|
-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari
|
bet | 15/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 86,7 Kb. | | #133328 |
Bog'liq yo‘l harakati qoidalari8-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari
44. Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:
burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo‘l bilan beriladigan ishoralar;
to‘xtash fara chirog‘i;
tovushli ishoralar;
fara chiroqlarining yoqib o‘chirilishi;
sutkaning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqilishi.
45. Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart.
Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yonga uzatish yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.
O‘ngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga o‘ng qo‘lni yonga uzatish yoki chap qo‘lni tirsakdan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko‘tarish mos keladi.
To‘xtash ishorasi chap yoki o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarib beriladi.
46. Burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to‘xtatilishi kerak (qo‘l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).
Beriladigan ishoralar yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini chalg‘itmasligi kerak.
Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mas’uliyatidan ozod etmaydi.
47. Haydovchi harakat yo‘nalishini o‘zgartirish haqidagi ogohlantiruvchi ishorani berishdan oldin orqadan kelayotgan, uni quvib o‘tishni yoki o‘zib ketishni boshlagan va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun;
zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
49. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o‘chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
50. Burilishni ko‘rsatuvchi barcha yorug‘lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.
Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda;
to‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtaganda;
fara chiroqlari yorug‘ligi haydovchining ko‘zini qamashtirganda;
shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);
“Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega bo‘lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.
Transport vositasi xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo‘l harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.
51. Transport vositasi to‘satdan to‘xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug‘lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to‘xtash belgisini darhol o‘rnatish kerak. Avariya sababli to‘xtash belgisi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda;
to‘xtash taqiqlangan joylarda va ko‘rinishi cheklangan joylarda majburiy to‘xtaganda;
Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o‘z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o‘rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
52. Shatakka olingan mexanik transport vositasida avariya yorug‘lik ishoralari bo‘lmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa qismiga avariya sababli to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak.
|
| |