|
Turkiston jadidlarini birlashtirishda jadidlarning rahbari deb tan olingan Maxmudxo`ja Bexbudiyning
|
bet | 2/6 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 62,5 Kb. | | #258667 |
Bog'liq Umidjon Norpo\'lat MaqolaTurkiston jadidlarini birlashtirishda jadidlarning rahbari deb tan olingan Maxmudxo`ja Bexbudiyning xizmati beqiyos bo`ldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan tahlil qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning bo`lg`usi davlat qurilishi dasturlarida, haqiqatdan ham, yoshlar dunyoqarashi o`z aksini topganligiga ishonch hosil qilamiz. 1910 yilda jadidlar safini asosan 13 yoshdan 36 yoshgacha bo`lganlar tashkil etgan. Jadidchilikning rahbari Bexbudiy o`sha paytda 36 yoshda bo`lgan bo`lsa, keyinchalik yoshlarning sevimli shoiriga aylangan Cho`lpon, endigina 13 yoshda edi. Ularning hech birlari, siyosiy ta`kiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib yashamaganlar.
Jadidlar mafkurasida hozirgi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan - dinning inson ma`naviy kamolotidagi o`rnini to`g`ri tushunish, bozorni shakllantirish jarayonlarini faollashtirish, tarakkiyparvar demokratik institutlarni vujudga keltirish, o`lkada o`ziga xos milliy rivojlanishni shakllantirish kabi tarixiy vazifalar jamlangan edi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun muxim shartlar bulib, islom tushunchasini yangilash, uni mutaassiblikdan tozalash, fan yutuqlari va ilg`or texnologiyani egallash muammolarini hal etish lozim edi. Biroq bu g`oyalar, jadidlar islomning butun ta`limotini qayta yozishga intilganlar, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Sababi ular o`z faoliyatlarida Qur`onni ham, va umuman, butun islom ta`limotini ham to`g`ri izohlab berishga intilganlar. Ular o`z asarlarida (A.Fitratning «Xind sayyohi qissasi», M.Bexbudiyning «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi») kabilar) ayrim ruxoniylarning o`z manfaatlari yulida islom mohiyatini buzib ko`rsatganliklarini tanqid qiladilar va dindan foydalanilgan siyosiy tadbirlar qanchalar og`ir oqibatlarga olib kelishini ko`rsatib beradilar. Jadidlar islomning tarakkiyparvar rolini tushuntirish bilan ta`lim, iqtisod, madaniyat va umuman, jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh etish zaruratini tushuntirishga intilganlar. Qur`on va uning tafsirini juda yaxshi bilgan Maxmudxo`ja Bexbudiy o`z maqolalaridan birida Qur`on oyatlari va hadislardan namunalar keltirish bilan islom xalq ta`limi va barcha fanlarga, shu jumladan, tarix faniga qay darajada katta ahamiyat berganligini isbotlab bergan. U islom tarixini bilmasligi oqibatida, aksariyat hollarda, ung`aysiz vaziyatga tushib qoladigan din peshvolarini tanqid qiladi.
|
| |