• Yog‘ochning fizik xossalari.
  • Yog‘ochning rangi
  • Yog‘ochning tovlanishi (yaltirokligi).
  • Yog‘och tuzilishi va turlari




    Download 2,13 Mb.
    bet8/18
    Sana28.01.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #147666
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    O‘quvchilarga “Yog‘och tuzilishi va turlari” mavzusini o‘qitish metodikasi
    approk, Fotometrik usulda nodir metallar aniqlash, Estetik tarbiya, k1323, 51. Dasturda yuz beradigan xatoliklar. Sintaktik xatolar, 12121212, 11-sinf ona tili Umarova, “Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi” fanidan “Axborot xavf, 22-мектеп Нашебентлик протокол, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, 4 -а синф 77, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org, Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. , 1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan-fayllar.org
    Yog‘och turlari. Yog‘ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak, yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S. Mahkamovlar avtorligida yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.)
    Yog‘ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog‘och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog‘ochlarning xususiyatlari. Xalq xo‘jaligida turli konstruksion materiallar sifatida yog‘ochlar ma’lum fizik, mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi.
    Yog‘ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
    Ana shu fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz.
    Yog‘ochning rangi yoroch materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir, Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang, qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi.
    Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog‘ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
    Yog‘ochning tovlanishi (yaltirokligi). Yog‘och nurlarning yunalishi va zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin.

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 2,13 Mb.