushunishda ham tarixiy namuna bo`lishlari mumkin. Ular hech qachon milliy doirada cheklanib qolmaganlar va ularning G`apb tsivilizatsiyasi tomon intilshlarini tushunish mumkin. O`sha paytda G`ap6, texnologiya va ishlab chiqarish darajasi jixatidan Sharqqa nisbatan ancha ilgarilab ketgan edi. Jadidlar o`zlarining kelajakdagi davlat tuzumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etardilar.
    Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo`lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo`lganlar, o`zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashdilar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o`z ta`sirini ko`rsatdi. Progressiv kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma`rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ruznomalarning kuplab vujudga kelishida ham kurindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Tarakkiy», shu yili Munavvarkori muxarrir ligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «SHuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ruznomalari chop etildi.Lekin tez orada chor ma`muriyati uzining eksperti N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ruznomalarni man etdi.
    1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg`ona», «El bayrog`i», «Kengash», «Ulug` Turkiston», «Turon» ro`znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg`ona saxifasi» kabi ommaviy axborot vosigalari ham paydo bo`ldi.
    Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini o`rgandilar. Lekin milliy mentalitetning o`ziga xos xususiyati bo`lgan. O`zbek xalqining tinchliksevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yo`li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho xokimiyatidan o`z maqsadlarini amalga oshirish yo`lida yon berishga erishishga intildilar. Ammo chorizm ma`muriyati Davlat Dumasida turkistonlik vakillar bo`lishini man etgan. Bu bir tomondan, o`lka xalqining huquqlari va qadr-qimmatini poymol qilish bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularning siyo­siy ongining o`sishi Rossiya imperiyasi davlatchiligiga xavf tug`dirar edi. O`shandayoq jadidlar, Maxmudxo`ja Bexbudiyning 1906 yil 11 oktyabrda «Xurshid» ro`znomasida chop etilgan maqolasida o`z aksini toptan xulosaga, ya`ni birlashib yagona musulmon partiyasi tuzish va Butunrossiya musulmonlari ittifoqi tarkibiga kirish zarurligi haqidagi fikrga keldilar. Shu bilan ular Rossiyadagi barcha turkiy xalqlar orasidagi progressiv kuchlarga tayanishga intildilar. Ushbu maqolasida Bexbudiy sotsial-demokratlar partiyasiga nisbagan uzining salbiy munosabatini bildiradi. U bu partiyaning dasturini musulmonlar hayoti normalariga muvofiq kelmaydigan xayoliy (utopiya) dir, deb hisoblagan. O`zbekiston ishchi va mexnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g`alabaga o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar. Ular orasida O`zbekistonning mashhur olimlaridan U.A. Arifov, Yo.X. To`raqulov, I. Ismoilov, X. Usmonov va boshqalar bor edi. T. N. Qori-Niyoziy, V.I. Romanovskiy, T.Z. Zohidov, I.A. Raykova, O.S. Sodiqov kabi olimlarning yutuqlari xalq xo`jaligi va front zaruriyati uchun muammolarni hal qilishda katta xizmat qilgan.

    Download 62,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 62,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadidlar nafaqat Vatanga va milliy qadriyatlarga

    Download 62,5 Kb.