• O‘rmon quddusi ( Stachys silvatica L
  • O‘tkirtangachali ko‘kamaron (Scutellaria oxystegia Juz
  • Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili




    Download 35,61 Kb.
    bet5/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi35,61 Kb.
    #118969
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yalpizdoshlar2234.

    Zarafshon ko‘k o‘ti (Hyssopus zeravschanicus (Dubjan.) Pazij.) Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyari bor, shoxlangan, 20-50 sm balandlikda. Barglari nashtarsimon, o‘troq, chetlari tekkis. Gullari kalta tutqichli, oz sondagi gullarga ega. Kosachasi rangli, 7-8 mm uzunlikda, mayda tuklangan, uchburchaksimon. Tojbarglari to‘q ko‘k-binafsha ranglarda, 9-10 mm uzunlikda. Iyul-avgustda gullab, avgust-sentyabr oylarida urug‘i pishadi. Tog‘larning o‘rta mintaqadagi quruq toshli yonbag‘irlarida o‘sadi. Toshkent, Andijon, Samarqand Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. O‘simlikning yer ustki qismini gulli qismi novdalari bilan qaynatmasi ko‘krak organlarida astma, bronxit, tamoq va angina xastaliklarida qo‘llaniladi. Shuningdek ovqat hazm organlarini davolashda ham ishlatiladi.
    O‘rmon quddusi (Stachys silvatica L.). Ko‘p yillik, poyasi to‘g‘ri o‘suvchi, balandligi 1m. Bargi yirik, katta arrasimon tishli, ikki yuzasi siyrak tuklangan, bandli. Gullari siyrak halqasimon bo‘lib, gul barglar qo‘ltig‘ida joylashgan. Kosachasi 8-9 mm uzunlikda uchburchak shaklda bo‘lib uchki qismi tikanga aylangan. Tojibarglari to‘q qo‘ng‘ir qizil, 14-16 mm uzunlikda, ostki lab tojibargi 1.5 marta uzun yuqoridagidan. Iyunda gullaydi. Tog‘larning o‘rta mintaqasida butazorlarda o‘sadi. Farg‘ona viloyatida (Chodaksoy) tarqalgan. Yer ustki qismidan tayyorlangan suyuq ekstrakti yallig‘lanish, fibromioma natijasida qon ketishiga qarshi, bachadonni tez qisqartirishda qo‘llaniladi.
    O‘tkirtangachali ko‘kamaron (Scutellaria oxystegia Juz.). Ko‘p yillik, siyrak ko‘p sonli yostiqsimon, bir yillik novdalari ingichka 5-10 sm uzunlikda, o‘tsimon o‘simlik. Barglari ellipsisimon, ayrim hollarda chetlari tkis. Gullari yuqoridagi barglar qo‘ltig‘ida joylashgan. Kosachasi 2 mm uzunlikda, Urug‘i yetilishida biroz uzunlashadi. Tojibarglari och sariq, 25-30 mm uzunlikda. Iyun-avgustda gullab, iyul-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta mintaqalaridagi qoyalarda o‘sadi. Toshkent (shag`altog`) Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida tarqalgan. Ushbu o‘simlikni ildizidan spazmatik xastaliklariga qarshi qo‘llaniladi.

    Download 35,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 35,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili

    Download 35,61 Kb.