• Klaster metodi
  • Yangi innovasion texnologiyalarni informatik ta'lim tizimiga joriy etish yo‘llari taxlili. Mundarija




    Download 1,71 Mb.
    bet5/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,71 Mb.
    #124174
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.

    Aqliy hujum metodi
    Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya qilish usuli. Bakalavr o`qituvchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga harakat qiladilar: uni echish uchun shaxsiy g`oyalarini ilgari suradilar (generatsiya kiladi). U bakalavr o`qituvchilarni o`z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag`batlantiradi. Aqliy hujumning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi-yangi g`oyalarni yaratishdan iborat. Bu metod muammoni hal qilayotgan bakalavr o`qituvchilarning ko`proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g`oyalarni yaratishga undaydi. G`oyalar qancha ko`p bo`lsa, shunchalik yaxshi hisoblanadi. Ularning hech bo`lmaganda bittasi ayni maqsadga muvofiq bo`lishi mumkin. Aqliy hujum qoidalari: fikr va g`oyalar hech qanday cheklanmagan holda aytilishi lozim; bildirilgan fikr va g`oyalar takliflar berish to`xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi; bildirilgan har qanday g`oya va fikrlar hisobga olinadi; qancha ko`p g`oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; bildirilgan g`oya va fikrlarni to`ldirish va yanada kengaytirish mumkin; barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. Bu metod barcha funktsiyalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasimuammoni mustaqil tushunish va echishga bakalavr o`qituvchilarning motivatsiyasini uyg`otishdan iboratdir.
    Klaster metodi
    Faol metodlardan biri "Klaster" metodidir. Klasterlarga ajratish - bakalavr o`qituvchilarga biror-bir mavzu to`g`risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko`p vari-antli fikrlashni o`rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o`rtasida aloqa o`rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klaster so`zi g`ujm, bog`lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg`otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo`lib, muayyan mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo`yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o`rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir. Klaster tuzishda guruhdagi barcha bakalavr o`qituvchilarning ishtiroketishi, shu guruh uchun g`oyalar o`zagi bo`lib xizmat qiladi. Klaster metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning bo`lajak baka-lavr o`qituvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bu metod puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan bakalavr o`qituvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa guruxning har bir a`zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Klaster metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: Nimaniki o`ylagan bo`lsangiz, shuni krg`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`ri-sida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfogra-fiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang. Mazkur metodni mashg`ulotlarga quyidagicha qo`llash mumkin: Mavzu: "Kompyuter tuzulishini o’rganish” Darsning maqsadi: Yangi mavzuga aloqador o`tilgan mavzuni mustahkamlash, ko`nikma hamda malakalarini shakllantirish. Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o`zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun o`tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o`tkaziladi. Uni quyidagicha tashkil etish mumkin: Kompyuter haqida nimalarni bilasiz? Dunyoga mashhur kompyuter nomini sanang. Ularni ishlab chiquvchi firmalar nomini aytib bering? Komyuterning oltin qoidalariga misol keltiring. Undan qanday foydalanish mumkin? O`tilgan mavzuni takrorlash bilan bo`lajak bakalavr o`qituvchilari ongida yangi mavzuni o`zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o`zlashtirishning samaradorligini ta`minlaydi. Klaster metodiga asosan, guruh asosida tashkil etilayotgan mashgulotlarda ushbu metod guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Har bir guruh a`zosi biror-bir g`oyani ilgari suradi, shundan so`ng barcha g`oyalar uyg`unlashtiriladi. Buning uchun pedagog bo`lajak bakalavr informatika o’qituvchilarni 3 yoki 4 guruhga bo’ladi. O’quvchilarga muayyan mavzuni aytadi. Mazkur mavzuni puxta o`zlashtirgunlariga qadar bosib o`tiladigan yo`lning namunasini keltiradi. Qonunning o`rnini aniqlagunga qadar bo`lajak bakalavr informatika o`qituvchilari quyidagi muammolar yuzasidan erkin, ochiq o`ylash, fikrlash imkoniyatiga egadirlar: Informatika o'rganadigan asosiy obyektlar? U nimaga bog`liq? Bu masalalar yoritilgan plakat yozuv taxtasiga ilib qo`yiladi. Darsning borishi: Takrorlash uchun avvaldan tuzib quyilgan savollar beriladi. Bakalavr o`qituvchilar shu orqali o`tilgan mavzuni takrorlab olishadi. Pedagog yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib, aytilgan fikrlarini o`rtaga tashlaydi. Mazkur bosqichlar bajarib bo`lingach, endi guruhdagilar o`z fikrlarini uyg`unlashtiradilar, ular o`rtasidagi aloqalarni topib bitta andozaga soladilar. Pedagog hamda boshqa guruh a`zolarining xukmiga havola etadilar. Buning uchun har bir guruhdan vakil saylanadi. Guruh tomonidan jamlangan g`oyalar turkumi o`qib eshittiriladi. Klaster metodi bo`yicha keltirilgan ushbu bosqichlar bosib o`tilgach, bo`lajak bakalavr informatika o`qituvchilari o`z-o`zidan yangi mavzuni tushunib oladilar. Chunki, bu yerda hamma g`oyalarni pedagog emas, balki o`zlari o`ylab topadilar. Bu erda har tomonlama qarashlar, g`oyalar o`rtaga tashlanadi va masalaning echimi izlanadi. echimni topish uchun izlanish davomida yangi bilim va ma`lumotlar, mavzuga tegishli muhim jihatlar ochiladi, o`zlashtiriladi. Bu metod bakalavr informatika o`qituvchilarining mustaqil, erkin fikrlash malakalarining takomillashtirish bilan birga ularning ijodiy mushohada etish salohiyatini ham rivojlantiradi. Mashg`ulot so`ngida pedagog ularning g`oyalarini ma`lum xulosaga keltiradi va e`lon qiladi. Ularning bilimi baholanadi, faol ishtirokchilar rag`batlantiriladi. Uyga vazifa: ma`lumki, bakalavr o`qituvchilarini tayyorlash jiddiy masaladir. Buning uchun ulardan bilim, malaka, fidoiylik, o`z fikriga ega bo`lishlik, muammolarga aniq echim topa olishlik kabilar talab etiladi. Ana shunday talablarga javob bera oladigan o`qituvchilarni tayyorlashda faol metodlardan bo`lgan klaster metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta`limning bu faol metodini barcha ta`lim muassasalarida bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda qo`llash mumkin. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, interfaol metodlar - bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va bakalavr o`qituvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik liyselarda o’qitiladigan “Informatika” kursi mazmuni 10 ta bobni o’z ichiga oladi. Bu kurs ikki semestr o’qitiladi.
    Kursni o’qitishda innovatsion texnologiya va usullarni qo’llash bo’yicha ba’zi mavzular misolida tayyorlangan metodik ishlanmalardan namunalar keltiramiz. 2-bob “Shaxsiy kompyuterlar va ularninng tuzilishi, qurilmalari haqidagi ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar bo’lib, o’qituvchilarning kompyuter va uning texnik vositalari haqidagi tushunchalari qanchalik darajada ekanligini bilish uchun ushbu bobga oid mavzular bo’yicha dars mashg’ulotini boshlashdan oldin “Klaster” usulidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblaymiz. Hozirda deyarli barcha xonodonlardan kompyuter mavjud, shu sababli o’quvchilarga u haqda savol bersangiz kerakli ma’lumotlarni olishingzi mumkin. Masalan, “Klaster” usulidan dastlabki darsdayoq foydalanish guruh o’quvchilarini kichik guruhlarga ajratishga, o’quvchilarning “Informatika” fanidan umumta’lim maktablarida olgan bilimlarining qanday darajada ekanligini aniqlashga imkon beradi. Bu usuldan foydalanish uchun o’qituvchi doskaga “Kompyuter” so’zini yozishi va o’quvchilardan kompyuter haqida qanday tushunchalarga ega ekanligini bilish uchun “Qani kompyuter qanday tuzilgan va uning qanday qurilmalarini bilasiz” degan savol bilan murojaat qilishi mumkin. O’quvchilar tomonidan aytilgan har bir qurilma nomini “Kompyuter” so’zi atrofiga yozib borishi, albata takrorlangan qurilmalar nomi bo’lsa, ularning aytilganligini o’quvchilarga o’z vaqtida etkazib borishi zarur. Natijada doskada “Kompyuter” so’zi atrofida uning qurilmalari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Shundan so’ng, o’qituvchi ularning qanday vazifalarni bajarishini birin-ketin o’quvchilardan so’rab oladi. Agar o’quvchilarda u to’g’risidagi ma’lumotlar etarli bo’lmasa, o’qituvchi o’zi to’ldirib boradi. Shu tariqa kompyuter qurilmalari haqidagi tushunchalar etarlicha izohlashga erishiladi. O’quchilar esa o’z bilimlari bilan o’rtoqlashadi. Bu esa ularning o’z fikrini erkin ayta olishga o’rgatadi. Albata qaysi usul yoki texnologiya bo’lmasin, uni dar jarayonida qo’llashda vatni ham hisobga olish zarur.

    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi innovasion texnologiyalarni informatik ta'lim tizimiga joriy etish yo‘llari taxlili. Mundarija

    Download 1,71 Mb.