• ASOSIY QISM
  • Yoshlik davri va psixologiyasi




    Download 53 Kb.
    Sana24.03.2024
    Hajmi53 Kb.
    #176066
    Bog'liq
    esse
    HTML, HTML-1, 6 класс Имя прилагательное, 7 класс Деепричастие, 8 класс Белое золото Узбекистана, 5.1, glossary, esse, BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHI XULQ ATVOR QOIDALARINI O`RGANISH, ESSE, AES-SEM1, ACA1

    Xashimova Xosiyatxon

    YOSHLIK DAVRI VA PSIXOLOGIYASI
    KIRISH
    Yoshlik davri 23—28 yoshlarda bo`lib, bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy xayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muxim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a`zolarining xususiyatiga moslashish (ko`nikish) — mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o`z o`rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o`zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mexnat faoliyatining ikkinchi pallasi — 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foyda­lanish, tashabbus ko`rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mexnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko`rsatish.
    ASOSIY QISM
    Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bulsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o`rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo`ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o`z mehnat faoliyatini oliy ma`lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o`tishlari shart.
    Hozirgi mutaxassislarning ko`pchiligi o`quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko`nikmalar o`rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o`z mohiyatiga ko`ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undash kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma`naviyati, an`analari va xokazo;
    b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o`quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog`liq o`ziga xos qiyinchiliklar; ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy yuklamaning bo`shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to`la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni yengish davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o`zgarishlari ro`y beradi.
    Psixofiziolog P.P. Lazarevning fikricha, eshitish, ko`rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o`zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma`lumotni chet el psixologlari Fulde, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B. G. Ananev o`zining ilmiy-tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o`zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiqlik paydo bo`lishidan metobolizm — modda almashinuvigacha), hatto shaxsning xususiyatigacha bo`lgan holatlarni o`z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma`lumotlar va ularning chuqur sifat taxlili orqali ko`rsatib o`tadi.
    Ko`zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o`zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta`kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 23—27 yoshdagi yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma`lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o`sish jihatlarining o`zaro munosabati har xil kechishini ko`rsatib turibdi. Yu.N.Kropotkin katta kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda o`rgangan. Yu.N.Kulyutkin o`z tadqiqotida 0—130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 22—25 yoshlarda diqqat va xotira, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26—29 yoshlarda esa diqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.Shevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11—20 yoshlar oralig`ida u 12,5 foiz, 21—30 yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy mahsuli dinamikasini o`rgangan Z.F.Yesareva uning boshlanishi matematiklarda 18—23, fiziklarda 24—27, biologlarda 25—31, psixologlarda 27—30, tarixchilarda 27—32, filologlarda 28—33 yoshlarni tashkil qilishini ko`rsatib o`tadi.
    Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o`rgangan V.Shevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori cho`qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida bo`lishini ma`lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo`ladi.
    Kishilarda ko`rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o`rgangan JI.H.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 18—35 yoshlardagi Xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo`yicha normadan kam bulishini ta`kidlaydilar.
    23—28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o`zgarishi, takomillashuvi: ko`rish maydonining ko`lami, kuz bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o`zgarmasligining o`sishi boshqa fao­liyat va ko`rish ta`sirchanligi, qiska muddatli ko`rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo`ladi: 22—25 yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va atgensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo`ladi.
    Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik mexanizm, ya`ni mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta`sir ko`rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik muhit, ma`naviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar yangi a`zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o`zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta`sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar yo`qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi qo`shilgan a`zo unda o`z o`rni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o`z maslagidan sal bo`lsada chetlashishga majbur bo`ladi. Bu yo`l jamoadagi psixologik muhitga moslashishi maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tug`yonga qarshi qo`yilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustahkam ichki rishtalarini yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo`ysinish har bir a`zoning burchidir.
    Ayrim hollarda ko`pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai nazar bo`shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg`usi paydo bo`ladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o`rtog`iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a`zolarining xar biri bilan tug`ri muloqotda bo`lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatiing ko`lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi, totuvligi va ahilligiga halal bermaslik niyatida yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham majbur bo`ladilar, o`z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo`l tutadilar. Dilkashlik uchun xar bir oila a`zosi bilan umumiy “til” topishga intiladilar. Shunga ko`ra, oila muhiti ham yiqit va qizlarning ruhiyati hamda ma`naviyatini o`zgartiradigan omil vazifasini o`taydi.
    XULOSA
    Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Kungilchanlik, do`stlar ra`yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida o`zgarishlar yuzaga keladi. Yuksak xislar, barqaror e`tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg`ulari poymol bo`ladi, ya`ni “Dusting uchun zaxar yut” qabilida ish tutiladi. Natijada mas`uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni, ishbilarmonlikni, amaliy ko`nikmalarni egallash imkoniyati ham buladi. Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai nazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham xarakat qilish ayni muddaodir.
    Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo`l-ko`lchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati yoshlarga bog`lik, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma`naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
    Download 53 Kb.




    Download 53 Kb.