|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 27/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaAxborotlar banki (AB) – kishilik faoliyati sohasining yoki ilmiy bilishning ma’lum yo‘nalishi bo‘yicha axborotlarni aniq maqsad yo‘lida yig‘ish, saqlash, tizimlarga ajratish va ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan texnik, dasturiy, algoritmik tillar va ularni tashkiliy vositalari majmuasi .AB ta’limni boshqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonini ma’lumotlar bilan ta’minlashda hamda jarayonlarning kechishini nazorat qilishga boshqaruv algoritmini tuzish imkoniyatini beradi.AB ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning axborotli ta’minotini va shular asosidagi kasbiy kompyuterli tizimlar yaratishda foydalaniladi.Axborotlashtirilgan jamiyatning har bir bo‘g‘inida AB ga murojaat qilinadi, shu asosda zamonaviy ta’lim texnologiyalari yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini optimal boshqarishga imkoniyat yaratiladi.
Axborotlar darajasini aniqlash – bu materialni o‘rganishda dastlab tadqiqot obektini ifodalovchi ma’lumotlar va ular asosida hosil qilinadigan axborotlarning qay darajaga to‘g‘ri kelishini bilish jarayoni natijasidir.
Axborotlarni o‘zlashtirish – bu ilmiy-tadqiqot ishi davomida ma’lumotlarni to‘plab olgandan keyin, ularni tadqiqot maqsadi va vazifalariga mos tizimlarga ajratib axborotga aylantirish jarayonidir.
Axborotlashtirish – bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir. Agar axborot kompyuter texnikasi yordamida uzatish, ishlov berish va saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u kompyuter axboroti deyiladi.
Axborotli modul – bu ta’lim maqsadini belgilash va rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan, fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlikni hisobga olib tuzilgan va yakuniy nazoratlarning darajali tizimini qamrab oluvchi, o‘quv fani mazmunini muntazam va tugallangan qismi.
Axborot resursi – axborot tizimi tarkibida mavjud bo‘lgan elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasidir.
|
| |