Yangi O`zbekistonda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini
ta`minlashning dolzarb masalalari
57
―
MILLIY TIKLANISHDAN
MILLIY YUKSALISH SARI‖
G„OYASI
MA‟NAVIY YANGILANISHLARIMIZ ASOSI
Turdiyev Bexruz Sobirovich
PhD, Buxoro davlat universiteti, ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar
jamiyati a‘zosi
Bugun O‗zbekiston Uchinchi renessans ostonasida o‗z milliy
taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqib oldi. Bu jarayonda milliy
ma‘naviyatni demokratik prinsiplar asosida dialektik aloqadorlikda
takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilab olindi.
Davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek:"Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari, "- degan dasturiy g‗oya asosida yoshlarni ona
yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularda tashabbuskorlik, fidoyilik,
axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‗ta sharafli vazifadir‖ [1].
―Yangi O‗zbekiston – yangicha dunyoqarash‖ g‗oyasi asosida
ma‘naviy-ma‘rifiy hayotni yangilash, uni yanada
yuksaltirish borasida
mamlakatimizda o‗ziga xos demokratik tajriba shakllandi. 2017-2021-
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalar
amaliy hayotga tadbiq etilib, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining
―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‗tarish to‗g‗risida‖gi ―Ma‘naviy-
ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi va ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
qarorlari, ―Uzluksiz
ma‘naviy tarbiya konsepsiyasi‖ hamda ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi[2] yangi
tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni xalqimizni yangicha
fikrlash va ishlashga safarbar etishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Natijada, ushbu strategik maqsadlar respublikamizning barcha
hududlarigacha
etib borib, joylarning ma‘naviy qiyofasini tubdan
o‗zgartirib, yurtimizning milliy yuksalishiga xizmat qilmoqda.
O‗zbekistonda real voqelikka aylanayotgan hayotbaxsh islohotlar,
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar,
davlat dasturlari, turli
konsepsiyalarning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga
etkazishga qaratilgan targ‗ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirib borish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.