K. 2. Elektr energetikasi yo’nalishidagi mutaxassislar uchun «Yuqori




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

K. 2. Elektr energetikasi yo’nalishidagi mutaxassislar uchun «Yuqori
kuchlanish texnikasi» fanining ahamiyati 
Elektr energetika tizimini rivojlantirishdagi asosiy muammolar qatoriga 
sistema elementlari (generatorlar, transformatorlar kabilar)ning birlik quvvatini 
oshirish bilan birga kontsetratsiyalangan tarzda ishlab chiqarilayotgan quvvatni 


18 
uzatish chegarasini oshirish ham kiradi. Elektr energetikaning rivojlanishi 
energiyasini uzoq masofaga uzatish uchun mo’ljallangan yuqori kuchlanishni 
qo’llash bilan bog’liq. 
Yuqori kuchlanish texnikasining asosiy vazifasi qo’yidagilardan iborat: 
- energiyani uzoq masofaga uzatishda ishtirok etadigan elektr 
qurulmalarining izolyatsiyasi va ularning fizikaviy, kimiyoviy hamda mexanik 
tavsiflarini o’rganish; 
- qattiq, suyuq va gazsimon dielektriklarda razryadlanish jarayonlariing 
kechishi, ularning turlari hamda razryadlanish jarayonning kechishiga kuchlanish 
va kuchlanish impulslarining ta’sirini o’rganish; 
-elektr sistemaning elementlariga ta’sir etuvchi ichki (kommutatsiya) va 
tashqi (atmosfera) o’takuchlanishlar, hamda ulardan muxofazalanish usullari va 
qo’llaniladigan uskunalar bilan tanishtirish. 
Katta quvvatlarni uzatish, o’zgartirish va taqsimlashda qatnashayotgan 
elektr qurilmalarining (generatorlar, transformatorlar, kommutatsiya apparatlari
kompensatsiyalovchi qurilmalar va elektr uzatish liniyalarining) ishonchli ishlashi 
juda katta axamiyatga ega. Bu masalani yechish ko’p jihatdan elektr qurilmalar 
izolyatsiyasining doimiy ta’sir qiluvchi ishchi kuchlanishda va qisqa muddatga 
atmosfera va ichki o’takuchlanishlarda ishonchli ishlashini ta’minlashga bog’liq. 
Chunki, sistemada qo’llaniladigan elektr qurilmalar tannarxining asosiy qismini 
izolyatsiyalovchi konstruktsiya va materiallar tannarxi tashkil etganligi tufayli
sarf harajatni kamaytirish uchun ijozat etiladigan o’takuchlanish qiymatini 
pasaytirish zarur. 
Hozirgi vaqtda elektr sistemalarida qabul qilingan turli nominal kuchlanishli 
havo elektr uzatish liniyalari orqali turli sharoitlarda uzatish mumkin bo’lgan 
chegaraviy quvvatlar K.1- jadvalda keltirilgan. 
Yoqilg’i manbailariga yaqin joylashgan elektr stantsiyalarda ishlab 
chiqarilayotgan elektr energiyani yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari 
orqali uzoq masofada joylashgan ta’minot markazlariga uzatishda yuqori 


19 
kuchlanishni kiritishdan maqsad: elektr tarmoqlarda bo’ladigan aktiv quvvat va 
energiya isroflarini kamaytirish, aktiv quvvatning xaqiqiy uzatilish chegarasini 
oshirish va aktiv quvvatning uzatilish masofasini uzaytirishdir. Elektr uzatish 
tarmog’ida yuz beruvchi isrofning uni kuchlanishiga bog’liqligini baholash uchun 
quyidagi aktiv va reaktiv quvvat isrofi formulalariga murojaat qilishimiz mumkin:


















2
2
2
2
2
2
U
Q
Q
R
U
Q
,
(K .1)
bu yerda P, Q – uzatilayotgan aktiv va reaktiv quvvatlart; 
Q


,
- sistema 
elementlarida bo’layotgan aktiv va reaktiv quvvat isroflari; 

R



- sistema 
elementlarining umumiy reaktiv va aktiv qarshiliqlari. 
K.1- jadval. 
Nominalь kuchlanish (kV) 
330 
500 
750 
1150
Eng katta ishchi kuchlanish(kV) 363 
525 
787,5 
1200 
Zaryad quvvati (MVAR/km)
0.4 
0.9-1.0 
2.0- 2.2 
5.4 - 6.0 
Natural quvvat (MVt) 
350 
900- 1000 2000-2200 5400-6000 
O’tkazgichlar soni 
2


8-12 
Uzatilish uzunligi (km) 
300 
400 
500 
1200 
Turg’unlik 
bo’yicha uzatish 
qobiliyati 
(MVt)/ 
natural 
quvvatga nisbatan (marta katta)
800/ 
2,3 
1350/ 
1,5 
2500/ 
1,2 
4500/ 
0,85 
Qizdirish 
bo’yicha 
uzatish 
qobiliyati 
(MVt)/ 
natural 
quvvatga nisbatan (marta katta) 
750 
2,2 
1740 
1,9 
4600 
2,1 
11000 
2,1 
Ifodadan sistema elementlarida bo’ladigan aktiv va reaktiv quvvat isroflari 
sistema kuchlanishiga teskari proportsional ekanligini ko’ramiz. 


20 
Uzatilishi mumkin bo’lgan maksimal quvvat kuchlanish bilan nochiziq 
kvadratik bog’lanishda bo’lib, agar 

Download 6,12 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. 2. Elektr energetikasi yo’nalishidagi mutaxassislar uchun «Yuqori

Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish