• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishi: kurs ishi
  • 1.1.“Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusining o‘qitishning maqsad va vazifalari xususiyatlari
  • Yog‘och tuzilishi va turlari




    Download 2,13 Mb.
    bet3/18
    Sana28.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #147666
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    O‘quvchilarga “Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusini o‘qitish metodikasi
    approk, Fotometrik usulda nodir metallar aniqlash, Estetik tarbiya, k1323, 51. Dasturda yuz beradigan xatoliklar. Sintaktik xatolar, 12121212, 11-sinf ona tili Umarova, “Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, 22-мектеп Нашебентлик протокол, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, 4 -а синф 77, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org, Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. , 1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan-fayllar.org
    Kurs ishi ob’ekti: Mavzuga oid adabiyotlardagi malumotlar va ularning amaliy tahlili
    Kurs ishining maqsadi: Dars jarayonida o`quvchilarga ma’qul shart-sharoitlarini yaratish zamonaviy texnik-texnologik vositalarni umum ta’lim maktab, prasesanal ta’lim muassalari hamda kasb-xunar kolleji ustaxonalari moslashtirishni ilmiy metodik asoslarini yaratish. Yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishidagi darslarni olib borish metodikasini yangi pedagogik texnologiya asosida ishlab chiqish.
    Kurs ishining vazifasi:

    1. “Duradgorlik” faniga oid adabiyotlarni o‘rganish va fanning mazmunini aniqlab, fanning tanlab olingan mavzularini chuqur o‘rganish.

    2. Fanning tanlab olingan mavzularini o‘qitishda interfaol usularni qo‘llash.

    3. «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanidan tanlab olingan mavzularning o‘qitish bo‘yicha texnologik xaritasini yaratish.

    4. Kurs ishining mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad yo‘lidagi izlanishlar , olingan natijalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish.

    Kurs ishining predmeti: Fanning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lga yog‘och turlari va tuzilishi nomli mavzulari xozirga qadar ananaviy usulda o‘rganilib kelingan va kurs ishini bajarish jarayonida interfaol ta’lim usularidan foydalangan xolda innovatsion ta’lim texnalogiyalar bilan o‘qitish tavsiyalar.
    Kurs ishi: kurs ishi kurs ishi kirish, 2bob (4ta paragraph), xulosa hamda foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    I-BOB. “O‘quvchilarga “Yog‘och tuzilishi va turlari” o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
    1.1.“Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusining o‘qitishning maqsad va vazifalari xususiyatlari
    Duradgorlik materiallari, konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi fan va texnika yutuqlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
    Duradgorlik buyumlari va detallarni standartlashtirish to‘g‘risida tushuncha. Mamlakatimizda yog‘och materiallari va yog‘och buyumlar ishlab chiqarish tarixi va istiqbollari. Yangi texnika, texnologiyalar va dastgohlar bilan ta’minlash borasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar.
    «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanining maqsadi, vazifalari va turlari. Yog‘och o‘ymakorlik o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar mehnatini ilmiy tashkil qilish. Xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigena qoidalariga rioya qilish.
    Qadimiy zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, o‘z hunarlarini avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqdalar. Yog‘ochga naqsh o‘yish va gul solish san’ati hamisha ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog‘och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda.
    Maxalliy an’analarni avaylab, ardoqlab ularni yangi mazmun bilan boyitayotgan xalq ustalari asrlar davomida sayqal topgan qadimiy san’atning etuk namunalarini yaratmoqdalar. Xozirgi kunda arxitektura bilan bog‘liq bo‘lgan ganch va yog‘och o‘ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda. O‘zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda, xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog‘och o‘ymakorligi keng qo‘llanib kelingan. Yog‘och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har bir usta o‘zi yashab, ijod etgan erdagi badiiy an’analariing o‘ziga xos tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, xivalik xalq ustalari yog‘ochni o‘yib naqsh ishlashda yog‘ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Ko‘qonlik xalq ustalari yog‘ochni o‘yib naqsh solishda uni o‘rta chuqurlikda o‘yganlar. Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va xoshiya naqshlarini ko‘p ishlatganlar, Marg‘ilon ustalari o‘ymakorlik ishlarining zaminini o‘ta chuqur o‘yganlar. Xozirgi paytda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshligi me’morchilik bilan bir katorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda. O‘yma naqqoshlikning ajoyib namunalarini toshkentlnk ustalar yasagan eshiklar, buklama shirmalarda, kursichalar, laganlar shu kabi boshqa buyumlarda yaqqol ko‘ramiz
    Yog‘och o‘ymakor ustalar yog‘ochni o‘yishdan oldin uning o‘ziga xos xususiyatlarini sinchiklab o‘rganganlar. Keyingina yog‘ochga o‘yib naqsh ishlangan. Hamma yog‘ochlar ular olinadigan yog‘och turiga qarab ikki guruhga: bargli va nina barglilarga, bo‘linadi. Nina bargli daraxtlardan olingan yog‘ochlar kurinishda, duradgorlikda va yog‘och o‘ymakorligida asosiy material hisoblanadi, chunki ularning o‘ziga xos afzalliklari bor. CHunonchi tarkibida smola moddalari bo‘lganligi uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko‘pligi va engilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin. Yog‘och materiallari tabiiy guli, rangi, tovlanishi va xidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonlik yog‘och o‘ymakor ustalar o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq (grecheskiy orex), kayrag‘och, chinor (platan), tut, archa (mojjevelnik), nok (grusha), zarang (klyon), zirk (olxa), shumtol (yasen), mirzaterak (topol), baqaterak, tog‘ teragi (osina), terak, o‘rik (uryuk) kabi daraxtlardan va hozirda boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman, oq qarag‘ay (pixta), tilogoch (listvennitsa), arg‘uvon (lipa), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk), qarag‘ay (sosna) daraxtlari yog‘ochlarini ishlatadilar. Ushbu yog‘ochlarni pardozlash orqali naqsh o‘yishga tayyorlaydilar. Bunda pardozlashda yog‘och sirtini yaxshilab tozalash, silliqlash, o‘yma relefga uch xil: pax (yoyma), choka (yorma), lula pardoz berish hamda bo‘yab, kumush suvi yugirtirish, loklash va jilolash kabi ishlardan iborat.


    Download 2,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,13 Mb.