Avtomobil yo’lini bo’ylama kesimini loyihalash




Download 0.56 Mb.
bet9/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#74359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
berdiyev f
037, Singapur ta\'lim tizimi, Elektron tijorat, GFVHJiZ40P7kyPnn2VthG5MF7aOiesruESEvpCi5 (7), 11-sinf-informatika-testlar-3, Metodbirlashma ish rejasi 2022, Pedagogika fanidan test nazorat savollari, Bolalar-psixologiyasi-oraliq-oddiy-sirtqi, Yong’indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari, elektr o\'tkazuv, yo-l-harakati-xavfsizligi-tushunchasi, 4-sinf ona tili 3-choralk yillik ishlanma, Тармоқ хавфсизлиги узб, Bitiruv ishi, Bekchanov
Avtomobil yo’lini bo’ylama kesimini loyihalash
Chizma tekisligida yoyib ko`rsatilgan yo`l o`qining vertikal tekislikdagi proyeksiyasi yo`lning bo`ylama profili deb ataladi. Bo`ylama profil ayrim yo`l uchastkalarining bo`ylama nishab bilan o`lchanadigan tikligini va uning qatnov qismining yer betiga nisbatan joylashuvini tavsiflaydi. Bo`ylama nishablik avtomobil yo`llarining transportboplik sifatlarini tavsiflovchi muhim ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Joyning tabiiy qiyaliklari ko`pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun zarur bo`lgan qiymatlaridan ortiq bo`ladi. Bunday hollarda yo`lning nishabligi yer sirti nishabligiga nisbatan yotiqroq qilinadi, buning uchun tepaliklarga ko`tarilishlarda gruntning bir qismi qirqib olinadi yoki aksincha relefning past qismlaridan o`tish joylariga grunt to`kiladi.
Gruntni qirqib olish natijasida yo`l sirti yer sirtiga nisbatan past bo`lib qolgan joylari o`ymalar deb, yo`lning yer sirtidan balandroq sun’iy to`kilgan grunt ustidan o`tadigan yo`l bo`laklari esa ko`tarmalar deb ataladi. Ko`tarmalarning balandligi 1 m dan kam bo`lganida yo`l «nol» belgilardan (otmetkalardan) o`tadi deb aytiladi. O`yma va ko`tarmalar qurish natijasida yo`l belgilari yer sirtining belgilariga mos tushmaydi.
Agar qurilish qiymatining haddan tashqari qimmatlashib ketishi bilan bog’liq bo’lmasa, barcha toifadagi yo’llarni 30 ‰ dan oshmaydigan nishabliklar bilan loyihalash tavsiya etiladi.
Tog’li joylarning o’ta qiyin sharoitlarida dengiz sathidan 3000 m pastda uzunligi 500 m gacha bo’lgan uchastkalarda bo’ylama nishablikni keltirilgan me’yorlarga nisbatan ko’pi bilan 20 % ga oshirishga ruxsat beriladi, biroq bunda qurilish xarajatlari ancha kamayadigan bo’lishi kerak. Biroq bunday istisno nisbatan qulay relyefli joylardan o’tadigan yo’lning qisqa qiyin uchastkalarida qo’llanganda yo’llarning transport foydalanish xarakteristikalari yomonlashadi va unda harakatlanish uchun noqulay va xavfli uchastkalar hosil bo’ladi. Shuning uchun bo’ylama nishabliklarni kattalashtirish juda tik nishablarga ega bo’lgan tog’li joylardagina o’zini oqlaydi, chunki bunday yo’lda tezliklar uncha katta bo’lmaydi.
Ko’tarilish uzunligi qancha katta bo’lsa, bo’ylama nishabliklarning avtomobil harakatiga ta’siri shuncha kuchliroq bo’ladi.
Хаvfsiz harakatni ta’minlash uchun bo’ylama profil elementlari belgilanayotganda, asosiy ko’rsatgichlar sifatida quyidagilar qabul qilinishi kerak:
- bo’ylama profildagi egri chiziqlarining radiuslari:
- qavariqda kami bilan 1500 m;
- botiqda kami bilan 2000 m;
- bo’ylama profilda egri chiziqlarning uzunligi:
- qavariqda kami bilan 250 m;
- botiqda kami bilan 100 m.
Loyiha chizig’ining vaziyatini belgilashda uning joy mikrorelyefiga mos keluvchi tez-tez sinishlaridan qochish kerak. Ayniqsa, ko’tarilishlar va pasayishlar tez-tez almashib turadigan uchastkalar (arrasimon bo’ylama profil) nomaqbul hisoblanadi. Shu bilan birga qiyaliklari o’zgarmaydigan uzun uchastkalarni sun’iy ravishda kiritmaslik kerak, chunki ularni qurish uchun ortiqcha yer qazish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday joylarda loyiha chizig’ini yerning tabiiy sirtiga parallel bo’lgan, juda katta radiusli (100000-200000 м) o’rovchi vertikal ergi chiziqlar korinishida o’tkazish birmuncha maqsadga muvofiqdir.
Sun’iy inshootlar yonidagi joylarda loyiha chizig’ining belgilarini tayinlash va chiziqni o’tkazish ancha murakkab ish. Loyiha chizig’ining baziyati ko’prikga yondosh ko’tarmalarni suv bosmasligini, shuningdek, baland suvlarni o’tkazish davrida inshootning to’sqinliksiz ishlashini ta’minlash uchun suv sathidan ko’prik ravog’i tag qismining balandligini ta’minlab berishi zarur.
Sun’iy inshootning o’zanning pasaygan joylari ustidan balandligi quyidagi kattaliklarning yig’indisidan iborat bo’ladi:
- oqayotgan suvning inshootga kirish oldidagi ko’tarilishini hisobga olgan holdagi chuqurligi;
- ko’tarilgan suv sathi bilan ko’orik ravogining pastki qismi orasidagi bo’sh oraliq;
- kichik sun’iy inshootlarda bo’sh oraliq oqib qolayotgan narsalarni xavfsiz o’tkazib yuborishni va toshqin vaqtida ko’prik ravog’ini suv bosmasligini, kema suzadigan daryolarda esa kemalarni o’tkazib yuborishni ta’minlashi zarur;
- ko’prik ravog’i balandligi, quvurlar uchun esa quvur ustiga to’kiladigan grunt qalinligi quvur devorining qalinligi bilan birga.
Bo’ylama kesim loyiha chizig’i singan joyida nishabliklarning algebraviy farqi I va II toifali yo’llarda 5 ‰ va undan ortiq, III toifali yo’llarda 10 ‰ va undan ortiq, IV toifali yo’llarda 20 ‰ va undan ortiq bo’lsa bo’ylama ergilik hisoblanishi va loyihalanishi lozim.
Mahalliy sharoitlar sababli yo’l atrofidagi joylardan yo’lga odamlar va hayvonlar chiqib qolishi mumkin bo’lsa, yo’l qatnov qismi chetidan I-III toifali yo’llarda 25 m, IV toifali yo’lda 15 m li masofada yon ko’rinishni ta’minlab berish lozim.

Download 0.56 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’lini bo’ylama kesimini loyihalash

Download 0.56 Mb.