Yo‘riqnomali texnologik xarita




Download 0.88 Mb.
bet2/3
Sana10.10.2022
Hajmi0.88 Mb.
#26964
1   2   3
Bog'liq
yo\'riqnoma
diplom, 5.3, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008, Zuxra, semema
YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi: 3.62.01.01-Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash chilangari O‘quv amaliyoti nomi: CHilangarlik ishlari.
Amaliy mashg‘ulot №2: O‘lchov asoslari
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga dastgohlarda ishlatiladigan o‘lchov asboblaridan foydalanishni o‘rgatish.





Bajariladigan ishlar mazmuni



Rasm ko‘rinishi (chizma, eskiz)



O‘quv-ishlab chiqarish ko‘rsatmalari va tushuntirishlar



Asbob- uskuna, moslama va xom ashyolar

1


CHizg‘ichni o‘lchnadigan
detalga qo‘yish. Eslatma. Oddiy shaklli detallarni o‘lchashda, ularni biror narsaga tirab qo‘yish tavsiya
etiladi.





CHizg‘ich o‘lchanadigan detal yuzasiga jips qo‘yilib, uning yon chekkasi detaldagi biror do‘nglikka yoki detalni qisib turuvchi narsaga tiraladi. CHizg‘ichning nolinchi bo‘linmasi detalning o‘lchanadigan qismi uchiga aniq to‘g‘ri kelishi lozim.

Metaldan yasalgan chizg‘ich

2



CHizg‘ichdagi o‘lchamni
o‘qish





O‘lchamni aniqlashda ko‘z aniq shkala qarshisida bo‘lishi kerak.





Metaldan yasalgan chizg‘ich

3

Detalni o‘lchash va o‘lchamni
o‘qish. Eslatma.
Kronsirkul bilan tashqi
o‘lchamlarni, nutromer bilan faqat ichki
o‘lchamlarni o‘lchash lozim.





Kronsirkul (nutromer) oyoqchalari detal yoki teshik o‘lchamidan kattaroq o‘lchamga keriladi.


Kronsirkul (nutromer)ning bir oyoqchasi bilan detalga salgina urib, kronsirkul (nutromer)ning ikkala labi o‘lchanayotgan detal (teshik)ga tekkiziladi.
Kronsirkulning bir labi chizg‘ichning retsiga o‘rnatiladi, ikkinchisi chizg‘ich shkalasiga qiyshaytirmasdan qo‘yilib, o‘lcham o‘qiladi.

Kronsirkul (nutromer), chizg‘ich



4




SHtangensirkul bilan tashqi
o‘lchamlarni o‘lchash



SHtangensirkulni olib ramkaning kisuvchi murvati bushatiladi shtangensirkul lablari detal ulchamida kattarok ulchamga keriladi. Xarakatlanuvchi ramka lablari ulchanadigan detal yuzasiga tekkunicha suriladi. U qisuvchi murat bilan maxkamlanib, shtangensirkul detaldan olinadi.



SHtangensirk ul

5


SHtangensirkul bilan ichki o‘lchamlarni
o‘lchash




Lablar teshik o‘lchamidan kichikroq o‘lchamga keriladi. Kichik lablar teshikka kiritilib, harakatlanuvchi ramka lablari teshik devorchalariga
tekunicha suriladi. Harakatlanuvchi ramka muruvat



SHtangensirk ul









bilan mahkamlanib, shtangensirkul detaldan olinadi,




6



SHtangensirkul bilan chuqurlikni
o‘lchash




SHtanganing yon chekkasi o‘lchanadigan teshik yoki chiqiqning yuqori chetiga tiraladi. Harakatlanuvchi labning chuqur o‘lchagich chizg‘ichi teshik yoki chiqiq tagiga tiralgunicha pastga tushiriladi.harakatlanuvchi ramka qsuvchi murvat bilan mahkamlanib, shtangensirkul detaldan olinadi.

SHtangensirk ul

7


SHtangensirkul ko‘rsatkichini
o‘qish





SHtanga shkalasi bo‘yicha noniusning nolinchi bo‘linmasigacha milimetrlar butun soni sanaladi. Noniusning bo‘linmasi shtanga bo‘linmalaridan biriga to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi.



SHtangensirk ul

8

Mikrometr bilan detalni o‘lchash





Mikrometr tutqichidan ushlanib, chap qo‘lga olinadi va o‘ng qo‘l bilan baraban soat mili yo‘nalishiga teskari tomonga aylantirilib, mikrometrning o‘lchash tekisligi o‘lchanadigan detaldan kattaroq o‘lchamka keriladi. Detal mikrometr tutqichining tovoni va mikrometr murvatining yon chekkasi oralig‘iga joylashtiriladi hamda tartarak soat milining yo‘nalishi tomon ravon aylantirilib, mikrometrik murvat uning yon tomoni hamda tutqich halqa tovoni o‘lchanadigan detalga tegmaguncha hamda
tartarak mexanizmning o‘ziga xos chiqirlash tovushi

Mikrometr










eshitilmaguncha buriladi mikrometrik murvatning holati to‘xtatgich bilan mustaxkamlanadi.




9

Mikrometr ko‘rsatkichini o‘qish







Millimetrlar va yarim millimetrlar mikrometr vtulkasi tanasidagi bo‘linmalar soni bo‘yicha sanaladi.
Millimetrning yuzlik ulushlari barabanning konus qismidagi tana bo‘ylama chizig‘iga to‘g‘ri kelgan darajasiga qarab aniqlanadi.

Mikrometr

10


Burchaklarni burchak
o‘lchagich bilan o‘lchash.
Eslatma. 90
gradusdan kichik burchaklar goniya bilan,
undan katta burchaklar goniyasiz
o‘lchanadi.





Burchak o‘lchagich sektori olinadigan chizg‘ich va goniya qirrasi orasidagi burchak detalning o‘lchanayotgan burchagidan bir muncha kattaroq bo‘ladigan holatda o‘rnatiladi. Detaldagi o‘lchanayotgan burchakning bir qirrasi burchak o‘lchagichning olinadigan chizg‘ichiga qo‘yiladi, harakatlanuvchi chizg‘ich shunday suriladiki, toki detalning o‘lchanadigan burchagi tomonlari bilan go‘niya hamda burchak o‘lchagichning olinadigan chizg‘ichi qirralari orasida tirqish bir xil bo‘lsin. Sektor to‘xtatgich bilan maxkamlanadi .

Burchak
o‘lchagich




Tirqishni
o‘lchash va tirqish
o‘lchamini aniqlash.



Tirqishga qalamchaning bir plastinasi yoki plastinalar to‘plami shunday qo‘yiladiki, ular tirqishga tig‘iz va butun bo‘yicha kiradi. Qalamcha plastinalarini tirqishga kiritishda ularni sindirmaslik uchun ko‘p kuch ishlatilmaydi.
Agar tirqishga faqat birgina plastina kirsa, shu plastina qalinligi tirqish qiymatini belgilaydi. Tirqish plastinalar to‘plami bilan o‘lchangan bo‘lsa, uning
qiymati shu plastinalar qalinligining yig‘indisiga teng bo‘ladi.







Download 0.88 Mb.
1   2   3




Download 0.88 Mb.