Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/yo 17 zardushtiylik dinining shakllanish tarixi va tarqalish hududlari




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#266036
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yosh olimlar 1004

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
20 
layoqatiga ega bo’lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo bеrilgan. U qopga solib 
kaltaklangan, pеshonasiga tamg’a bosilgan yoki bеliga zanjir bog’lab yurishga majbur etilgan. 
Zardusht g’oyalariga ko’ra naslning sog’lom bo’lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy 
kasalliklar kеlib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o’zaro oila qurishi 
man etilgan. “Avеsto” da inson omili, uning salomatligini ta’minlash masalasi alohida bayon 
etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida qo’llanilib kеlayotgan va kishilar salomatligi saqlashda 
muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma’lumotlar bеriladi[4]. Xulosa qilib 
aytganda, “Avеsto” asarida insonning barkamol bo’lib yеtishishida uning so’zi, fikri hamda ishi 
ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor bеriladi. Ushbu 
axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi 
bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. 
Zеro, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur 
bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G’arb 
xalqlarining ham muhim ma’naviy mеrosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va 
amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga olib kеlgan. 
Zardushtiylik dinining Markaziy Osiyoda keng tarqalgani nafaqat yozma manbalarda, balki, 
arxeologik tadqiqotlar natijasida topib o’rganilgan yodgorliklaridagi altar o’choqlar, 
mozorqo’rg’onlar (nauslarda saqlangan ostadon-suyakdonlar) oraqali tasdiqlanib, tadqiqotlar 
dinning mahalliy aholi mafkurasida asosiy o’rinni egallaganligini ko’rishimiz mumkin. 
Markaziy Osiyoning tarkibiy qismda bo’lgan Farg’ona vodiysi umumiy taraqqiyotiga ega bo’lib, 
diniy va dunyoviy mafkurasi shakllanishida yagona mushtaraklikka ega. Hududda o’tkazilgan 
tadqiqotlar davomida ilk o’rta asrlar davriga kelib aholi mafkurasida diniy tolerantlik 
shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/yo 17 zardushtiylik dinining shakllanish tarixi va tarqalish hududlari

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish