|
Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja
|
bet | 9/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 382,96 Kb. | | #235744 |
Bog'liq Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammoSotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zoalri o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularnnig darajasini o‘lchashda qo‘llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumolar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumolar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. shuning uchun hozir YA.L.Qolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometrining Yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilagan turlari ishlab chiqilgan. Bu shaxslarning bir birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning YA.L.Qolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot beradi.
SHu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazar, guruhbozlik, og‘machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg‘uning zo‘riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o‘rdasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri manna shu kalit bilan ochiladi.
Umuman ayganda, sotsiometriya metodidan turli Yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi xar xil kishilar guruhlardagi psixologik qonunlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin.
3 Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi
O‘tgan buyuk ajdodlarimiz ontogenez psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi — qomusiy, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to‘rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zininig “O‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiyamaliy jihatdan boyitgandir. Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy psixologiyaga munosib hissa qo‘shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda o‘z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zahob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, qasb-hunar o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy o‘zining “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarni to‘rtga bo‘ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo‘lishi va bilimlarni tez egallashi lozim.
A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari, alohida o‘rin egallaydi. Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy sifatlar, qat’iyatlilik, shijoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
A.Navoiy tasavvufning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan. Alloma aqlning 28 tarkibini tahlil, talqin, tavsif qilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog‘iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g‘oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844—1924) Gekkelning evolyusiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko‘chiradi. Uning fikricha, “irsiyat” filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shveysariyalik psixolog E.Klapared (1873—1940) S.Xolldan farqli o‘laroq, ontogenez va filogenezda psixik funksiyaning o‘sishini o‘rganish uchun quyidagi holatlarga e’tibor beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to‘siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u holda ma’lum faoliyat turiga yo‘naltiriladi. E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika” kitobida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, ularda dastlabki umumlashtirishning sinkretligi (aralash holatdaligi), o‘xshashlik va farqlanishning bola ongida aks etishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi P.Jane (1857—1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug‘ullandi.
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi insonning o‘sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa kishining atrof muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning prinsipi hisoblanadi. P.Jane o‘z tadqiqotlarida psixikaning to‘rt darajasi: a) harakat reaksiyasining o‘sishi; b) idrok qilish harakatining o‘sishi; v) shaxsiy-ijtimoiy harakatning o‘sishi (o‘zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) aqliy sodda xatti-harakatning o‘sishi (nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan.
Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896—1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola — tashqi muhit - ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
3. Intellekt (aql): a) sensomotor — 2 yoshgacha; b) operatsional davrgacha — 2— 7(8); v) yaqqol operatsiya davri — 7(8) —11(12) yoshgacha; g) rasman (formal) operatsiya davri —11(12) —15 yoshgacha.
AQShlik psixolog Dj.Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa ontogenez psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O‘rta Osiyo allomalari, yaqin va uzoq chet ellar psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Tug‘ilishdan avvalgi rivojlanish bosqichlari.
aurug‘langandan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘ladigan hujayralar bo‘linishi
b-terminal davr
v-21 kunli embrionda orqa miya shakllanishi
g-to‘rt haftalik embrionda bosh, tana va dumning shakllanishi. Bu davrda yurak hamda asab tizimi o‘z faoliyatini boshlab yuboradi.
d-besh haftalik embrionda qo‘l va oyoqning shakllanishi.
ye-to‘qqiz haftalik embrionda kindik bilan plasenta birlashishining namoyon bo‘ladi.
j-olti haftalik embrionda barcha ichki a’zolar shakllanib bo‘lgan bo‘lsa ham, biroq ularning hammasi o‘z faoliyatini bajara olmaydi.
z-yigirma haftalik embrionda aksariyat ichki a’zolar faoliyatini boshlaydi. Embrion harakatlanishi, yuz ifodasini o‘zgartira olishi mumkin.
Yana bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o‘z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg‘ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
1. Birinchi bosqich − bolaning tug‘ilganidan 3 yoshgacha davri.
2. Ikkinchi bosqich − 3 yoshidan 6 yoshigacha.
3. Uchinchi bosqich − 6 yoshidan 9 yoshigacha.
4. To‘rtinchi bosqich − 9 yoshidan 12 yoshigacha.
5. Beshinchi bosqich − 12 yoshidan 15 yoshigacha.
6. Oltinchi bosqich − 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Yosh davrlariga ajratishidan ko‘rinadiki, R.Zazzo inson rivojlanishining bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning tug‘ilganidan umrining oxirigacha psixologik takomillashuvi, o‘zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.
Biz uzoq xorij mamlakatlar psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning yo‘nalishlari va nazariyalariga qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Ulardan ko‘rinib turibdiki, bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan.
birinchi bosqich − chaqaloqlik; tug‘ilgandan 1 yoshgacha; ikkinchi bosqich − motivatsion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich − “Men”ni anglash davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha; to‘rtinchi bosqich − ijtimoiy jonzotlikni anglash davri; 7 yoshdan 11 yoshgacha; beshinchi bosqich − a) o‘zini o‘zi anglash davri: 12 yoshdan 14 yoshgacha; b) o‘z o‘rnini belgilash (topish) davri: 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiya, faoliyat nuqtai nazaridan unga yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:
1. Chaqaloqlik davri − tug‘ilganidan bir oylikkacha.
2. Kichik maktabgacha davr − 1 oylikdan 1 yoshgacha.
3. Maktabgacha tarbiyadan oldingi davr − 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri − 3 yoshdan 7 yoshgacha.
5. Kichik maktab yoshi davri −7 yoshdan 11 (12) yoshgacha.
6. O‘rta maktab yoshi davri (o‘smirlik) − 13 yoshdan 15 yoshgacha.
7. Katta maktab yoshi davri − 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
1. Chaqaloqlik (tug‘ilganidan 10 kunlikkacha).
2. Go‘daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha).
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha).
4. Bog‘chagacha yoshi (3 yoshdan 5 yoshgacha).
5. Bog‘cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha).
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha).
7. O‘smirlik (11 yoshdan to 15 yoshgacha).
8. Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15−18 yosh).
Har ikkala tasnif ham puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganidan qat’i nazar inson kamolotini to‘la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko‘proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi. Shunga qaramay, ular o‘rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
XXI asr psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh davrlarining o‘ziga xos tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning bir tekis kamol topishini o‘rgangan bo‘lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham bo‘lishi mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi: shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi − bolalik davriga to‘g‘ri kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya) ro‘y berishini; ikkinchisi − o‘smirlarga xos individuallashish; uchinchisi − o‘spirinlikda, ya’ni yetuklikka intilish davrida o‘ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari paydo bo‘lishini bayon qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) − tug‘ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bog‘cha davri − 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri − 7 yoshdan 11 yoshgacha.
4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri − 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri − 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Shaxs kamolotidagi ikkinchi nuqtai nazar − “Men va jamiyat” deb nomlanib, quyidagi yosh bosqichlaridan iborat: 1) go‘daklik − tug‘ilganidan 1 yoshgacha; 2) maktabgacha davr − 3 yoshdan 6 yoshgacha; 3) o‘smirlik − 10 yoshdan 15 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli ravishda o‘smirlik davrini uch bosqichga ajratadi: birinchi bosqich (10−11 yosh) o‘ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo‘lib, o‘zini shaxs sifatida his qilish va qat’iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich (12–13 yosh) bir tomondan o‘zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan o‘ziga salbiy munosabatda bo‘lishdir. Uchinchi bosqich (14–15 yosh) tezkorlik, o‘zini o‘zi baholashga moyillik bilan farqlanadi.
Bolalarda “Men jamiyat bilan” nuqtai nazari ilk bolalik, kichik maktab yoshi, katta maktab yoshi davrlarida faol va keng tus oladi, faoliyatning amaliy-predmetli jihatlari jadal o‘sish jarayonida bo‘ladi. Ularda “Men va jamiyat” nuqtai nazari vujudga kelishi maktabgacha va o‘smirlik dvvrlariga to‘g‘ri kelib, ularning ijtimoiy xatti-harakat majburiyatlarini, qoidalarini o‘zlashtirishlari va boshqa shaxslar bilan munosabat o‘rnatishlari, o‘zaro muloqotga kirishishlari bilan ifodalanadi. Ana shu murakkab ijtimoiy-psixologik harakatlarga asoslangan D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy o‘sishdagi jamiyatga munosabatini asosiy (bosh) va oraliq munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish orqali amalga oshadi. Asosiy (bosh) munosabat − insonning kamol topishida keskin siljish nuqtalari paydo bo‘lishi, ichki sifat o‘zgarishlari vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, D.I.Feldshteynning yosh davrlariga ajratish nazariyasi ontogenezdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega emas, ammo u ta’lim-tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Umuman psixologlar tomonidan ontogenezni davrlarga tabaqalashtirishning puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda keng qo‘llanmoqda. Ammo hozir ontogenezni to‘la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug‘ildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
2.E.G'oziyev " PSIXOLOGIYA " o'qituvchi 1994 yil ( 5-220 ) bet
3.A.K.Shamshetova , R , N.Meliboeva , X.E.Usmanova , F.I.Xaydarov'U mumiy psixologiya uquv qullanma " -T : " Barkamol media " 2018 yil . ( 5-11 ) bet
4.Xaydarov F.1 . , Xalilova N. " Umumiy psixologiya " T.:"Fan va texnologiyalar " markazining bosmaxonasi : 2009. ( 7-24- bet )
|
| |