Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa barcha tibbiyot va pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Yoshga oid fiziologiya va gigiyena fani o’z faoliyati davomida umumiy gigiyena, umumiy fiziologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, biokimyo, bolalar klinikasi, ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda yutuqlaridan foydalanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani pedagogikaga oid qonun-qoidalarni bilish, unga amal qilish bolalar va o’smirlarning o’quv, mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini me’yorlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham hal qilish uchun zarurdir.Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot esa psixologiya va pedagogikaning tibbiy ilmiy asosi hisoblanadi.
O’qituvchilar ta’lim-tarbiya ishlarini yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi fani ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagog bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola organizmining anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Bu bilimlarsiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani va o’quvchi yoshlarni to’g’ri tarbiyalash mumkin emas. Bolaning jismoniy va aqliy ish qobiliyatlarini, uning nimalarga qodir ekanligini bilmasdan, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar, e’tiborga olmasdan turib ta’lim tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas.
Bolalar va o’smirlar muassasalari qurilishini loyihalashtirish, obodonlashtirish, jihozlash masalalarini to’g’ri hal etganda texnikaga oid fanlar ham katta ahamiyat kasb yetadi. Binolarning tashqi va ichki bezaklarini tanlash, xonalarning joylashuvini to’g’ri tashkil etish, ulardagi havo almashinuvi, harorat va yorug’lik yetarli darajada bo’lishini ta’minlashda bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’yicha mutaxassislar fikrlari va maslahatlariga, muassasalar qo’rilishini loyihalashtiruvchi muhandislar ham amal qilishlari zarur.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining tekshirish usullari
Bolaning tug’ilishidan boshlab to voyaga yetguniga qadar uning organlari, organlar tizimlari ,to’qimalari va hujayralari funksiyalarini to’rli biologik va fiziologik usullar yordamidi o’rganib, muhim xususiyatlari qayd qilinib olingan ma’lumotlar to’planadi va ular taxlil qilinadi:
1.Laboratoriya tedqiqot usullari. Bu usul yordamida organizmning
funksiyalariga tashqi atrof-muhit omilarining ta’sirini o’rganish, organizmda biror organning funksiyasi yoki ahamiyatini aniqlash, organ faoliyatining asab tizimi faoliyatiga ta’sirini bilish, organlarni ion bilan ta’minlanish darajasi o’rganiladi.
a) Inyeksiya usuli - ichki kovak a’zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy bo’yoqlar yuborib o’rganiladi.
b)Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli - bu usul organizmni to’lig’icha o’rganish imkonini beradi.
v) Auskultasiya usuli -maxsus eshituv asboblari yordamida zarur bo’lgan organizm a’zolari (yurak va o’pka)ning ishlab turgan paytda fonendoskop yoki stateskop yordamida eshitib ko’riladi.
2.Antroponometrik usul: bu usulning bir nechta turlari mavjud bo’lib,
bular quyidagilardir:
a) somatometrik - bola bo’yining (o’tirgan va turgan holda) uzunligi, vazni, ko’krak qafasining kengligini
b) fiziometrik - funksional ko’rsatkichlardan o’pkaningg tiriklik sig’imi, qo’l va oyoq mushaklarining kuchi, ko’zning ko’rish o’tkirligi, ko’rish maydoni
va hokazo.
v) somatoskopik - qad-qomatning tuzilishi (umurtqa pog’onasining shakli, ko’krak qafasi, oyoq mushaklarining rivojlanishi, teri ostidagi yog’ qatlamining miqdori va hokazo), jinsiy rivojlanish alomatlari aniqlanadi. O’tkaziladigan antropometrik tekshiruvlar bolalarning yoshiga qarab har xil tuzilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda qo’shimcha harakat faoliyati, hamda tilning rivojlanishiga ahamiyat beriladi. Antropometrik tekshiruvlar kunning birinchi yarmida, asboblar yordamida yorug’ xonalarda, qulay mikroiqlim sharoitida o’tkazilishi kerak.
|