“Yog‘och tuzilishi va turlari”o‘qitishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida qo‘yilgan talabalar




Download 2,13 Mb.
bet4/18
Sana28.01.2024
Hajmi2,13 Mb.
#147666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘quvchilarga “Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusini o‘qitish metodikasi
approk, Fotometrik usulda nodir metallar aniqlash, Estetik tarbiya, k1323, 51. Dasturda yuz beradigan xatoliklar. Sintaktik xatolar, 12121212, 11-sinf ona tili Umarova, “Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, 22-мектеп Нашебентлик протокол, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, 4 -а синф 77, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org, Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. , 1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan-fayllar.org
1.2. “Yog‘och tuzilishi va turlari”o‘qitishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida qo‘yilgan talabalar
Amaliyotni shakllantirishda «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanining o‘rni beqiyosdir. O‘quvchilarni madaniy darajasini yuksaltirishda yog‘och o‘ymakorligi san’ati sir-asrorlarini bosqichga ko‘tarilishiga erishish vazifasi hamda ushbu maqsadlar yo‘lida yoshlarning badiiy ta’lim olishlari, zarur bilim, va axloqiy tarbiya, hamda mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, malakalarini rivojlantirish vazifalari e’tiborda turadi. «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanining asosiy maqsadi tahsil olayotgan talabalarga har bir ishlatiladigan xom-ashyolar bo‘yicha miqdor, texnika vositalari, asbob-uskunalarni mukammal bilish, o‘quvchilarga badiiy shakllarni yaratishi, ashyolardan to‘g‘ri foydalanish, ularni texnologiyasi va ishlab chiqarish uslublarini yuqori saviyada bilishni vazifa qilib qo‘yadi.
Bilim:

  • -Yog‘och o‘ymakorligi o‘quv ustaxonasini jixozlash qoidalari

  • -milliy badiiy yog‘och o‘ymakorlik san’ati tarixi,

  • -yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan ashyolar va ularning turlari

  • -elim turlari, yordamchi ashyolar xususiyatlari, bezak berish

  • -pardozlash uskunalarini ishlatish qoidlari,

  • -duradgorlikda ishlatiladigan asbob-uskunalardan foydalanishni Ko‘nikma:

  • duradgorlikda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishlatishga tayyorlash va ularni bir-biridan farqi,

  • xususiyatlarini

  • zamonaviy texnika vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni bilish. orqali bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.

  • «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanidan olgan bilim kasbiy ish harakati

«Texnologiya ta’limi metodikasi» fani o‘quvchilarning badiiy fikrlashini o‘stirish bilan birga, yog‘och o‘ymakorligi san’ati tarixi, ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni, shuningdek loyihalash rejasi yo‘nalishining barcha qonuniyatlarini o‘rgatish bilan birga o‘quvchining sohaga bo‘lgan ijodiy yondoshishi va turli xil ashyolardan foydlanish, madaniy va maishiy, badiiy buyumlarni yasashni o‘z ichiga oladi. Ushbu fanni o‘rganish jarayonida loyihalash, perpektiva, algebra v geometriya, san’atshunoslik fanlaridan o‘quvchilar olgan bilimlarini qo‘llash bilan birga, o‘quv jarayonida nazariy, amaliy bilimlar olib, o‘qitishning interaktiv, ko‘rgazmali, amaliy uslublardan, matnli – vizual, audio – vizual, texnik vositalardan foydalaniladi.
“Duradgorlik” fanidan o‘quv yilining birinchi semestrida o‘qitilib, bunda kodoskop, videofilmlar, kompakt disklar, kompyuter, o‘quv didaktik materiallar, slaydlar va bashqa matnli audio – vizual, texnik vositalardan vositalardan foydalaniladi.
Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog‘ochlarni butun yil bo‘yi tayyorlash lozim. Lekin yog‘ochlarni daraxtlardan suv qochgan vaqtda, ya’ni oktyabr, noyabr oylarida tayyorlash yaxshi natija beradi. Kesilgan daraxt uzoq saqlanganda chirimasligi va qurt emasligi uchun uning po‘stlog‘ini shilish va soya xamda shamol tegadigan joyda saqlash lozim. Yog‘ochlarni ishlatish oldidan e’tibor bilan tanlash va xillash kerak, Buralgan, serbutoq yog‘ochlarni olmaslik lozim, chunki ulardan yasalgan buyumlar sifatsiz chiqadi. Xo‘l taxtani ishlash quruq taxtaga qaraganda birmuncha qiyin. Nam taxtalar ko‘pincha ish jarayonida nami qochib qiyshayishi mumkin. SHuning uchun mebel, o‘yma buyumlar yasashda ishlatiladigan yog‘och materiallar quruq bo‘lishi shart.
O‘quvchilar qilinadigan ishning katta-kichikligiga qarab, yog‘och materiallarni, fanerlarni xillab olishlari lozim. Materiallarni xillab olish tayyorlanadigan buyumning sifatli chiqishini ta’minlaydi. Ishlatiladigan yog‘och materiallar yaxshi qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, kurish natijasida darz ketish xollari yuz bermaydi.
Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgoxga o‘rnatish birmuncha qiyin. SHu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va qulaydir. O‘yiladigan buyum qismlarini maxsus burama qisqichlar bilan dastgoh ustiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi. Buyum yuziga naqsh tushirishdan oldin buyum yuzini yumshatish uchun paxta moyi surtiladi. O‘yish vaqtida esa iskana uchi sovunga tegizib olinadi, shunda iskana ravon kesadi.
Yog‘och o‘ymakorligi san’atining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, o‘ymakor usta ikki qo‘li bilan ishlaydi. Iskana qalamni chap qo‘liga ushlab, o‘ng qo‘li bilan bolg‘ani tutib, iskana dastasiga urib, naqshni kesadi. O‘zbekistonda ishlatiladigan o‘yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi.
Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakor ustalari buyumlarning o‘yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chakichlab chiqadidar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. Ular o‘yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog‘i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan chigit yogi naqsh yuzini qoramtir qilib ko‘rsatadi. Toshkent, Qo‘qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar.
Yog‘och o‘ymakorligi san’atida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asbob uskunalarga quyidagilarni kiritish mumkin. Duradgorlik elimi, kazein elimi, chigit moyi, jilvir qog‘oz, elimdon kabilardan foydalaniladi.
Bundan tashqari duradgorlikda yog‘ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastaki va mexanik asboblardan ham foydalaniladi.
Duradgorlik elimi - yog‘och materiallarini bir-biriga elimlash uchun ishlatiladi. Duradgorlik elimi go‘sht va suyaklardan tayyorlanadi.
Kazein elimi - yog‘och o‘ymakorligi va duradgorlikda ishlatiladigan elim bo‘lib, sutning oxirgi ishlatib bo‘lmaydigan qismidan tayyorlanadi. U talqon xolida yoki 4-12 mm li qattiq donacha ko‘rinishida bo‘ladi.
CHigit moyi — o‘yilgan o‘yma nakati beys yordamida o‘rik, yong‘oq yoki boshqa yog‘och rangiga keltirib bo‘yalgandan so‘ng chigit moyi paxtali latta bilan ishqalab surkab chiqiladi va 3,7 nomerli spirtli lok surkab chiqiladi.
Knopka naqshni buyumni yuziga tushirishda shildiroq qog‘oz siljimasligi uchun uni maxkamlab qo‘yishda ishlatiladi.
Moslamalardan jilvir qog‘oz, mayin yassi egovlar ishlatiladi. Jilvir qog‘ozlar donlarining yirik-maydaligiga qarab, 120 dan 180 gacha nomyorlanadi, nomerlar ortib borishi bilan donalari maydalashib boradi, 120140 nomerlilari mayda donali jilvir deyiladi.

Download 2,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yog‘och tuzilishi va turlari”o‘qitishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida qo‘yilgan talabalar

Download 2,13 Mb.