Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim




Download 0.5 Mb.
bet13/44
Sana18.03.2021
Hajmi0.5 Mb.
#13258
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Frustratsiya – shaxsni agressiv yoki anatik xulq - atvori sifatida kechadi. Shu bilan birga shaxsda tolerantlik kabi xususiyat ham uchraydi. Bu shaxsni u yoki bu faktorga befarqligi yoki munosabatning mavjud emasligidir. U uch turdi namoyon bo`ladi – muvaffaqiyatsizlik, fikrlovchi munosabat, ichki bexalovatlilik va osoyishtalik.

Shaxs odamning atrofiga bo`lgan munosobatlarini va o`z-o`ziga bo`lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o`z-o`ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z-o`ziga baho berish - uch xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin: a) shaxs o`ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o`z-o`ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin; b) o`z-o`zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug`ri, me’yorda baholash, o`rtacha daromadi baholashi: v) o`zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o`ziga bino qo`yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsni o`z-o`ziga to`g`ri baho berishida o`z-o`zini anglash muhim hisoblanib, shaxsni tug`ri shakllanishi, individning o`zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o`z munosabatini o`rganadi. O`z-o`zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.

5. Shaxs taraqqiyotining harakatiga keltiruvchi kuchlar.

Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz. +++

Shaxsni shakllantiruvchi omillar: a) hayotning shart-sharoiti bilan o`zaro munosabat (madaniy, moddiy va ijtimoiy); b) yosh avlodga ijtimoiy tarixiy tarbiyaviy tajribalarni o`tkazish, inson ongi va xulq - atvoriga uni hayot va mehnatga tayyorgarligini rivojlantirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlovchi tushuncha, printsip va qadriyatlarni singdirishdan iborat bo`lgan tarbiya; v) shart-sharoitni o`zgarishi bilan shaxs ham o`zgaradi (rivojlanish yuzaga keladi); g) O`z-o`zini tarbiyalash – ongli faoliyat bo`lib, insonni shaxs sifatida to`la namoyon bo`lishini ta’minlaydi (O`z-o`zini boshqarish, o`z-o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini tahlil qilish);

Shaxsni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar: a) faoliyatda o`zgaruvchi ehtiyojldar orasida qarama-qarshiliklar va ularni qondirish; b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar asosida yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi;

Qarama-qarshiliklarni engish mahsul usullar, yo`llar, harakatlar, bilim va malakalar asosida ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Shaxs shakllanishida etakchi o`rin tarbiyaga ajratiladi. Tarbiya shaxs rivojlanishini tashkil etadi, yo`naltiradi va jamiyat talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek: «Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch – xulq xatti-harakatlarini muhim anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo`nalishga solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy printsipga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Foyalar o`z - o`zini tarbiyalash rejasini beruvchi, o`zini nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi.

6. Bola shaxsning tarkib topishida ta’lim tarbiyaning ta’siri asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog`cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga o`quvchilarni o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularni shaxsini o`rganish metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va amaliy o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o`zini qanday tutishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi. Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar (16 RF, N.......) keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. (...................) ushbu metodika E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.

Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi. Xulosa: Demak - odam avvalo individ bo`lib dunyoga keladi. Uning shaxs bo`lib shakllanishida uning biologik shartlanganlik - jinsiy, yosh davrlari, miyaning fiziologik, morfologik xususiyatlari: ijtimoiylashuvi muhim omillar bo`lib hisoblanar ekan.



Download 0.5 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim

Download 0.5 Mb.