• Uchinchidan
  • To’rtinchidan
  • Beshinchidan
  • Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun




    Download 0.66 Mb.
    bet5/36
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #92264
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
    Laboratoriya ishi5, Adabiyotlar, 7.Jumomurodov Ilyosbek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Шартнома сан курси ташкилот вилоят, 1-2-mavzu Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash-fayllar.org
    Birinchidan, tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini anglash tuyg’usi shakllanadi.
    Ikkinchidan, tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot mazmuni chuqurroq tushuniladi va kelajak falsafasi dunyoga keladi. Bu har bir insonning o’ziga xos tafakkur tarzini shakllantirish orqali shaxs sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga, fe’l-atvorining shakllanishga xizmat qiladi.
    Uchinchidan, tarixni o’rganish orqali mustamlakachilik ta’sirida va kommunistik zo’ravonlik mafkurasi natijasida o’zligini yo’qotgan, o’z qadru qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg’onishga, o’zligini anglashga, o’z haq-huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shaklla­nishga da’vat etadi.
    To’rtinchidan, ajdodlari buyuk bo’lgan, jahon tsivilizatsiyasi va insoniyat taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan madaniyatga daxldor fuqaroning qalbida o’tmishini o’rganishi orqali milliy g’ururining uyg’onishi mamlakat mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan bir paytda katta ma’naviy qudrat va ulkan iroda kuchi bo’lib xizmat qiladi. Ayni paytda o’z o’tmishining nakadar buyukligini anglagan fuqaro ajdodlari ruhi oldida qarzdor, kelgusi avlod oldida g’oyat mas’uliyatli ekanligini yana bir bor chuqurroq tushunadi. Ana shu anglash jarayoni insonning o’zini-o’zi yangilashiga, o’zini o’zi ma’naviy tozalashiga, o’zini o’zi isloh qilishiga olib keladi.
    Beshinchidan, har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan yangilash orqali jamiyatni yangilash, turmush tarzini yangilash kabi g’oyatda chuqur, keng miqyosli islohot amalga oshiriladi. Bu bugungi islohotlar davrida amalga oshirilayotgan ko’p qirrali o’zgartirishlarning asosiy omili sifatida qadriyatga aylanadi. Zotan, siyosiy, iqgisodiy, huquqiy islohotlar bevosita inson ongi, tafakkuri va qalbi orqali o’tkazilgan taqdirdagina uning qadri oshadi, samarasi ko’payadi.
    Tarix haqiqati bu konkret voqealar, aniq hodisalar va munosabatlar majmuidir. Aksincha, agar u mavhum hodisalar yig’indisiga aylansa, afsonaga aylanadi. O’zining ta’sir kuchini, mavqeini yo’qotadi. Bunday bo’lishi mumkin ham emas. Tarix haqiqati bevosita konkret davr kishilari tafakkuri va konkret hayot mantig’idir. Demak, uni ma’lum bir davrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqealar, hodisalar hamda bo’larni keltirib chiqargan bosh omil o’sha davr kishilari maqsad-intilishlari, manfaatlari va dunyoqarashlarini o’rganish orqali anglash va tushunish mumkin. Aksincha bo’lishi mumkin emas.
    Tarixda mavhum hodisalar va tushunchalar bo’lmaydi. Tarix mantiqan ham, tabiatan ham konkretlik orqali idrok etiladi va u anik voqelik orqali o’z mazmunini, falsafasini, boshqacha qilib aytganda, hukmini ko’rsatadi. Ana shu jihatdan ham nimaiki mavhum bo’lsa yoki mavhumlik orqali voqea hodisalarga yondashsak, u tarix hakikatiga ziddir. Demak, biz konkret voqealar, konkret hodisalar orqali ularning kelib chiqish sharoiti, sabablari va mohiyati xususida fikr yuritishimiz mumkin. Ana shunday yondashuv orqaligina biz konkret voqelik zamirida yotgan tafakkur, falsafa, manfaat va munosabatni to’g’ri anglab olamiz.
    Ayni tarix falsafasigina inson va voqelik, insoniyat va taraqqiyot to’g’risidagi xulosalarimizni ifodalab bera oladi. Ayni tarix falsafasi ruhshunoslik, ilohiyot, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va boщqa bilimlardan farqli xolda hodisalarga konkret yondoshadi, voqealarni konkret baholaydi. Ana shu konkretlik — aniqlik asosi­da fikr yuritadi. Inson taqdiri va umuman voqelik bevosita aniq dalil orqali tahlil etiladi.
    Tarixga to’g’ri yondoshish, uni to’g’ri tushunib, to’g’ri tadqiq etish uchun biz o’zimizni tarixiy taqdirga qo’shib yuborishimiz, uning ichida yashashimiz kerak. Ana shunda uning tirikligiga, yaxlitligiga tushunamiz, butun ko’lami va miqyosi bilan qamrab olamiz, mohiyatini anglab yetamiz. Tafakkur mezoniga, falsafa omiliga aylantira olamiz. Tarixiy taqdir bilan taqdirdoshlik, tarixiy taqdir jarayonini ongimiz, qalbimiz va tafakkurimiz orqali o’tkazib, vorislik hissini tuyganimiz sayin konkret shaxs taqdiri, zamon va makon qiyofasi ko’zga yorqinroq tashlanadi. Inson, zamon va makonning yaxlit qiyofasi to’laligicha butun salmog’i bilan gavdalanadi. Inson ma’naviyati, uning shaklu shamoyili orzali qaysidir darajadagi tarixiy voqelik va taqdirga daxldorlik aniklanadn. Tarixni o’rganishda muarrixlarimiz sanalar va voqealarni tahlil etish bilan birga, ularning ortida turgan taqdirlar, ke- chinmalar, ruhiyatlar, manfaatlar va hokazolar girdobida ham yashamog’i kerak. Ana shunda tarix haqidagi fikrimiz, xulosamiz asosli, so’zimiz ta’sirchan, g’oyalari­miz yashovchan bo’ladi!
    Tarixga munosabatda, uni o’rganayotganda butun tarixiy jarayon mening hayotim, butun kishilik o’tmishi mening o’tmishim, degan fikr bilan yashash lozim. Tarixiy taqdir, butun kishilik o’tmishi mening taqdirimga, mening hayotimga, mening o’tmishimga, kechinmalarim va orzu-umidlarimga aylanishi kerak. O’sha boqiy jarayonning, buyuk va sarqadsiz shajaraning davomchisi sifatida butun tarix mening qonimda, jonimda, ruhimda va hujayralarimda yashayotgalini anglashim, his qilishim lozim. Ana shunda men 2000 yo 3000 yil oldin yashagan odamlar hayotini o’rganyapman, bu menga begona davr, tarix xolos, degan xulosaga kelinmaydi. Aksincha, u olis ajdodlar o’tmishi insoniyat hayotining, uning taraqqiyot yo’lining majmui, muqaddas va mutabar xotirasi ekanligini anglaydi.
    Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson tafakkuri va ongini yangilash kabi tozarish jarayoniga davlatning o’zi homiylik qilmoqda. Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol davrida inson, nihoyat, tarixga ma’naviyat mezoni, milliy uyg’onish omili sifatida qaramoqda.
    Biz Vatanimiz tarixi va xalqimiz o’tmishini o’rganish orqali bugungi kun uchun mas’ullik tuyg’usini shakllantiramiz. Taraqqiyotning yangi davri ostonasida turganimizni va xalqimizning buyuk kelajagiga asos solishga mas’ul ekanligimizni, dahldorligimizni tushuna boshlaymiz. Yana bir haqiqat bor: O’tmish uni anglagangagina xizmat qilishini, kelajak esa uning haqiqiy bunyodkorigagina tegishli ekanligini anglamog’imiz kerak. Xuddi ana shu haqikatni anglash uchun tarixiy tafakkur, tarixiy xotira zarur deb o’ylaymiz. Tarixning haqiqiy falsafasi, uning aql-zakovatimiz va ongu shuurimizga ta’siri xuddi ana shu g’oya bilan belgilanadi.
    Yangilanishlar davri xamisha o’tmishga qiziqishning beqiyos darajada o’sishidan boshlanadi. Ayni o’tmishga qiziqish odamni istiqbolga intilishga, uni aniq; yo’nalishga sola bilishga da’vat etadi. O’tmish voqealari, tarixiy hodisalar bugungi xulosalarimizni tiniqlashtiradi, ertangi kunimizning, rejalarimizning asosini va haqiqatini ko’rsatib beradi. Ana shu nuqtai nazardan biz bugun tarixnavislik va tarixshunoslikdagi solnomachilik, quruq raqambozlik, bayonchilik illatlaridan butunlay qutulishimiz darkor. Tarixiy obidalarning ro’yxati, ularning qurilgan vaqti, shaharlarning nomlariyu jo’g’rofiy hududlari bilan kifoyalanmay, ana shu zamin va unda asrlar mobaynida yashagan xalq dahosi, uning qudrati va bu qudratning paydo bo’lish omillarini o’rganmog’imiz kerak. Zotan, buyuk kashfiyotlar, olamshumul ixtirolar, afsonaviy shaharlar, qudratli siyosatu dongdor davlatlar to’satdan paydo bo’lmaydi. Ularning yuzaga chiqishi uchun yillar tugul, asrlar mobaynida tajriba to’planadi, tafakkur shakllanadi. Tarixshunoslikda ana shu evolyutsion jarayon, xalqnish ijtimoiy-ma’naviy dinamikasi hisobga olinmog’i kerak. Demak, insoniyat tarixida keskin burilish yasagan, jaxon tsivilizatsiyasiga kuchli ta’sir o’tkazgan tafakkur kengliklarini, uning taraqqiyot jarayonlarini o’rganishimiz zarur. Biz bugungi va kelgusi avlodni xuddi ana shunday yo’l bilan tarbiyalashimiz darkor. Uning voqea va hodisalarga munosabatini ongi orqali, tafakkuri orqali va eng muhimi, qalbi orqali o’tkazishimiz kerak. Toki yosh yurakda va murg’ak tafakkurda tarix haqiqati abadiy qolsin, uni ezgulikka da’vat etib tursin. Buning uchun har bir voqea mohiyati, tarix falsafasi, hayot mantig’i mushtarak holda o’rganilmog’i kerak.
    Jamiyatni yangilash, eng avvalo, inson tafakkurini yangilash, illatlar ildiz otib ketgan turmush tarzini yangilash orqali amalga oshiriladi.
    Sho’ro davrida milliy o’zligimizni unutishga, ajdodlarimizni xotiramizdan o’chirishga majbur qildi. Faqat o’z maqsadi va g’oyalariga mos keladigan jihatlarinigina saqlab qolib, qariyb uch ming yillik tariximizni butunlay yo’q qildi. Tarixiy xotiradan, tarixiy tafakkurdan ayirib qo’yish okibatida insonni oliy mavjudod sifatidagi qadriyatini poymol etdi. Uni ham ma’naviy, ham jismoniy mutelikka, qaramlikka, qullikka majbur qildi.
    Sho’ro olimlari o’tmishdagi faqat xunrezlik voqealari, urush va vayronagarchiliklar haqidagi voqealar bilan tarixni to’ldirib tashlashdi. Millat tarixi va umuman insoniyat tarixi urushlar, xunrezliklar, bir-birini mavh etish va qatl qilishdai iborat qilib ko’rsatildi. Natijada bir yoqlama, o’quvchi xafsalasini pir qiladigan urushlar va davlatlar tarixi yaratildi. Hakikiy tarix — insoniy ta­fakkur evolyutsiyasi, inson qalbi ziddiyatlari, ajdodlarimiz quvonch va iztiroblari, ularning buyukligi, daholik qudrati va zaif jihatlari o’rtasidagi ziddiyatlardan iborat bo’lgan yaxlit tarix barbod etildi. Shunday qilib hayot haqikati ham, tarix xaqikati ham, ilmiy xaqiqat ham ataylab buzib tashlandi. Tarix hukmron mafkuraga qurbon bo’ldi.
    Bularning hammasi tarixiy tafakkurimizni ham, tarix tushunchasi va falsafasini ham chegaralab qo’ydi. Tarixning buyuk yaratuvchilikka va komillikka da’vat etuvchi qudrati ataylab singdirib tashlandi. Vaholanki, tarix falsafasi muqarrar tarixiy jarayonlarga ruh va yangilanish ato etadigan g’oyatda kuchli vositadir.
    Istiqlol tufayli biz butunlay yangi hayotga, butunlay yangi jamiyatga qadam qo’yyapmiz. Bu borada dastlabki yutuqlarga ham erishdik. Yangi jamiyatning poydevori qo’yildi. Uning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy asoslari yaratildi. Boshqacha qilib aytganda, qariyb uch ming yillik tariximizda butunlay yangi taraqqiyot davri boshlandi. Bu XXI asr taqdiri, mamlakatimiz hamda millatimiz istiqboli bilan bog’liq bo’lgan yangi tsivilizatsiya davrining boshlanishi desak xato qilmaymiz.
    Tarixni tadqiq qilish va yozishda biz o’z milliy psixologiyamiz, an’analarimiz va milliy mushoxadamizdan kelib chiqamiz. Shu bois o’zbek xalqi tarixini yozgan boshqa millat vakili bo’lgan ajnabiy olim bilan o’zbek olimining nuqtainazari bir-biridan farq qiladi.
    Buning ikki jihati bor: Birinchidan, begona qalb, begona dunyoqarash har qanday sharoitda ham begonaligicha qolaveradi. U hech qachon boshqa bir millatiiig milliy xususiyatlarini, uning o’tmishdagi murakkabliklari va ziddiyatlarini to’laligicha his qila olmaydi.
    Ikkinchidan, fan niqobidagi siyosiy o’yinlar va maqsadlar ham borki, bu dahshatli va millat boshiga qiron keltiruvchi mafkura bilan bog’liq. U tarix haqiqatini ataylab buzadi, uni hech bo’lmaganda chalkashtiradi. Bunga zid ravishda o’z milliy tarixnavislik an’analarimizni tiklashimiz darkor. Masalan, o’tmishda o’tgan ko’plab muarrixlarimiz asarlarida turli rivoyatlar, afsonalar, hikmatlar, hikoyatlar uchraydi. Bu narsalar tarixiy fakt va haqiqat sifatida alohida qimmatga ega bo’lmasada, ammo voqealar mohiyatini anglashimiz va tafakkur, mushohada tarzimizning shakllanishida muhim o’rin tutadi.
    Darhaqiqat, bizda milliy tarixnavislikning o’ziga xos maktabi mavjud. Bu maktab uzining xalqchil, sodda, ravon, barcha uchun birday tushunarli bo’lgan uslubi va beqiyos jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Ana shu sehr va ohanrabolik o’nlab asrlar muqaddam yaratilgan qator shoh asarlar qatorida «Temurnoma», «Zafarnoma», «Boburnoma», “Humoyunoma”larning beqiyos qiymatini va barhayotligiii ta’minlab kelmoqda.
    Siyosatshunoslik ilmi hozirga qadar boy nazariy va amaliy tajribaga ega bo’lib, uning ibtidosi Konfutsiy, Platon va Aristotel yashagan zamonlarga borib taqaladi. U siyosiy taraqqiyotning yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish jarayonida siyosiy faoliyatning xarakteri, maqsadlari, manfaatlari, mohiyati va usullarini tahlil etadi hamda siyosiy g’oyalarning mohiyat mazmunini, siyosatda erishilgan yutuq va yo’l quyilgan xatolarning ildizlarini ochib beradi.
    Siyosatshunoslik faniga nisbatan kuchli ijtimoiy extiyoj siyosatga insonparvarlik ruhini singdirishga qaratilgandir. Buning dolzarbligi shundaki insoniyatning butun tarixi davomida siyosiy xatti-harakatlarda murosasizlik va yengiltaklik, jamiyatni ratsionallashtirish bayrog’i ostida amalga oshirilgan «inqiloblar, odatda, hamma davrlarda ham zo’ravonlik, qon to’kish va ajdodlar yaratgan barcha narsani johillik bilan vayron kilish vositasi va quroli bo’lib kelgan. Aqidaparastlik esa, qanday qiyofada bo’lishidan qat’iy nazar bu diniy aqidaparastlik bo’ladimi yoki kommunistik aqidaparastlik bo’ladimi o’z mafkurasiga, hayotga qarashlariga mos kelmaydigan xamma narsani inkor etadi va «kimki biz bilan emas ekan, u bizga karshi» degan tamoyil asosida harakat kiladi». Shuning uchun demokratik siyosiy ta’limning eng asosiy vazifalaridan biri fuqarolarda demokratik tuzumga karshi bo’lgan va jamiyatga u yoki bu ijtimoiy utopiyani tiqishtirayotgan turli xil radikal mafkuralarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirishdir.
    Mustaqillikning samarasi o’laroq demokratik printsiplar, qadriyatlar va institutlar hayotimizning barcha sohalariga tobora ko’proq kirib bormoqda.
    Yukoridagi zaruriyat tufayli O’zbekiston oliy ta’lim tizimida siyo­satshunoslik fanini yanada rivojlantirish, bu fanni o’rganish va o’rgatish ishlarini jahon standartlari darajasiga ko’tarish uchun keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishdagi sa’y-harakatlar samarasi o’laroq bugungi talaba so’nggi yillarda ko’plab chop etilgan darslik, monografiya, ma’ruzalar kurslari va o’quv qo’llanmalardan foydalanmoqda.
    Siyosatshunoslik fanining umumnazariy masalalari aks etgan darslik va o’quv qo’llanmalardan Markaziy Osiyoda ijtimoiy- siyosiy tafakkur rivojining asosiy bosqichlari, shuningdek xalqaro terrorizm va unga barham berishning siyosiy-huquqiy choralari kabi yan­gi, dolzarb masalalar tahlil etilganligi bilan ajralib turadi. U yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, ular dunyoqarashida sog’lom siyosiy immunitetni shakllantirishga, siyosatning vujudga kelish sabablari, ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o’rni, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi ahamiyatini tushunib olishga yordam beradi.
    «Siyosat» deb ataluvchi ijtimoiy fenomen yoki hodisaga insoniyat o’z taraqqiyotining ibtidosidayok duch kelgan. O’tgan uzoq tarixiy davr mobaynida bir zamonlar urug va kabilalararo tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar to’xtovsiz rivojlanib, bu murakkab dunyoda insonlarni birga yashashdek buyuk bir san’atni egallashga o’rgatdi. Siyosat tom ma’noda odamlarning ijtimoiy hayotni tashkil etishga oid ehtiyojlarini aks ettiradi va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining in’ikosi, hosilasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy hayotning turli sohalarini yo’naltirish, turli kuchlar manfaatlari muvozanatini topish va ta’minlash orkali jamiyat yahlitligini, jipsligini ta’minlash, taraqqiyotning ilg’or strategiyasini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etishdir.
    Odamlar siyosatni kundalik amaliy tajriba orkali oddiy kuzatuvlar va tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy bilimlar asosida idrok etadilar. Siyosat to’g’risidagi kundalik, tartibga solinmagan tasavvurlar ko’p ming yillardan buyon mavjud. U yoki bu shaklda ular har bir insonda mavjud ommaviy ongning ajralmas qismini tashkil etadi. Bunday tasavvurlarga ko’ra kundalik hayotda aniq maqsadga yo’naltirilgan har qanday faoliyatni siyosat deb atash mumkin. Lekin siyosiy hodisalarning asosan tashqi, amaliy tomonini aks ettiruvchi kundalik bilimlar voqelikni chuqur va har tomonlama aks ettira olmaydi. Siyosat to’g’risidagi kundalik tasavvurlarning noaniqligi, cheklanganligi avvalo «siyosat» deb ataluvchi hodisaning murakkabligi, ko’pqirraliligi, sermazmunligiga borib taqaladi. Shuning uchun ham kundalik ijtimoiy bilimlar siyosat dunyosida odamlar uchun ishonchli yo’llanma bo’la olmaydi. «Siyosat» atamasining ilmiy talqinlari birmuncha ziddiyatli bo’lsa-da, mantiqiy asoslanganligi va tartibga solinganligi bilan kundalik tasavvurlardan ajralib turadi. Siyosat to’g’risidagi bunday ilmiy, mantiqiy bilimlarni siyosatshunoslik fani o’rgatadi.
    Hozirgi zamon ijtimoiy fanlarining tarkibiy qismi bo’lgan siyosatshunoslikni o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish ommaviy siyosiy savodxonlikni taqozo etadi, chunki demokratik siyosiy ta’limga suyangan jamiyatda mustabidlikka, davlat va ijtimoiy tuzumning g’ayriinsoniy va iqtisodiy zararli shakllariga o’rin qolmaydi. Demokratik tuzum aholining siyosiy madaniyatisiz o’rnatilishi va samarali bo’lishi mumkin emas.
    Siyosatshunoslik demokratik siyosiy-ma’rifiy vazifani bajarish jarayonida asosiy gumanistik qadriyatlar, avvalo, har bir shaxsning erkinligi va sha’ni, uning tabiiy ajralmas huquqlarini e’tirof etadi. Siyosatshunoslik fani fuqaroga tegishli ijtimoiy tuzumni to’g’ri baholash, uning davlatdagi o’z o’rni va rolini, huquq va majburiyatlarini anglashda yordam beradi. Natijada fuqaro boshqalarning huquq va manfaatlarini hurmat qilgan holda o’z manfaatlarini himoya qila olishga, umumiy muammolarni jamoa bilan hal qilishga o’rganadi. Shuningdek, fuqaroda demokratik tartibotga va uni ta’minlovchi davlat va ijtimoiy institutlarga nisbatan hurmat tuyg’usi shakllanadi. Siyosatshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o’rtalaridan XX asr boshlariga qadar davom etdi. Xuddi shu davrda u mustaqil fan sifatida to’liq shakllandi. Bu jarayonda siyosiy tadqiqotlar bilan shug’ullangan ilmiy markazlar muhim rol o’ynadi. Jumladan, 1871 yilda Frantsiyada «Siyosiy fanlarning ozod (erkin) maktabi» ish boshladi (Hozir bu maktab Parij universitetining siyosiy tadqiqotlar markaziga aylangan). AQShning Kolumbiya universitetida 1880 yildan siyosiy fanlar maktabi, Angliyada 1895 yildan iqtisodiy va siyosiy fanlarning London maktabi, 1903 yildan boshlab esa siyosiy fanlarning Amerika assotsiatsiyasi faoliyat yurita boshladi. Bugun bu assotsiatsiya 16 mingdan ortiq a’zoga ega. O’zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi siyosiy fanlarni o’rganish va o’qitishga nisbatan eskicha yondashuvlarni batamom o’zgartirib yubordi. Mustaqillik sharoitida oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki choralaridan biri mamlakatimizda siyosatshunoslik fanini o’rganish va o’qitishga kirishishdan iborat bo’ldi. Chunki, amalga oshirilayotgan siyo­siy va iqtisodiy islohotlarning samarali bo’lishi fuqarolarning siyosiy fan va demokratik madaniyat asoslaridan qanchalik xabardorliklariga bevosita bog’liqdir. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarish fuqarolardan avvalgidek qaram, mut’e, beparvo bo’lib qolishni emas, balki erkin, mustaqil mushohada, siyosiy madaniyatda keskin o’zgarishlar yasash, bozor iqtisodiyotiga va demokratiyaga mos bo’lgan omma mentalitetini shakllantirishni taqozo etmoqda. Mustaqillik va o’zlikni anglashning kuchayishi jarayonida ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy faoliyat, davlat, siyosiy partiyalar, nodavlat, nohukumat tashkilotlarining ish usullarini, siyosat va inson, davlat va jamiyatning o’zaro munosabatini, siyosatshunoslikning asosiy tushunchalarini anglashga bo’lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. Shu bois siyosatshunoslikni o’rganish inson kamolotining, mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning zarur shartiga aylanmoqda.
    Mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida 1992 yildan boshlab siyosatshunoslik fanini o’qitish yo’lga qo’yildi. Bu harakat, avvalo, siyosiy bilimlarga nisbatan ijtimoiy ehtiyojni qondirish vositasi, ikkinchidan, har bir kishi va butun jamiyatning siyosiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan uzluksiz tadbirdir. Chunki fuqarolarning oqilona karorlar qabul qilishi, siyosatda ishtirok etish qobiliyati stixiyali (tartibsiz) tarzda shakllanmaydi, balki yetarli bilim va tajribani muntazam o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Bunday qobiliyat esa aynan siyosatshunoslikni chuqur o’zlashtirish va yuqori siyosiy madaniyatga erishish tufayli shakllanadi. Bugun O’zbekistonda siyosatshunoslikning fan sifatidagi obro’sini oshirishga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining tashkil etilishi, I. Mo’minov nomidagi Falsafa va Huquq instituti qoshida siyosatshunoslik bo’limining, oliy o’quv yurtlarida o’nlab siyosatshunoslik kafedralarining faoliyat yuritayotganligi fikrimizning dalilidir.
    Mustaqillik sharoitida jamiyat hayotining erkinlashuvi, demokratiyaning kirib kelishi, eski siyosiy tuzumning yangisi bilan almashinuvi, aholi katta qismining siyosatga e’tiborining kuchayishi, siyosiy partiya va harakatlar, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo’lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirining kengayishi siyosatshunoslik fani rolining yanada oshib borishini ko’rsatmoqda. Zamonaviy siyosiy bilimlarni egallash siyosatni siyosatbozlikdan, davlatni diktaturadan, demokratiyani anarxiyadan ajratish, dav­lat, partiya va boshqa jamoat tashkilotlarining jamiyatdagi o’rni va vazifalarini teran anglab olish imkonini beradi. Qolaversa, bu fanni o’rganish har bir fuqaroga davlat va jamiyat tizimini chuqurroq bilishga, ijtimoiy-siyosiy hayotda o’zining munosib o’rnini topishga yordam beradi, boshqalar bilan murosa qila olishga, adolatli yashashga o’rgatadi. Demak, ijtimoiy hayotda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, odamlarning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirish, eski tuzum asoratlariga barham berib, demokratik o’zgarishlar ko’lamini kengaytirish hamda chuqurlashtirish uchun har bir kishi siyosiy tafakkur maktabini o’tashi, siyosatshunoslikni qunt bilan o’rganishi lozim. Qolaversa, siyosatshunoslikni o’rganish nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu fanni chuqur egallash jamiyatni demokratlashtirish va isloh etish vazifalarini hal etishda muhim o’rin tutadi.
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jaxon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida o’rin olish vazifasi qo’yildi. Albatta yurtimizda jaxon talablariga mos keladigan xar tamonlama rivojlangan, o’z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab yetishtirishda ta’lim muassasalarida o’qitishni yanada yuksak bosqichga ko’tarish, uning tarbiya bilan uyg’unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. “Ma’naviyat asoslari ” o’quv predmeti orqali milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini chinakam moddiy kuchga aylantirish vazifasi ham hal qilinadi. O’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim muassasalarida gumanitar o’kuv predmetlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish muammosi yangi muammolardan bo’lsada fuqarolarning ma’naviyatini yuksaltirish masalasi insoniyat jamiyati paydo bo’lgandan beri davom etmoqda yoki dastlab og’zaki tarzda yozuv paydo bo’lgandan boshlab esa turli manbalar asosida avloddan – avlodga o’tib kelmoqda.
    Dastlabki yozma manbalarda, jumladan “Avesto”da “ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu ish” zardushtiylik axloqining asosiy qoidasi bo’lsa, “Qur’oni karim” va “Hadis”larda yuksak ma’naviyat inson uchun qanchalik zarurligi yuzlab joylarda ko’rsatib o’tiladi.
    Buyuk allomalarimiz Abu Nosir Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Al Buxoriy, Baxovuddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Ulug’bek, Alisher Navoiy, jadidchilik namayondalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Alvoniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon va boshqalarning asarlarida ma’naviyat masalasi, komil insonni tarbiyalash xaqida ajoyib fikrlar mavjud.
    Jadidlar o’z davrida o’qitish texnologiyasi, bolalarga mavjud bilimlarni qanday yetkazish masalasi bilan qiziqdilar.
    Xalq pedagogikasiga suyangan ilg’or ziyolilar milliy an’ana va urf – odatlarimizga mos keluvchi yangi usul jadid maktablari tashkil etish g’oyasini ilgari surdilar. Ayni patda ular bu maktablar rus – tuzem maktablaridan farq qilishi zarurligini ta’kidladilar. O’quvchining fikrlashi, tafakkuri o’z ona tili orqali amalga oshirilishi kerakligi, shuningdek, diniy aqidalar qatorida dunyoviy fanlar ham o’qitilishi zarurligini uqtirdilar.
    Jumladan Abdulla Avloniyning “Insonlarga eng muxim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidur. Biz esa avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi – beruvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o’zlari ilmlarga omil bo’lib, shogirdlarga xam bergan darslarni amal ila chog’ushtirib o’rgatmoqlari lozimdur”.
    O’rta asr olimlari o’z asarlarida inson faoliyatining ikki turi haqida fikr yuritadilar. Bu mehnat va bilish faoliyatidir. Ular shuni ta’kidlaydilarki: “bilim – bu biluvchining qalbidagi bilinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o’qitish va o’zlashtirishsiz bilim bo’lmaydi. O’qitish – bu qalbdan chiqadigan, qalb uchun dolzarb ichki bilishga asoslangan etiqod. Bilimlarni o’zlashtirish – bu bilim shakllarini qalbdan idrok etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama qabul qiladi: Birinchidan, his qilish orqali, ikkinchidan, dalillar orqali, uchinichidan, fikr yuritish va mushohada qilish orqali”.
    Kaykovusning “Qobusnoma” asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha yoziladi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa sa’y ko’rguzgilki, mol bila boy bo’lg’ondan, aql bila boy bo’lg’on yaxshiroqdir. Neydinkim, aql bila mol jam etsa bo’lar, ammo mol bila aql o’rganib bo’lmas. Bilg’il, aql bir moldirki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvda oqmas».
    Ma’naviyat masalasi mamlakatimiz mustaqilligidan keyin yangi bosqichga ko’tarildi. Shu sababli Prezidentimiz asarlarida fuqarolarni ma’naviy tarbiyalashning zarurligi, uning davlatimiz hayot mamotiga, taraqqiyotiga ta’siri va bu xaqdagi vazifalar aniq – ravshan ko’rsatib berilgan. Shuningdek Prezidentimiz “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli nutqida o’kitish texnologiyasiga xam aloxida to’xtalib “maktablardagi jarayonda o’kituvchi xukumron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushinib olishni talab qiladi. Printsip xam tayyor: Mening aytganim –aytgan, deganim- degan” deya an’anaviy dars berish usullarini tanqid kilgan edi.
    Shu sababli “Ma’naviyat asoslari” fanidan dars beruvchi o’kituvchilarning o’kitishning xilma – xil usullari bilan qurollantirish, yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llash metodlarini o’rgatish, metodikasining umumiy va xususiy tamoyillaridan boxabar qilish nihoyatda dolzarb masaladir. Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’rsatib o’tilganidek xar bir maktab o’qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o’qituvchisi oldiga muxim vazifa qo’yilmoqda. Bu vazifalar ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturlarida, o’quv rejalarida, darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin.
    Davlat ta’lim sandartlarining aniq o’quv fani bo’yicha emas, balki ta’lim sohalari bo’yicha ishlab chiqilishi o’quv fanlarini variativ tanlash asosida o’quv-metodik majmualar (dastur, o’quv rejasi, darsliklar) ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarining ichki bog’liqligi va fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
    “Ma’naviyat asoslari” o’qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o’qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga “Ma’naviyat asoslari” fani sohasida ma’lum bilim va o’quvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o’zlashtirishi kiradi.
    Metodik tayyorgarlik maktab o’qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o’qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo’lib, uniig ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan xolda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, “Ma’naviyat asoslari” fanini o’qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi ma’naviyat asoslari kursini o’zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Ma’naviyat asoslari ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (ma’naviyat asoslari ta’limning tarkibiy qismi va metodik tayyorgarligi) metodikada o’zining munosib aksini topishi lozim.
    Ma’naviyat asoslari kursi asosidagi bilimlar bir tomondan boshqa soha ilmlarida kam foydalaniladi va tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang’ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
    Bolalik va o’smirlik davri o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu davrda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to’ldirish, ma’naviyat asoslari metodikasining, xususan, ma’naviyat asoslari fanini o’qitish texnologiyasining markaziy vazifalaridan biri — o’qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o’qitishni o’quvchilarni aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
    Ma’naviyat asoslari fani ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va
    amaliy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy
    dunyoqarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokratik jamiyat
    qurish, ma’naviyat asoslari fanini o’qitish nazariyasini (ma’naviyat
    asoslarini didaktikasi) o’z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy
    bilimlarning o’zi yetarli emas. O’qitishning ma’lum mazmuni va
    o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu
    o’quv yo’nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo’llay bilish darsga
    tayyorlanishda yoki darsning o’zida yuzaga keladigan aniq metodik
    vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
    Ayni shu ma’naviyat asoslari fanini o’qitishda o’quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o’qituvchisi yoki kasb-hunar kolleji o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir.
    Nazariy bilimlarni amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishda va mashg’ulotlarning o’zida o’qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
    So’ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma’naviyat asoslarini o’qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
    Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. O’qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o’quv vaziyat uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. Milliy g’oyani, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ’ib qilish ma’naviyat asoslarini shakllanishida ta’limning markaziy vazifasi bo’lib kelgan va shundoq, bo’lib qoladi.
    Biroq, bu vazifa yagona bo’lib qolmasdan, balki u o’quvchilarni fanni o’rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo’lib qoladi. Ushbu masala ikkita asosiy yo’l bilan amalga oshiriladi: birinchidan, pedagogika ta’lim yo’li, ya’ni o’quvchilarning fikrlashini turmushda qo’llaniladigan ma’naviy mulohazalarga va bilimlarni egallashga tayyorlash; ikkinchidan, ma’naviy tarbiya yo’li, ya’ni o’quvchilarni eng muhim tushunchalarni va eng avvalo ma’naviy, ahloqiy, milliy g’oya va mafkura tushunchalarini o’rganish va unga amal qilishga tayyorlash.



    Download 0.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun

    Download 0.66 Mb.