|
Yadroning tarkibiy qismi
|
bet | 10/17 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 247,26 Kb. | | #259225 |
Bog'liq Yadroning tarkibiy qismiAlfa zarra modeli
Yengil yadrolarning bog’lanish energiyalari haqidagi tajriba ma’lumotlarini sistemalash nuklonlarning yadro ichida alfa-assotsiatsiyalashuv muammosining paydo bo’lishiga olib keldi.
Yadrolarning alfa-parchalanish hodisasi yadro fizikasi paydo bo’lishining birinchi yillaridayoq o’rganilgan edi. Buning natijasida alfa-zarralar yadrolar ichida barqaror birikmalar sifatida mavjud, degan fikr kelib chiqdi. Ikki neytron va ikki protondan tuzilgan 4He atomining yadrosi –alfa zarraning barqarorligi Pauli prinsipiga asosan tushuntirilishi mumkin. Bu prinsip spinlarining proyeksiyasi turlicha bo’lgan neytronlar va protonlar juftlariga bir xil fazoviy xarakteristikalarga ega bo’lish imkonini beradi. Kvant mexanikasi tili bilan aytganda alfa zarra tarkibidagi nuklonlarning to’lqin funksiyasi bir –biriga to’la mos tushadi, bu alfa zarra bog’lanish energiyasining katta (28 MeV ga yaqin) bo’lishiga olib keladi. Biroq so’nggi eksperimental tadqiqotlar va nuklonlar orasida ta’sir qiluvchi kuchlar haqidagi yangi tushunchalar yadroda barqaror alfa zarralar mavjudligi haqidagi nuqtai-nazarning rad etilishiga olib keldi va yadrodagi alfa-zarrali birikmalar nuklonlarning vaqti kelib parchalanadigan, qisqa yashovchi assotsiyalari sifatida qarala boshlandi.
Nuklon birlashmalari modeli yoki klaster modeli deb ataluvchi hozirgi zamon alfa- zarralar modeli yadro ichida beqaror birikmalar sifatida faqat alfa-zarralargina emas, balki deytronlar va tritonlar ham paydo bo’lishi mumkin deb hisoblaydi. Umuman bu model bo’yicha atom yadrolari yengilroq yadrolar kompleksi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, 6Li yadrosi o’zaro ta’sirlashuvchi alfa zarra va deytron sifatida, 12C yadrosi o’zaro ta’sirlashayotgan uch alfa-zarra sifatida ko’rilishi mumkin.
Yengil yadrolar fizikasida bir qator masalalar turibdiki, ularni nuklon birlashmalari modeli sodda qilib tushuntiradi va shu sababli bu modelga qiziqish yo’qolgani yo’q va u jadal sur’atlarda rivojlantirilayapti.
|
| |