• Musbat potentsial.
  • Manfiy potentsial.
  • Nolinchi potentsial
  • Elektrik siljish
  • Elektr maydon potentsiali




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/152
    Sana21.02.2024
    Hajmi6,12 Mb.
    #160215
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
    Bog'liq
    YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

    Elektr maydon potentsiali - skalyar kattalik bo’lib nuqtadagi zaryadning 
    maydon kuchlanganligi ta’sirida maydonning kuch chizig’i bo’ylab ko’chishida 
    bajargan ishidir. U musbat, manfiy va nolga teng bo’lishi mumkin. CHunki, elektr 
    maydonning nuqtasi musbat, manfiy va nolinchi potentsialga ega bo’lishi mumkin. 
    Musbat potentsial. Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi musbat 
    potentsial birlik musbat zaryadni elektr maydon kuchi ta’sirida potentsiali nolь 
    bo’lgan nuqtadan berilgan nuqtaga maydon kuch chiziqlariga teskari yo’nalishida 
    kuchishida sarflanadigan energiyani ifodalaydi. 
    Manfiy potentsial. Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi manfiy 
    potentsial birlik musbat zaryadni elektr maydon kuchi ta’sirida potentsiali nolь 
    bo’lgan nuqtadan berilgan nuqtaga maydon kuch chiziqlari yo’nalishida 
    kuchishida sarflanadigan energiyani ifodalaydi. 
    Nolinchi potentsial – zaryadga nisbatan cheksiz uzoqlikdagi yoki 
    zaminlangan nuqtaning potentsiali. 
    Berilgan nuqtadagi elektr maydonining asosiy xarakteristikasi uning 
    kuchlanganligi hisoblanadi. U dielektrikning elektr mustahkamligini belgilaydi. 
    Uning ta’sirida izolyatsiyalovchi muhitning teshilishi yoki qoplanishi kuzatiladi. 
    Ikki izolyatsiyalovchi muhitning chegarasida elektr maydon kuchlanganlik vektori 
    tangentsial va normal tashkil etuvchiga ajratiladi. Dielektrikning teshilishiga olib 
    keluvchi minimal maydon kuchlanganligi teshilish kuchlanganligi (E
    t
    ), 
    qoplanishiga olib keluvchi minimal maydon kuchlanganligi esa koplanish 
    kuchlanganligi (E
    q
    ) deyiladi. 
    Kuchlanish – elektr maydonining ikki nuqtasi orasidagi potentsiallar 
    farqidir.


    29 
    Elektrik siljish – vektor kattalik bo’lib, dielektrikka elektr maydonining 
    ta’siri darajasini belgilaydi va u qaralanayotgan nuqtadagi elektr maydon 
    kuchlanganligi 
    vektorining 
    izolyatsiyalovchi 
    muhitning 
    dielektrik 
    singdiruvchanligiga ko’paytmasiga teng: 



    D

    Elektrik siljish zaryadlangan jismning sirtida elektr zaryad zichligini, yoki 
    o’tkazgich sirtning elektr maydoniga uning kuch chiziqlariga normal yo’nalishda 
    kiritilgan sirtning har bir kvadrat metrida induktsiyalanggan elektr zaryadlarining 
    zichligini harakterlaydi. 

    Download 6,12 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish