• Elektr maydon kuchlanganligi
  •   DIELEKTRIKLARDA KECHADIGAN ELEKTROFIZIK




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/152
    Sana21.02.2024
    Hajmi6,12 Mb.
    #160215
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
    Bog'liq
    YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

    1. 
    DIELEKTRIKLARDA KECHADIGAN ELEKTROFIZIK 
    JARAYONLAR 
     
    1.1. Elektr maydonining xarakteristikalari 
     
    Zamonoviy tasavvurga ko’ra elektr va magnit maydonlari o’zaro bir - biriga 
    ta’sir ko’rsatmaydi. Har bir zaryadlangan jism o’zini o’rab turgan muhitda elektr 
    maydoni hosil qiladi. Bu maydon boshqa zaryadlangan jismlarga maydonning 
    jinsiga bog’liq bo’lgan kuch bilan ta’sir ko’rsatadi. Elektr maydonining asosiy 
    harakteristikasi – bu elektr maydonining zaryadlangan zarachalarga ta’sirini 
    harakterlaydigan kattalik bo’lgan elektr maydon kuchlanganligi hisoblanadi. 
    SHunday qilib, zaryadlangan jismlar-ning o’zaro ta’siri ularning zaryadlangan 
    jismlarni o’rab turgan elektr maydoni vositasida bir–biriga bevosita ta’siri orqali 
    amalga oshadi. 
    Zaryadlangan jismni o’rab turgan elektr maydonini tekshirilayotgan 
    zaryadlarning sezilarli darajada qaytadan taqsimlanishiga olib kelmay-digan 
    qiymati bo’yicha uncha katta bo’lmagan nuqtaviy-sinov zaryad yordamida 
    tekshirishimiz mumkin.. 
    Ma’lumki, elektrodlar orasiga kuchlanishning qo’yilishi natijasida paydo 
    bo’lgan elektr elektr maydonini son jixatdan aniqlash uchun elektr maydonining 
    asosiy kuch harakteristikasi – elektr maydon kuchlanganligi kiritiladi. 
    Elektr maydonining kuchlanganligi deyilganda muhitning berilgan 
    nuqtasiga joylashtirilgan musbat sinov zaryadiga ta’sir ko’rsata-digan kuchning 
    zaryadning 
    qiymatiga 
    bo’lgan nisbati tushuniladi. Elektr maydonning 
    kuchlanganligi ta’sirida izolyatsiyalovchi muhitning teshilishi yoki qoplanishi 
    amalga oshadi.
    Elektr maydon kuchlanganligi – fizik vektor kattalik hisoblanadi. 
    Izolyatsiyalovchi muhitning har bir nuqtasida elektr maydon kuchlanganligi 


    25 
    vektorining yo’nalishi musbat sinov zaryadiga ta’sir etayotgan kuchning 
    yo’nalishiga mos keladi. 
    Qo’zg’almas va vaqt bo’yicha o’zgarmaydigan zaryadning elektr maydoniga 
    elektrostatik maydon deb nomlanadi. Ko’pchilik hollarda bu maydon qisqa qilib, 
    elektr maydoni deb yuritiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
    q
    F




    (1.1) 
    Agar sinov zaryad yordamida bir nechta zaryadlangan jismlarning hosil 
    qilayotgan elektr maydoni tekshirilayotgan bo’lsa, natijaviy kuch ularning har 
    birining alohida sinov zaryadiga ta’sir ko’rsatayotgan kuchlarning yig’indisiga 
    teng. Demak, muhitning ushbu berilgan nuqtasida zaryadlar sistemasi tomonidan 
    hosil qilinayotgan elektr maydonining kuchlanganligi, xuddi shu nuqtada har bir 
    zaryadning hosil qilgan elektr maydon kuchlanganliklarining vektor yig’indisiga 
    teng: 
    .........
    ..........
    ..........
    2
    1









    (1.2)
    Demak, elektr maydoning bu xususiyati uni superpozitsiya qonuniyatiga 
    bo’ysunishini bildiradi. 
    Kulon qonuniga mos ravishda nuqtaviy Q zaryaddan r masofada joylashgan 
    nuqtadagi elektrostatik maydon kuchlanganligining modulini quyidagi formula 
    yordamida aniqlaymiz: 
    2
    0
    4
    1
    r
    Q



    
    (1.3) 
    Bu maydon Kulon maydoni deyiladi. Kulon maydonida elektr maydoni 
    vektorining yo’nalishi maydon kuchlanganligi vektori E ning yo’nalishi bilan bir 
    xil bo’ladi. 
    Elektr maydonini yaqqol va aniqroq tasvirlash uchun kuch chiziqlari 
    tushunchasi qo’llaniladi. Bu chiziqlar shunday o’tkaziladiki, elektr maydonining 
    har bir nuqtasida vektorning yo’nalishi kuch chiziqlariga bo’lgan urinmaning 
    yo’nalishiga mos keladi (1.1- rasm). Elektr maydonini kuch chiziqlari yordamida 


    26 
    tasvirlashda, shuni e’tiborga olishimiz zarurki, kuch chiziqlarining zichligi elektr 
    maydon kuchlanganligi vektorining moduliga proportsional bo’lishi kerak. 
    1.1-rasm. Elektr maydoni kuch chiziqlari. 
    Nuqtaviy zaryad Kulon maydonining kuch chiziqlari yo’nalishi musbat va 
    manfiy bo’lishi mumkin. Uning tasviri 1.2- rasmda keltirilgan. Har qanday 
    zaryadlar sistemasi (to’plami) hosil qilayotgan elektrostatik maydonini nuqtaviy 
    zaryadlar hosil qilgan Kulon maydonlarining superpozitsiyasi ko’rinishida 
    tasvirlashimiz mumkin (1.3- rasm). 1.2- rasmda keltirilgan maydonni har qanday 
    elektrostatik maydonining elementar strukturasi sifatida qarashimiz mumkin. 
    1.2- rasm. Kulon maydonning kuch chiziqlari 
    Nuqtaviy zaryadning Kulon maydonini vektor ko’rinishida yozish qulay 
    hisoblanadi. Buning uchun zaryad Q dan kuzatish nuqtasigacha bo’lgan vektor –
    radiusni o’tkazishimiz kerak. Bunda Q > 0 bo’lsa, vektor parallel va Q < 0 


    27 
    bo’lganda esa, vektor antiparallel deb yuritiladi. Bunday holat uchun quyidgini 
    yozishimiz mumkin: 




    r
    r
    Q
    3
    0
    4
    1
    
    Misol sifatida 1.3- rasmda maydonlarni superpozitsiya qoidasining 
    qo’llanilishi keltirilgan. Unda ikkita modullari bo’yicha bir xil va ishoralari bir-
    biridan farq qiladigan (-q va q) va biri–biridan ma’lum masofada joylashgan 
    zaryaddan tashkil topgan zaryadlar sistemasining (elektrik dipolning)maydon 
    kuch chiziqlari tasvirlangan.
    2
    1








    (1.4)
    1.3- rasm. Dipol elektr maydonining kuch chiziqlari. 
    Elektrik dipolning muhim harakteristikalaridan biri uning quyidagicha 
    aniqlanuvchi dipol momenti hisoblanadi: 
    q
    i




    ,
    bu yerda 

    i
    manfiy zaryaddan musbat razryadga yo’nalgan vektor, 
    i
    i


    modulь. 
    Dipol ko’pchilik gavjum molekulaning elektrik modeli bo’lib xizmat qilishi 
    mumkin. 
    Elektr maydon kuchlanganligi bir izolyatsiyalovchi muhitdan boshqa 
    qo’shni muhitga o’tish chegarasida sinadi va ikkita – normal va tangentsial tashkil 


    28 
    etuvchilarga ajraladi. Bu tashkil etuvchilarning ta’sirida izolyatsiyalovchi muhit 
    teshilishi yoki qoplanishi mumkin. 
    Elektr qurilmalarining tok o’tkazuvchi qismlari orqali tok oqib o’tganda va 
    elektrodlar oralig’iga kuchlanish qo’yilganda elektromagnit maydon hosil bo’ladi. 
    U quyida keltirilgan xarakteristikalarga ega.

    Download 6,12 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      DIELEKTRIKLARDA KECHADIGAN ELEKTROFIZIK

    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish