• 3. Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyasining o’ziga xos jihatlari.
  • Iqtisodiy madaniyat
  • ) Kasb mahorati madaniyati
  • - Mavzu: Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyasi: mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tasnifi (1-soat)




    Download 0.66 Mb.
    bet6/36
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #92264
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
    Laboratoriya ishi5, Adabiyotlar, 7.Jumomurodov Ilyosbek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Шартнома сан курси ташкилот вилоят, 1-2-mavzu Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash-fayllar.org
    3 - Mavzu: Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyasi: mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tasnifi (1-soat)
    Reja:
    1. Oliy ta’lim tizimidagi fanlarning milliy g’oya targ’ibotida tutgan o’rni.
    2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi, madaniyatshunoslik va ijtimoiy falsafa fanlarining mazmun-mohiyati. Mazkur fanlarning milliy g’oya targ’ibotida tutgan o’rni.
    3. Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyasining o’ziga xos jihatlari.

    XXI asrda kechayotgan global integratsiya jarayonlari, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Shu bois, O’zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor berilib, o’qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablariga moslashtirilishi bo’yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta’lim to’g’risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o’z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo’lida fidoiylik ko’rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o’zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko’rib chiqishni taqozo qilmoqda.


    Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to’g’ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi.
    Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimiz taraqqiyotining g’oyaviy tamoyillarini, mamlakatimiz hayotida ustivor bo’layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o’rganish “Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi.
    Mazkur fan doirasida «targ’ibot» va «tashviqot» tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati, xususiyatlari, g’oya va mafkuralarning xalqlar va davlatlar taqdiriga ta’siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, yoshlar qalbi va ongida buzg’unchi va vayronkor g’oyalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik xususiyatlari shakllanishi bilan bog’liq masalalar o’rganiladi.
    Oliy ta’lim tizimidagi fanlarning milliy g’oya targ’iboti texnologiyalarida tutgan o’rni beqiyosdir. Ushbu fanlarning maqsadi ezgu g’oyalardan va sog’lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatning uzoqqa bora olmasligini, har qanday xalq va davlat o’z taraqqiyotining g’oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiy jarayonlarning muqarrar qonuniyati ekanligini yoshlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.
    Ilm-fan jadal taraqqiy etayotganligi tufayli turli fan sohalarida erishilgan yutuqlar tez yangilanib bormoqda. Bilim o’sish omilidir, uni vaqt talabi darajasida texnika o’sishidan bir necha barobar tez yangilab borish kerak. Shuning uchun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish davr ehtiyotidan kelib chiqmoqda.
    Ayniqsa, ma’naviy–ma’rifiy, ijtimoiy fanlarning mohiyati, mafkuraviy jihatdan yangilanib zamonaviylash-ganligi va ko’pgina masalalarning eskirganligi bu sohaga yangi kuchlarning kirib kelishini yanada dolzarb masalaga aylantiradi. Sobiq sovet tuzumi dinimiz, tilimiz, milliy urf-odatimiz, qadriyatlarimizni tahqirladi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir kabi ziyolilarimizni qatag’on qildi. Sho’rolar tuzumi davrida milliy madaniyatni mensimaslik, milliy, diniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan siyosat natijasida ming yillar davomida shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va avloddan-avlodga meros bo’lib kelgan, o’ziga xos sharqona milliy ruh, ma’naviy barkamollik ko’p jihatdan zaiflashdi. Bu esa yoshlar tarbiyasi, xulqi, oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir etishiga olib keldi. Ma’naiy-ma’rifiy ishlarni to’g’ri tashkil etish, yoshlar ongiga milliy o’zlikni anglashni singdirish bu salbiy hodisalarning oldini olishga katta imkoniyat yaratadi.
    Xalqimizning ma’naviy dunyoqarashi ortishi milliy istiqlol mafkurasi bilan umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini taqozo etadi. Bunga erishish uchun o’tmishimizni bilishimiz va targ’ib qilishimiz lozim.
    Ajdodlarimiz merosi va ma’naviyatini o’rganish talabalarda g’urur uyg’otib, aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. Mustaqillikdan keyin esa, yurtboshimiz aytganidek “Hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo’lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o’z oldimizga qo’ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo’lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim”1.
    Dunyoda sivilizatsiya ilk rivojlangan bir nechta vohalar mavjud. Nil vohasida qadimgi Misr madaniyati va ma’naviyati tashkil topgan. Ulardan hozirgacha saqlanib qolgan papirusdagi yozuvlar, ehromlar va hokazolar mavjud.
    Ikki daryo – Tigr va Yefrat oralig’i Mesopotamiya ikkinchi qadimgi vohadir. Shumer yozuvlari va afsonalari, ular asosida yaratilgan Tavrot bunga misoldir.
    Keyingisi sariq daryo – Xuanxe vohasi, u yerda yaratilgan Xitoy yozuvi, qog’oz, kitoblar va qadimgi Xitoy falsafasidir.
    Hind daryosi bo’ylarida qadimgi Hind madaniyati va mafkurasi, Budda dini va yodgorliklari yaratildi.
    Xuddi shunday Amudaryo vohasida qadimgi Xorazm madaniyati, yozuvi va “Avesto” – zardushtiy dini yaratilgan. Amudaryo o’zani o’zgarib turganligi tufayli yodgorliklarning kamroq qismi saqlanib qolgan. Fikr – so’z va ish birligi, Vatanga sadoqatlilik ma’naviyati “Avesto” ning tarkibiy qismidir. Shuningdek, “Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug’ini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz odamlardir.
    Yoki qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy meros, “Avesto” da “o’zingga ravo ko’rmaganni o’zgaga ravo ko’rma” – g’oyasi turkiylar ma’naviy merosidir, katta ma’rifiy–tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan va ularning mazmuni, g’oyasi asosida har qanday shaxs ma’naviy kamol topadi, yuksak vatanparvarlik va qahramonlik tasviridan bahramand bo’ladi. “To’nyuquq” obidasi vatan haqidagi madhiya deyilsa, Bilga hoqon “Yo’qsil xalqni boyitgani”, “Oz sonli xalqni ko’paytirgani” uchun ham “Ulug’ hoqon” unvonini olgan. Kul tegin timsolida esa qahramonlik va vatanparvarlik g’oyasini ulug’lash o’z ifodasini topgan. Biz ana shu asarlar orqali ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz. Bu qahramonlar qalbimizda iftixor tuyg’ularini jo’sh urdirishi tabiiydir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o’zagini aynan shular tashkil etishini talabalar bilishlari shart.
    Islom dini manbalarida ham inson ma’naviy – axloqiy qadriyatlarining butun bir tizimi, sharqona madaniyatning namunali tamoyillari o’rin egallagan.
    Qur’oni Karimda “ilm” so’zi 754 joyda tilga olingan. Hadislarda “Olloh uchun qilingan har qanday ezgu amal ibodat ekanligi, ilm olish esa ibodatlarning afzalidir” deyiladi.
    Asrlar osha umumbashariy bo’lgan axloq me’yorlari din tomondan hayotga joriy etilib, jamiyatni axloqiy tartibda saqlashda katta rol o’ynaydi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda islom dini g’oyalaridan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi.
    XX asrning boshida Turkiston o’lkasida yangi bir ijtimoiy harakat yuzaga keldiki, bu jadidchilik nomi bilan tanildi.
    Jadidchilar o’lkada o’z o’tmishi, tarixi, fan va madaniyatini o’rganishga va g’aflat uyqudan uyg’otishga, olamni ko’z ochib ko’rishga, yangilikni his etishga, o’zligini topishga da’vat etdilar. Ularni tizimli tashviqot qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada oshiradi.
    Ajdodlarimizning tarixi, urf-odatlari va ulkan ma’naviy meroslarini o’rganish yoshlarimizda milliy g’urur va faxrlanish tuyg’ularini uyg’otadi. Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
    Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining katta qismini qamrab olgan soha o’rta maxsus, kasb-hunar, va oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oqilona va maqsadga muvofiq tashkil etish mumdavlat siyosati miqyosidagi vazifadir. Shu boisdan respublikamiz Prezidenti, hukumatimiz bu sohaga alohida e’tibor bilan qaramoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi buning yorqin misoli bo’lib, unda shunday satrlar bor: “Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy–axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs–fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”. “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunda ham yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bu hujjatlardan ko’zda tutilgan maqsad bozor iqtisodiyoti davrining murakkab kechuvchi jarayonlari yoshlarning ma’naviy–ma’rifiy va madaniy tarbiyasiga ko’rsatadigan turlicha ta’sirning oldini olishdir. O’quvchi-talabalarga puxta, zamon talablari darajasida bilim berish barobarida, ularda ona–Vatanga sadoqat, mustaqilligimizga, tariximizga hurmat, milliy qadriyatlarimizni asrab–avaylash tuyg’ularini tarbiyalash hamda milliy istiqlol mafkurasini ularning ongiga singdirishdir. Bularni amalga oshirish, ya’ni o’quvchi-talabalarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, o’quvchi-talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar, o’tkaziladigan tadbirlar rejasining (ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha rektor yoki direktor muovinining yillik ish rejasi) tuzilishiga, mazmuniga bog’liq. Chunonchi, rejadagi g’oyaviy–siyosiy va mafkuraviy tarbiya, huquqiy tarbiya, ekologik tarbiya, nafosat tarbiyasi, mehnat va kasb tanlash tarbiyasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, diniy ekstremizm va terrorchilikka nisbatan o’quvchilarda ogohlik va hushyorlikni tarbiyalash, giyohvandlik va uning oldini olish, jismoniy tarbiya va sport, oilaviy, ekologik, jinsiy tarbiya kabi bandlarda o’quvchi kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan ma’naviy – ma’rifiy jihatdan tarbiya berish vazifasining mazmun va shakllari o’z ifodasini topadi.
    Oliy o’quv yurtining ko’pgina bitiruvchilari maktablarda, akademik litsey va kollejlarda direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari bo’lib ishlaydilar. Ular ma’naviy–ma’rifiy tadbirlarni o’tkazishni, puxta stsenariy va reja tuzishni, turli uchrashuvlar, suhbatlar, muloqotlarni, kechalarni tashkil etishni bilishlari kerak. Shu sababli ushbu kursda bu sohalar qamrab olinadi. Chunki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy–ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish to’g’risida” gi qarori bu soha xodimlari oldiga juda ulkan vazifalarni qo’ydi.
    Mustaqilligimizdan keyin ma’naviy­ma’rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko’rsatish hamda yosh avlodning milliy g’ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o’rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.
    “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo’yilgan vazifalar qo’yidagilardan iborat:
    ­ Ma’naviy ­ ma’rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish;
    ­ Uzluksizta’lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta’sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo’lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko’rsatish;
    ­ Ma’naviy ­ ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligini ochib berish;
    ­ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko’rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;
    ­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o’zaro bog’liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;
    ­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo’nalishlarini tahlil etish;
    ­ Talaba ­ yoshlarni ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish.
    Ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ’ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko’payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo’lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ’ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
    Shuning uchun ham ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ’ibot ishlari qanday dastur va yo’nalish, qaysi ko’rsatma va qo’llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g’oyat muhim masala bo’lib turibdi.
    Milliy iftixordek ulug’vor va teran tuyg’uning paydo bo’lishi esa, ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho madaniyatni bilish, qadrlash va yanada boyitish bilan bog’liqdir. Mana shunday ezgu tuyg’u va bunyodkor g’oyalar ongimiz va qalbimizdan joy olishi uchun halqimiz yaratgan betakror madaniyat va ma’naviyatni egallashimiz juda muhimdir.
    Bizning vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon e’tirof etadi. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan1. Muallif boshqa o’rinlarda Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, al-Moturudiy, Burxoniddin Marg’iloniy, Pahlavon Mahmud, Ahmad Yassaviy, Hakim otaning shogirdi Zangi ota, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Jamshid Koshiy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Nasafiylarning tabarruk nomlarini, hayoti va ijodini chuqur hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.
    “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarining muallifi yana bunday deydi: “diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko’rku fayzini yo’qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, xunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaxarsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi”.
    Madaniyatshunoslik fanini o’rganishning zarurligini davlatimiz rahbarining yuqoridagi so’zlari ham asoslab turibdi. Har bir madaniyatli odam jahon madaniyati, milliy madaniyat xazinalaridan xabardor bo’lishi zarur.
    Vatanimizning kelajagi bo’lgan yosh avlodning ma’naviy olamini boy, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun butun insoniyat necha ming yillar davomida yaratgan moddiy va ma’naviy madaniyat xazinalaridan bahramand etish, unda barcha xalqlarga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini uyg’otish va shakllantirishdan iborat.
    Shu olijanob maqsadga xizmat qilgani uchun madaniyatshunoslik fanining predmeti, ob’ektlari butun insoniyat ko’p asrlar davomida yaratgan moddiy va ma’naviy madaniyat xazinalaridir.
    Madaniyatshunoslik turli belgilariga ko’ra, quyidagi sohalarga, shakllarga va ko’rinishlarga bo’linadi:
    1.Madaniyat sohalari bo’yicha quyidagicha tasnif qilinadi:
    a) Iqtisodiy madaniyat (bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot madaniyati, ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, mehnat madaniyati kabi turlarni o’z ichiga oladi).
    b) Siyosiy madaniyat: jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot ko’rsatkichlari – shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir. Bu huquqlar xalqaro mezonlarga mosligi, amalda qo’llanishi, partiyalar o’rtasidagi kurashlarning usul va shakllari va hokazolar bilan belgilanadi.
    Siyosiy madaniyat - insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy - huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarga aloqadordir. Bu madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga, jamiyatning siyosiy faoliyatiga bog’liq holda vujudga keladi. Siyosiy madaniyat inson faoliyatining bir ko’rinishi bo’lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini qamrab oladi.
    Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga ta’sirida namoyon bo’ladi. Ma’naviy tomondan esa tabaqalashtirilgan ijtimoiy munosabatlarni anglab yetish, dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g’oyalarni targ’ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyo­siy tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni hayotga tatbiq qilish omillaridir.
    v) Kasb mahorati madaniyati : aniq mehnat turi bilan bog’liq maxsus nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar yig’indisidan iborat.
    g) Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur jamiyatdagi yosh avlodga yetkazishdan iborat.
    d) Ekologik madaniyat – inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib borayotgan sohadir. Ekologik madaniyatga ayniqsa G’arb olimlari alohida yondashib, atrof muhit omillaridan kelib chiqqan holda madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy sharoitlarga ko’nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo’jalikning, yashash binolarining, mehnat qurollarining, kiyim va urf–odatlar ma’lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o’simliklar va hayvonot olami, temperatura va boshqa ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va Afrikaning sahro va cho’l hududlarida sut mahsulotlari go’sht mahsulotlariga qaraganda muhim o’rin egallaydi.
    Ijtimoiy falsafa fani talabalarda, jamiyat ma’naviyati sohasida faoliyat ko’rsatadigan kadrlarda falsafiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat kiladi; jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot muammolarini to’g’ri anglash, jamiyat hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar mohiyatini holisona idrok qilishga yordam beradi. Bu o’z navbatida bo’lajak mutaxassislarning pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi.
    Jamiyat taraqqiyotining qonunlari, uning tarkibi, sohalari, shuningdek ijtimoiy falsafaning asosiy tushuncha va kategoriyalari ham qo’llanmada keltirilgan. Ayniqsa inson, uning mohiyati, shaxs va uning ijtimoiy hayotdagi roli, hozirgi davrda globallashuv muammolari va ularni hal etish yo’llari ham mazkur risolada o’z ifodasini topgan.
    Ijtimoiy falsafaning ijtimoiy fanlarga bo’lgan munosabatini belgilashda quydagi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
    Birinchidan, ijtimoiy falsafa ijtimoiy hayotni yaxlit holda tasvirlabgina qolmay, balki ijtimoiy institutlarni jamiyat hayotidagi o’rni va rolini belgilaydi. Ikkinchidan, ijtimoiy falsafada shaxs va jamiyatning o’zaro munosabati masalasi muhim o’rin tutadi. Uchinchidan, ijtimoiy falsafa jamiyatning asoslarini, ya’ni mavjudlik shart-sharoitlarini aniqlaydi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash muammolari ustida bosh qotiradi. Nihoyat, ijtimoiy falsafa ijtimoiy hayotni ilmiy bilishning metodologik masalalarini hal etadi.
    Ijtimoiy falsafa boshqa ijtimoiy fanlar: milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari, iqtisodiy nazariya, sotsiologiya, politologiya, tarix, huquq va boshqa fanlar bilan yaqin aloqadordir. Ijtimoiy falsafa bu fanlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
    a) ijtimoiy hayotni yuqori darajada umumlashtiradi, mavxum tushunchalar, qonunlar va tendentsiyalarni ochib beradi, o’z xulosalarini umumiy nazariya shaklida umumlashtiradi;
    b) konkret ijtimoiy fanlar uchun ijtimoiy hodisalarni bilishda metodologik asos hisoblanadi;
    v) jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari va tendentsiyalarini o’rganadi. U tarixiy taraqqiyotning umumiy nazariyasi hisoblanadi.
    Ijtimoiy falsafaning umumnazariy va metodologik vazifalari:

    • jamiyat mohiyati;

    • ijtimoiy hayotning tub mohiyatini bilishda;

    • jamiyatning yaxlit ijtimoiy sistema sifatida tadqiq etishda;

    • ijtimoiy hayotning asosiy sohalarini, jamiyatni moddiy va ma’naviy asoslarini o’rganishda;

    • tarixning mohiyati va ma’nosini;

    • insonning falsafiy muammolarini tadqiq etishda yaqqol namoyon bo’ladi.

    Ijtimoiy falsafa boshqa fanlarning ilmiy nazariyalarini ishlab chiqishda metodologik asos rolini o’ynaydi. Har qanday ijtimoiy fan jamiyat rivojlanishi va inson to’g’risidagi falsafiy ta’limotga tayanadi.
    U avvalo o’z “Men”ni namoyon etishni haetiy, zaruriyat ekanligini asoslab beradi; o’zi va jamiyat uchun intiluvchi uchun, o’z sharoitlarini o’zgartirmoqchi bo’lgan kishilar faoliyatning nazariy asosidir.
    Jamiyat ijtimoiy munosabatlarni tubdan isloh qilishga, inson faoliyatini yanada faollashtirishga, madaniyat resurslaridan to’laroq foydalanishga ehtiyoj sezgan vaqtda ijtimoiy falsafaga murojaat qiladi.
    Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fanining maqsadi talabalarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda mafkuraviy targ’ibot bilimlar tizimi haqida berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi ma’lum usullar (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi. “Metodika” grekcha so’z bo’lib “metod” degani “yo’l” demakdir.
    Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fani ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi mustaqil fan tarmog’i bo’lib, jamiyat tomonidan qo’yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq tadbiq qiladi. O’qitishda yangi maqsadlarning qo’yilishi Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalarini o’qitishning mazmunini tubdan o’zgarishiga olib keldi.
    Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalarining samarali bo’lishi uchun bo’lajak o’qituvchi o’qitish metodikasi egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.
    Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fanini o’qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
    1. Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fanini o’qitish va undan ko’zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fani o’qitiladi, o’rgatiladi).
    2. Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o’rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini talabalarga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o’rganishda izchillik ta’minlanadi, o’quv ishlariga o’quv mashg’ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni talabalarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.
    3. O’qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o’qitish kerak, ya’ni, talabalar xozirgi kunda zarur bo’lgan ijtimoiy–gumanitar bilimlarni, malaka, ko’nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari) uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo’lishi kerak?
    4. O’qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatmali, qo’llanmalar va o’quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o’qitish).
    5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini tashkil etish).



    Download 0.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu: Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyasi: mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tasnifi (1-soat)

    Download 0.66 Mb.