|
Magnit nurlanishlari uchun
|
bet | 14/17 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 247,26 Kb. | | #259225 |
Bog'liq Yadroning tarkibiy qismi
(11.2)
Bundan ko‘rinadiki, bir xil multipollikda M-nurlanishlar E-nurlanishlarga nisbatan marta qiyinlashadi. Boshqacha aytganda, berilgan multipollik L-da ML-o‘tish EL-o‘tishga nisbatan
omilga yoki shuncha marotaba sekinlashgan bo‘ladi.
Gamma o‘tishlar ehtimoliyati gamma foton energiyasi va yadroning massa soniga bog‘liq.
(11.3)
Gamma-nurlanish ehtimoliyati foton energiyasi oshsa oshadi. Nurlanish multipolligi birga oshsa nurlanish ehtimoliyati ga kamayadi.
Gamma-nurlanishda ma’lum tanlash qoidalari bajarilishi talab qilinadi. Ya’ni harakat miqdor momenti va juftlik saqlanishlik bilan ro‘y beradi.
Harakat miqdori momenti saqlanish qoidasiga ko‘ra
(11.4)
bu yerda I va I0 – yadroning boshlang‘ich va oxirgi holat spinlari. Juftlik saqlanish qonuniga ko‘ra
elektr o‘tishlar uchun
(11.5)
magnit o‘tishlar uchun
Nurlanish tartibini spin saqlanishiga ko‘ra aniqlanadi, nurlanish xili (elektr yoki magnit) juftlik saqlanishiga ko‘ra aniqlanadi. Shunday qilib (11.4) va (11.5) formulalardan va yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqlanadiki, birinchidan, multipollik l ortishi bilan gamma o‘tish ehtimo- liyati kamayadi, ikkinchidan, o‘zgarmas l da magnit o‘tish ehtimoliyati elektr o‘tish ehtimoliyatidan kam bo‘ladi va uchinchidan aralash o‘tishlarda kichik multipollikka ega bo‘lgan o‘tishlar ehtimolligi katta bo‘ladi. To‘rtinchidan o‘tish energiyasi oshishi bilan ehtimoliyati oshib boradi.
Quyidagi 1-jadvalda tanlash qoidasiga ko‘ra juftlik o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligiga qarab turli I larda yuz beradigan asosiy gamma-o‘tishlar ko‘rsatilgan.
Juftlik o‘zgаrishi
/0
|
Spin o‘zgаrishi I
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
| Hа
Yo‘q
|
Е1 M2
M1 Е2
|
Е1 M2
M1 Е2
| M2 Е3
Е2 M3
|
Е3 M4
M3 Е4
|
M4 Е5
Е4 M5
|
Е5 M6
M5 Е6
|
Bu yerda boshlang‘ich va oxirgi juftliklar o‘zgarsa-ha, o‘zgarmasa-yo‘q. Harakat miqdori momentining saqlanishi spinlari noldan spini nol holatga Ib=I0=0 o‘tishni taqiqlaydi.
Spin va juftlik bo‘yicha tanlash qoidasidan tashqari, izotopik spin bo‘yicha ham quyidagi tanlash qoidasi bajarilishi kerak
va
Agar yadro o‘yg‘ongan holati spini asosiy holatining spinidan ancha farq kilsa (|I1-I2|3) unda o‘yg‘ongan holatning o‘rtacha yashash vaqti ancha katta bo‘ladi. Ba’zi bir xollarda, o‘yg‘onish energiyasi kichik bo‘lganda, bu davr sekundlar, kunlar va hattoki yillar bilan o‘lchanadi. Katta yashash vaqtiga ega bo‘lgan o‘yg‘ongan holatlar metastabil holatlar deyiladi. Tarkibi bir xil bo‘lgan, lekin har xil yashash vaqtiga ega bo‘lgan o‘yg‘ongan holatlarda tura oladigan yadrolar izomer yadrolar deyiladi. Energiyalar bir-biriga juda yaqin, lekin kvant sonlari (spinlari, juftligi) katta farq qiluvchi holatlarga izomer holatlar deyiladi. Izomer yadrolar bo‘lishligini qobiqli model yaxshi tushuntiradi.
Masalan 115In izomer holatli yadroga misol bo‘ladi (26-rasm). 115In yadro asosiy holati g9/2-birinchi o‘yg‘ongan holati P1/2, energiyasi 0,335 MeV.
26-rasm
Bu holatlar spinlari ayirmasi I=4 ga juftliklari o‘zgargan eng kichik M4 o‘tish bo‘ladi. Bu gamma o‘tishlar spin va juftlik o‘zgarishiga ko‘ra taqiqlangan, shuning uchun bu holat o‘rtacha yashash vaqti katta =14,4 soat.
|
| |