|
Fiziologiyaning asosiy vazifasi
|
bet | 7/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiFiziologiyaning asosiy vazifasi, odam va hayvonlar asab tizimi faoliyatining va organizmning o’ziga xos fiziologik qonuniyatlarini, ochishdan iborat, qaysiki organizmni barcha hayotiy ko’rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, psixika va xulq-atvorni boshqarish tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarur.
Demak, fiziologiya hayot hodisalarini mazmunini tushuntirishda, tirik organizmning fizika va kimyosini o’rganishda, hayotiy jarayonlarni boshqarilish tadbirlarini ishlab chiqishda, aynan moddalar almashinuvi, irsiyat va organizmni maqsadli o’zgarishini ta’minlashda ishtirok yetadi.
Fiziologiya quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: 1)tirik organizmdagi mo’tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o’zgaruvchan va rivojlanuvchi sharoitga bog’liq holda bajarilish qonunlarini o’rganadi, 2)tirik organizmdagi funksiyalari tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o’zaro bog’liqligini o’rganadi.Odam va hayvonlar organizmidagi mo’tadil funksiyalarning bajarilish qonunlarini ochilishi muhim nazariy ahamiyatga ega, qaysiki organizm faoliyatidagi hali o’rganilmagan faoliyat mexanizmlarini samarali o’rganish yo’llarini aniqlab beradi. Ayniqsa alohida hujayralarning (hujayralar darajasida), hujayralarning tarkibiy qismlarini (subhujayra daraja) funksiyalarini va joylanishi hamda tirik moddalar molekulalarini tuzilishini (molekulyar daraja) o’rganish juda muhimdir.
Fiziologiyaning qonunlari faqatgina nazariy ahamiyatga ega bo’lmay, balki xalq xo’jaligining ko’pgina jabhalarida amaliy ahamiyatga ham egadir.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi
Ma’lumki, yer yuzidagi insonlarning hayot faoliyati eramizdan avval yashab, ijod etgan Gippokrat, Aristotel, Galen va Vezaliy kabi olimlar tomonidan o’rganila boshlagan.
Gippokrat (miloddan avvalgi 460-375 yillarda) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni insonlarning jismoniy va ruhiy shakllanishiga ta’siri to’g’risida fikr yuritgan. U odamning xulq-atvori, his-tuyg’usi turlicha bo’lishini o’rganib, temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to’rt xil mijozga bo’lgan.
Galen (miloddan avvalgi 134-211) maymunlarda tajribalar o’tkazib anatomiya va fiziologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozilgan ma’lumotlari IX-X asrlarga (bizning eramizgacha) tegishli. Bunday ma’lumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi bo’lgan «Avesto»da hamda loydan yasalgan jadvalda o’z ifodasini topgan. Avesto markaziy Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid yozilgan birinchi tibbiy asar bo’lib hisoblanadi. O’rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jahonga tanilgan ko’pgina olimlar yashab ijod qilganlar. Ulardan biri Abn Bakr ibn Axaviy Buxoriy o’zining «Hidoyat» (tibbiyotni o’rganuvchilarga qo’llanma) kitobida kattalar va bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda qo’llanilaniladigan dorilar haqida ma’lumotlar bergan.
Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy (873-yil da Sirdaryo bo’yida tug’ilgan) tibbiyotga ko’plab yangiliklar kiritgan, uning asab jarayonlarini sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi degan taxmini kelgusida jahon fiziologlari tomonidan tan olindi.
Ismoil Jurjoniy (1080-1141) mohir tabib sifatida tanilgan. Uning kasallikni aniqlash usullari, «Tibbiyot usullari» deb ataluvchi kitobi orqali ma’lum va mashhur bo’lgan. U odam sog’lig’ini saqlash uchun, unga zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo’qotish lozim deb yozadi
Abu Bakr ar-Roziy (865-925) «Organlar funksiyalari» nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni funksiyalarini bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga asosiy sabab tashqi-muhit, uning turlicha sharoitlari, yil fasllarining o’zgarishi, sabab bo’ladi, Ar-Roziy birinchilardan bo’lib bemorga tashhis qo’yishni taklif etdi. U birinchi bo’lib chechakni oldini olish uchun odamlarni emlash kerakligini va uni qanday ijro etish yo’llarini to’liq ko’rsatib bergan.
Jahonda tibbiy ilmiy tafakkurini rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o’zidan oldin o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat kabilarning asarlarini qo’nt bilan o’rgandi. Ibn Sinoning Tib qonunlari kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, 1556- va keyingi yillarda ingliz, rus va o’zbek tillarida qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam organizmining anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi tibbiyotring nazariy asoslarini hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitoblar asrlar davomida butun jahon shifokorlari uchun dasturiy amal bo’lib xizmat qilish bilan birga, ulardagi ko’pgina ma’lumotlar hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotganicha yo’q.. Shu bois u 36 marta qayta nashr qilingan.
XIX asrning o’rtalarida yosh fiziologiyasi jadal rivojlana boshladi shakllana boshladi. XX asrga kelib «Yosh fiziolgiyasi va gigiyenasi» mustaqil fan sifatida tarkib topishida rus olimlaridan A.A. Leontev, A.R. Luriya, I.N. Marinova, A.A. Markosyan, M.V. Antropova, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta.
1976-yilda A.A.Leontevning «Bolalar organizmining anatomiyasi va fiziologiyasi» nomli kitobi bosilib chiqdi. 1968-yili A.Markosyanning «Bolalar va o’smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari» A.G. Xripkovaning 1975-yilda «Yosh fiziologiyasi», 1978-yilda esa «Bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi» nomli kitoblari chop etildi.
Erisman (1842-1915) ko’plab o’quv qo’llanmalarini yaratdi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o’quvchilarning bo’yiga mos jihozlarning turlarini, o’quvchilarni partada to’g’ri o’tirish yo’llarini ishlab chiqdi.N.R.Gundobin sog’lom o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiyena muhim rol o’ynaydi deb o’qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U yoshlik davrlari tizimini tuzgan. V.M. Bonch-Bruyevich, I.A. Semashko, V.I. Molchanov, P.N. Speranskiylar bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasiga katta hissa qo’shganlar.
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasida ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib organ olimlardan M.Ismoilovning ishlari diqqatga sazovordir, u kishi bolalar va o’smirlar gigiyenasi sohasida juda ko’p ilmiy izlanishlarining natijasi sifatida «O’quvchilar gigiyenasi» nomli darslik va bir qator risolalar tayoyrlagan muallifdir.
Hozirgi vaqtda yosh fiziologiyasi va gigiyensi oldida turgan vazifalar murakkablashib bormoqda. Tibbiyot va pedagogika oliy o’quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlarining malakali va nufuzli mutaxassislari, maxsus kafedralari tomonidan o’rganilib, yosh fiziologiyasi va gigiyenasiga tegishli me’yorlar, amaliy ko’rsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.
|
| |