• 2.2. Informatika o’qitishda yangi innovatsion metodlari “Aqliy hujum metodi” “Klaster metodi” “Blits so’rov”
  • II.Bob.Yangi innovasion texnologiyalarni informatik ta'lim tizimiga joriy etish yo‘llari taxlili




    Download 1,71 Mb.
    bet4/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,71 Mb.
    #124174
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.

    II.Bob.Yangi innovasion texnologiyalarni informatik ta'lim tizimiga joriy etish yo‘llari taxlili.

    2.1 Informatika ta’limini o’qitishdagi innovatsion yondashuvlar.


    Jamiyatimizning barcha qatlamlarida innovatsion texnologiyalarni qo’llash borasida savodxonlikni uzluksiz ravishda oshirib borishimizda, axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, avvalo ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni chuqur egallash orqali amalga oshiriladi.


    Mamalakatimizning ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar asosiy maqsadi ham ta’limni axborotlashtirishga, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgandir. Jumaladan, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabusslari bilan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan Farmon 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida - umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish2 kabi dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilib qo’yilgan.
    Asrimiz boshida dunyo iqtisodiyotining globallashuvi, jarayonlarning axborotlashuvi, yangi texnologiyalar yaratilishi va ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy etilishi jamiyatda o’zgarishlar dinamikasini oshirib yubordi. Hozirda “Informatika” fani metafan qirralarini kasb etib, uning ahamiyati dunyoning zamonaviy shakllantirishda, u kiritayotgan tushunchalar fundamentalligi va metodologiyasining umumiyligida ortib borayapti. Bu holatlar kadrlarning kasbiy tayyorgarligida o’z aksini topishi zarur va muqarrarligini ko’rsatadi.
    Informatika ta’limida zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini qo’llashda foydalaniladigan ta’lim metodlari va texnologiyalari sifatida modulli, muammoli ta’lim, didaktik - o’yinli, xamkorlikda o’qitish hamda an’anaviy-noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, interfoal o’qitish metodlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan, mul’timediali texnologiyalaridan foydalanish, shu bilan birga o’quvchilarni kichik guruhlarda o’qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika ta’limida zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini qo’llash jarayonida o’qituvchlar quyidagi natijalarga erishadilar:
    - informatika ta’lim sohasida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarining nazariy asoslari, o’ziga xos xususiyatlari, darajalarini ajrata olish va tasniflash;
    - o’quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va boshqarish yo’llarini, o’quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondashishni;
    - informatikani o’qitishda turli zamonaviy o’qitish texnologiyalari: modulli, muammoli ta’lim, didaktik - o’yinli, hamkorlikda o’qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalari, loyihali texnologiyalar, informatika o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalari vositalaridan, mul’timediya texnologiyalaridan foydalanishni;
    -ilmiy, ilmiy–metodik jurnallarda chop etilgan va o’quv adabiyotlarida mavjud bo’lgan, Internet orqali berilgan o’qitish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyalari haqidagi maqolalarni va axborotlarni mustaqil o’rganib, tahlil qila olish va ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanishni;
    -innovatsion pedagogik tajribalarni o’zlashtirish, amalga oshirish, baholash va takomillashtirishni;
    -o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning samarali tizimini amalga oshirishni;
    -o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatlarini boshqarishni;
    -o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini innovatsion tashkil etishni.3
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda xalq ta’lim tizimida “Informatika o’qituvchilari” ni innovatsion faoliyatga tayyorlashda innovatsion o’zgarishlar quyidagi yo’nalishlarda:
    • yangi ta’lim mazmunini shakllantirish;
    • yangi o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • yangi dasturlarni o’zlashtirishning metod, usul, vositalarini qo’llash;
    • o’qitish jarayonida shaxsning o’z-o’zini namoyon etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
    • o’qituvchi va o’qunchining o’zaro munosabatlarida o’zgarishlar yasash;
    • ijodiy innovatsion jamoani shakllantirish va rivojlantirishni amalga oshirishni taqozo etadi.
    Umumiy ta’lim maktablarida “Informatika” fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish uchun o’qituvchi:
    • fanning aniq materiallarini o’qitishdagi maqsad va vazifalarini, ta’lim natijalariga bo’lgan zamonaviy talabni keng tahlil qilishi;
    • rejalashtirilayotgan ta’lim natijalariga erishishga imkon yaratadigan o’quv faoliyati shakllarini to’g’ri tanlashi;
    • Rejalashtirilayotgan ta’lim natijalariga erishishga xizmat qiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini, elektron resurslarni tanlab olishi zarur.

    2.2. Informatika o’qitishda yangi innovatsion metodlari “Aqliy hujum metodi” “Klaster metodi” “Blits so’rov”



    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.Bob.Yangi innovasion texnologiyalarni informatik ta'lim tizimiga joriy etish yo‘llari taxlili

    Download 1,71 Mb.