• “Ona kundaligi”
  • Anketa metodi.
  • Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja




    Download 382,96 Kb.
    bet8/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi382,96 Kb.
    #235744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammo

    Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholar, tanbehlar, taqrizlar alohida o‘rin egallaydi. SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, xujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
    Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlaroni ko’zatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jixatlarini ochishda yordam beradi.
    Yosh davri psixologiyasida bolalarning tarjimai xoli asosida ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskiy, V.S. Muxnaning ko’zatishlari “Ona kundaligi” nomi bilan mashhurdir. SHunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan.
    Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, A.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qaxxor va boshqalar qator adabiyotlarning estaliklari tarjimai hol shaklida bo‘lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg‘usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, is’tedodi, qiziqishi, intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
    Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo‘llanadigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli Yoshdagi olimlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari o‘rganiladi.
    Anketa odatda uchta xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashishlar motivlarni anglash mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan tarli Yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
    Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bu kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir

    Download 382,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 382,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja

    Download 382,96 Kb.