|
Yangi O`zbekistonda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorliginiBog'liq туплам типографяYangi O`zbekistonda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini
ta`minlashning dolzarb masalalari
58
Bu borada, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning 2021- yil 26 -
martdagi ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi[3] qarorlarining ahamiyati beqiyosdir.
Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021- yil 26-
martdagi ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi ma‘naviy-ma‘rifiy
ishlar
tizimini
tubdan
takomillashtirishning
quyidagi
ustuvor
yo‗nalishlari belgilab olindi:
Birinchidan, ―Milliy tiklanishdan
milliy yuksalish sari‖
g‗oyasini keng targ‗ib etish orqali jamiyatda sog‗lom dunyoqarash va
bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
Ikkinchidan, oila, ta‘lim tashkilotlari va mahallalarda ma‘naviy
tarbiyaning uzviyligini ta‘minlash;
Uchinchidan, targ‗ibot-tashviqot va tarbiya yo‗nalishidagi ishlarni
ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‗yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar
samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini
mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
To‗rtinchidan, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-
aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar
tarbiyasiga mas‘uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Beshinchidan, aholining Internet jahon axborot tarmog‗idan
foydalanish madaniyatini oshirish, g‗oyaviy va axborot xurujlariga
qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
Oltinchidan, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va
san‘atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy
axborot vositalarida ma‘naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
Ettinchidan, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam
o‗rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi,
narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy
kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini
rivojlantirish [4].
Ushbu qarorga muvofiq, respublikamizning barcha viloyat va
tumanlarida, hududlarda barqaror ijtimoiy va ma‘naviy muhitni
mustahkamlash, aholi ongida ma‘naviyatni oshirish maqsadida
―Ma‘naviy va ma‘rifat maskani‖ yaratilishi belgilab olindi.
|
| |