U
U
U
2
1
deb qabul qilsak, uni quyidagi
formula bo’yicha topish mumkin:
l
Sin
U
U
P
maks
2
1
yoki
l
Sin
U
P
maks
2
.
(K.2)
Elektr sistemasida yuqori kuchlanishning kiritilishi bir qancha murrakab
ilmiy - texnik muammolarni yechishni talab etadi. SHullardan biri sistema
elementlarining elektr izolyatsiyasiga mansub bo’lgan muammodir. Elektr
sistemasida qo’llaniladigan elektr qurilmalarining izolyatsiyasini loyihalashda
asosiy masala «izolyatsiya sathini», ya’ni izolyatsiyaning shikastlanmasdan
chidaydigan kuchlanishini
aniqlashdir. Buning uchun sistema elementlarining
izolyatsiyalarida kechadigan ionlanish va razryadlaish jarayonlarini o’rganish va
tahlil qilish muhim o’rinni egallaydi.
Yuqori kuchlanishni kiritish elektr sistemasi orqali uzoq masofalarga
energiyani iqtisodiy jihatdan samarali tarzda uzatish imkonini yaratadi.
Xarakteristikalari o’rganiladigan va sistema elementlarida qo’llaniladigan
izolyatsiyalar asosan quyidagi uchta ko’rinishda bo’lishi mumkin:
- gazsimon izolyatsiya ko’rinishida qo’llaniladigan dielektriklar sifatidagi
oddiy atmosfera havosi, inert gazlar va elegaz kabilar;
- suyuq izolyatsiyalovchi dielektrik materiallar sifatidagi transformator
moyi, kondensator moyi, kostor moyi va har xil noorganik moylar kabilar;
- qattiq izolyatsiyalovchi dieletrik sifatidagi elektrotexnik chinni, kvarts
shishasi, bakilit qog’ozi va boshqalar.
Atmosfera bilan bevosita aloqada bo’lgan izolyatsiyaga - tashqi izolya-tsiya
deyiladi. Tashqi izolyatsiyaga atmosfera havosi yordamida izolyatsiyalangan havo
elektr
uzatish
liniyalarining
o’tkazgichlari,
elektr
stantsiyalari
va
podstantsiyalarining taqsimlovchi qurilmalar shinalarining oraliqlari hamda
izolyatorlarning sirtlari kiradi. Atmosfera havosining elastikligi va arzonligi uni
tashqi izolyatsiyada izolyatsiyalovchi material ko’rinishida qo’llashga imkon
21
beradi. Shu sababli havo elektr uzatish liniyasi eng keng tarqalgan energiyani
transportlash vositasi hisoblanadi.
Ichki izolyatsiyaning elektr xarakteristikalariga atmosfera sharoitining
holati amalda ta’sir qilmaydi. Ichki izolyatsiyaning asosiy xususiyati uning
eskirishi, namlanishi va ifloslanishi xamda qattiq dielektriklar uchun esa uning
teshilishi va qoplanishi hisoblanadi. Ichki izolyatsiyada qo’llaniladigan suyuq va
gazsimon dielektriklarning elektr mustahkamligi teshilishdan keyin qayta
tiklansada, ifloslanishlar hisobiga qisman pasayadi.
Elektr sistemasini ekspluatatsiya qilish davrida ularda sodir bo’ladigan har
hil tashqi (atmosferadagi) va ichki (kommutatsiya) sabablarga ko’ra izolyatsiyaga
nominal kuchlanishdan anchagina ortiq bo’lgan kuchlanish ta’sir etishi mumkin.
Bu kuchlanish "o’takuchlanish" deb yuritiladi. O’ta kuchlanish qiymati fazadagi
nominal kuchlanishga nisbatan karraligi bilan xarakterlanadi. Tarmoqning
nominal kuchlanishi qancha yuqori bo’lsa elektr sistemasida kutiladigan
o’takuchlanish karrasi shuncha kam bo’ladi.
O’takuchlanish ikkita guruhga bo’linadi:
- tashqi o’ta kuchlanish. U atmosferada sodir bo’ladigan yashinning elektr
qurilmalarining tok o’tkazuvchi qismiga bevosita yoki unga yaqin joyda erga
urilishidan paydo bo’ladi;
- ichki o’takuchlanish. U elektr sistemasini ekspluatatsiya qilish davrida
normal yoki avariya holatida amalga oshiriladigan kommutatsiyalarda va uning
ishlash
holati(rejimi)ning
keskin
o’zgarishida
paydo
bo’ladi.
Ichki
o’takuchlanishning manbai sistemada parallel ishlayotgan generatorlarning
EYUK, sababi esa normal va avariya kommutatsiyalari natijasida bo’ladigan
tebranish konturlarida rivojlanadigan tebranish rezonanslari va ferrorezonanslari
hisoblanadi.
Ma’lumki, erdan to’la izolyatsiyalangan o’tkazgich (havo elektr uzatish
liniyasining simlari, elektr qurilmalarining korpuslari) ga yashinning bevosita
urilishi, unda bir necha million voltga etadigan kuchlanishning paydo bo’lishiga
22
olib keladi. Bu qiymatdagi kuchlanishga xech bir qo’rilmaning izolyatsiyasi
chidash bera olmaydi. Shuning uchun elektr sistemasining normal ishlashini
ta’minlash maqsadida turli hildagi tadbirlar qo’llaniladi. Ulardan keng tarqalgani
muhofazalovchi troslar va yashin qaytargichlarning qo’llanilishidir. Temir
tayanchli elektr uzatish liniyasining butun uzunligi bo’yicha, temir beton va
yog’och tayanchlarda bajarilgan liniyalarda esa stantsiya va podstantsiyalarning
kirishlarida himoyalovchi troslar o’rnatiladi. Ular havo elektr uzatish liniyasidan
kelayotgan zaryadlarni erga o’tkazish orqali qurilmalarning izolyatsiyasini
muxofazalaydi. Bundan tashqari stantsiya, podstantsiya va havo elektr uzatish
liniyalariga yaqin joyga yashin urilishi natijasida havo elektr uzatish liniyalarida
induktsiyalangan o’takuchlanishlardan ularning izolyatsiyasini himoya qilish
maqsadida uchqun oralig’i (UO) va razryadlagichlar qo’llaniladi.
Izolyatsiyaning elektr mustahkamligi, izolyatsiyaning konstruktsiyasiga va
izolyatsiya tayyorlangan dielektrikning tarkibi hamda uning fizika-kimiyoviy
xossalariga bog’liq. Izolyatsiya sathini o’ta kuchlanishning bir qiymati bo’yicha
xarakterlashga ruxsat etilmaydi. SHuning uchun izolyatsiyani koordinatsiyalashda
ular ikkita – ichki va tashqi o’takuchlanish bo’yicha tanlanadi va xarakterlanadi.
Izolyatsiya konstruktsiyalariga (generator, transformator, kondensator va
havo elektr uzatish liniyasi elementlari izolyatsiyasiga) ekspluatatsiya davrida
yuqori harorat, qisqa tutashuvda paydo bo’ladigan elektrodinamik va mexanik
kuchlar ta’sir etishi mumkin. Bundan tashqari izolyatsiyaning ifloslanishi va
ho’llanishi ham uning xarakteristikasining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu
faktorlar izolyatsiyaning tezroq eskirishiga, unda kamchiliklarning (defektlarning)
paydo bo’lishiga va natijada elektr mustahkamligining pasayishiga olib keladi. Bu
o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash esa maxsus tekshirishlar (taftishlar) va
profilaktik sinashlar yordamida amalga oshiriladi.
Yuqori kuchlanishda elektr qurilmalarni ishonchli va iqtisodiy jihatdan
samarali ishlashini ta’minlash uchun ularning izolyatsiyalari zaruriy elektr
mustahkamlik talablariga javob berishi kerak. Buning uchun qurilmalarni ishlab
23
chiqarish va ishlatish jarayonida ularning izolyatsiyalarini qurish, ta’mirlash va
sinash muhim hisoblanadi. Ushbu fanning asosiy maqsadi aynan shunday
masalalarni samarali yechish uchun zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Darslik ushbu fan bo’yicha lotin alifbosida davlat tilida tayyorlangan
birinchi kitob hisoblanadi. Uni tayyorlashda uning mavzusi bo’yicha uzoq va
yaqin xorijiy mamlakatlarda chop etilgan zamonaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar,
internet-sayt materiallari, meyoriy-huquqiy hujjatlar (elektr uskunalarining tuzilish
qoidalari, elektr uskunalarini texnik ishlatish qoidalari, xavfsizlik texnikasi
qoidalari kabilar)dan foydalanildi.
Shuningdek, darslikni tayyorlashda ushbu fandan Toshkent davlat texnika
universitetida «Elektr energetikasi» ta’lim yo’nalishining talabalari uchun uzoq
yillar davomida ma’ruza mashg’ulotlarini olib borgan, marhum, t.f.n., dotsent
Haydarov Safar Javlievich tomonidan yaratilgan o’quv-uslubiy majmua
materiallaridan ham keng foydalanildi.
|