|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 29/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaAxborots sivilizatsiyasi – axborotni to‘plash, tahlil qilish va undan foydalanish hamda atrof muhit o‘zi haqida axborot yaratish uchun eng ko‘p ma’lumot olishga qodir bo‘lgan jarayon. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘liq holda o‘rganiladi, ya’ni insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, bu hozirgi insoniyatssivilizatsiyasini axborotssivilizatsiyasi, deb atashga olib keladi.
Internet – (lot. inter – aro va net (vork)-tarmoq) – katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘lovchi butun jahon kompyuter tizimi. Demak, INTERNET – butun dunyo bo‘ylab faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro axborot almashishning global kompyuterli tarmog‘idir.
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot. Bunda jarayon o‘zaro hamkorlikda kechadi.
Interfaol metod – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro teng muloqot va ta’sirdagi dars jarayonini amalga oshirish usuli. «Interfaol» so‘zi «interaktiv» so‘zining o‘zbek tilidagi bayoni. «Interaktiv» so‘zi inglizchadagi Interakt so‘zidan olingan bo‘lib, u Inter – «o‘zaro», akt – «harakat, ta’sir, faollik» ma’nolarini bildiradi.
Interfaol usul – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlikdagi ta’lim usuli bo‘lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi bir-birini to‘liq tushunishga erishiladi.«Inter» so‘zi lotincha bo‘lib, o‘zbek tilidagi «oraliq», «o‘rtasi», «o‘zaro» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli interfaol usullar ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi faollikka asoslangan ta’lim uslubiyati deb atash mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat nashriyoti, 2008 y.
Karimov I.A. Buyuk kelajak sari - T., O‘zbekiston, 1998 y.
Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. T., O‘zbekiston 1999 y.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y.
Munavvarov A.K. – Pedagogika, T., “O‘qituvchi” 1996 y.
Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 2010
Tursunov I., Nishonaliev U., Pedagogika kursi T.1997
Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 150 b.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.
Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Met.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli TDPU, 2013. – 115 b.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006. – 260 b.
|
| |