• STEAM texnologiyasi haqida
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Klaster metodini fizika fanida qo’llanilishiga namuna




    Download 21,85 Kb.
    bet4/4
    Sana16.05.2024
    Hajmi21,85 Kb.
    #238504
    1   2   3   4
    Bog'liq
    maqola

    Klaster metodini fizika fanida qo’llanilishiga namuna
    Klaster metodi orqali o’quvchilarni xotirasini tekshirib,tezkorlikka undash mumkin. Dastlab o’quvchilarga fizika faniga doir atama aytiladi va shu atamaga bog’liq bo’lgan terminlar orqali u yoritiladi.Akademik litseylar tizimida o’quvchilarnini elektron moddalar to’g’risidagi bilimlarini tekshirish uchun ularga “Mis” atamasiga doir ma’lumotlar so’raladi. Mis yumshoq metal,tok o’tkazuvchi, qizg’ish rangda,atom raqami 29,zichligi 89600kg/m³,qaynash harorati 2840K va hokazo.O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o’quvchilar ongida tasavvur hosil qiladi , birgalikda dars o’tish usuli faollashadi, o’qituvchidan ko’ra o’quvchilar ko’roq gapiradi va natijada dars sifati oshadi.


    STEAM texnologiyasi haqida.
    STEAM ta'lim texnologiyasi maktab o'quvchilarini yangicha o'qitish metodikasi bo'lib, an'anaviy o'qitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U o'quvchilarni bir vaqtning o'zida beshta - fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy san'at (Art), matematika (Math) bo'yicha o'qitishga mo'ljallangan. STEAM fan bo'yicha emas, balki mavzular bo'yicha integratsiyalashgan o'qitish tizimidir. STEAM ta'limi deganda amaliy mashg'ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo'llash tushuniladi. MUHOKAMA STEAM texnologiyasida foydalaniladigan metodlardan biri Evristik ta'lim metodi hisoblanadi. Evristik degan so'zning ma'nosi savol javobga asosan "topaman" demakdir. Evristik metod bilan o'qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan boshlab qollanila boshladi. Fizikada mashg'ulotlar qiziqarli bolishi uchun, bu mashg'ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so'zma so'z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bolishi kerak. Amerikalik olim D. Poya evristik ta'lim metodi to'g'risida shunday degan edi: "Evristikani maqsadi yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir". U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi:
    1. Masala yoki amaliy topshiriqning qo'yilishini tushunish.
    2. Masalaning yechish rejasini tuzish.
    3. Tuzilgan rejani amalga oshirish.
    4. Orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish). Bu rejani amalga oshirish jarayonida o'qituvchilar quyidagi savollarga javob topadilar.
    1. Masalada nima noma'lum?
    2. Masalada nimalar ma'lum?
    3. Masalaning sharti nimalardan iborat?
    4. Ilgari shunga o'xshagan masalalar yechilganmi?
    5. Agar shunga o'xshagan masalalar yechilgan bo’lsa, undan foydalanib qo'yilayotgan masalani yecha oladimi?
    Albatta yuqoridagi reja-sxema o'quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatilarni shakllantiradi, ammo bu reja sxema o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yo'l bo’la olmaydi.
    Xulosa o'rnida aytish mumkinki,oliy ta’limda umumta'lim maktablarida ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish, ta'lim jarayonlariga STEAM texnologiyasini keng joriy etish, tahsil olayotgan yosh avlodning nazariy bilimlarini oshiribgina qolmasdan, ularni tezroq amaliy va kasbiy jarayonlarga kirishga undaydi. Bu esa mamlakatimiz zamonaviy ta'limining yutuqlaridan biridir.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
    1."O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
    2. Ishmuhamedov R.J., Yo'ldoshev M. Ta'lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - T.: - Nihol nashriyoti, 2016;

    Internet saytlari:


    rtm.uz, ziyonet.uz, gazeta.uz, uzedu.uz.
    Download 21,85 Kb.
    1   2   3   4




    Download 21,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Klaster metodini fizika fanida qo’llanilishiga namuna

    Download 21,85 Kb.