• 1943-1945 yillarda
  • O`zbekistonda oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham to`xtab qolmadi . O`zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta o`rta
  • O`zbek adabiyoti
  • Oybekning «Yovga o`lim!» she`ri, «Navoiy» romani, «Men yahudiy», Hamid Olimjonning «Yigitlarni frontga jo`natish», «Jangchi Tursun», «Roksananing ko`z yoshlari»
  • O`zbek matematik, mexanik va astronomlari aviatsiya, o`q-dori, harbiy texnika




    Download 62,5 Kb.
    bet4/6
    Sana31.05.2024
    Hajmi62,5 Kb.
    #258667
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Umidjon Norpo\'lat Maqola

    O`zbek matematik, mexanik va astronomlari aviatsiya, o`q-dori, harbiy texnika sifatini oshirishga aloqador bo`lgan bir qancha muhim ilmiy muammolarni hal qildilar. Bunda T.A. Sarimsoqov, V.I. Roma­novskiy, M. Kamolov, N.N. Nazarov va boshqa olimlar hissasi katta bo`ldi. Ularning ehtimollik nazariyasi va matematika statistikasi sohasidagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning ko`tarish imkoniyatini oshirishga, respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy texnikaning sifat ko`rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi.
    1943-1945 yillarda kulga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan UzFA Ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar. O`zFAning faoliyatida ko`chirib keltirilgan ilmiy xodimlarning ham o`ziga xos hissasi bo`ldi.
    Urush yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O`zbekistonda oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham to`xtab qolmadi. O`zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta o`rta maxsus o`quv yurti ishlab turdi, ularning soni Markazdan ko`chirib keltirilgan 31 ta oliy o`quv yurti va 7 ta Harbiy akademiya hisobiga yana ortib bordi. Bu o`quv yurtlarida urush yillari mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassis va 6.673 nafar kadrlar tayyorlandi.
    Xalq ta`limi sohasida ham o`qituvchilarning frontga ketishi, ko`pgina binolarning gospitallarga, bolalar uyi va harbiy-o`quv punktlariga berilishi, darslik va o`quv qo`llanmalarining, mutaxassis kadrlarning yetishmovchiligi anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi. Shunday bo`lsa ham urush yillarida o`qitish ishlari muntazam olib borildi. O`quvchilar maktabda o`qish bilan birga yaradorlarga, frontga ketganlarning oila a`zolariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar.
    O`zbek adabiyoti ham xalqimizning yovuz dushmanga qarshi kurash yillarida o`zining munosib hissasini qo`shdi. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, G`afur G`ulom, Uyg`un, Sobir Abdulla, Zulfiya, Temur Fattoh kabi shoir va yozuvchilar urush maydonlariga safarbar etuvchi she`rlari va maqolalari bilan xalqni galabaga ruhlantirdilar. Oybekning «Yovga o`lim!» she`ri, «Navoiy» romani, «Men yahudiy», Hamid Olimjonning «Yigitlarni frontga jo`natish», «Jangchi Tursun», «Roksananing ko`z yoshlari» va boshqa asarlar urush yillaridagi o`zbek adabiyotining yorqin namunalaridir.

    Download 62,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 62,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbek matematik, mexanik va astronomlari aviatsiya, o`q-dori, harbiy texnika

    Download 62,5 Kb.