41
ionizatorning ta’siri tugagandan so’ng elektrodlar
orasida tok oqishi ham
to’xtaydi, bunda kechadigan razryadlanish jarayoni mustaqil bo’lmaydi.
Gazlarning eng yuqori elektr o’tkazuvchanligi, uning plazma holatida kuzatiladi,
chunki plazmaning o’tkazuvchanligi ionlashgan ionlar soniga bog’liqdir.
Elektr o’tkazuvchanlik gaz, qattiq va suyuq ko’rinishdagi dielektrik-larda
ham kuzatiladi. Dielektriklarda faqat kuchli maydonlarda razryadlanish jarayoni
boshlanishi uchun shart–sharoit hosil qilinadi.
Gazlarda nisbatan katta
o’tkazuvchanlik toki paydo bo’ladi.
Real dielektriklarda elektr maydonlar ta’sirida o’tkazuvchanlik toki paydo
bo’ladi. Ammo dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi metallarnikiga qaraganda
juda past. Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi ayrim salbiy oqibatlarni
keltirib chiqaradi. Birinchidan, dielektrikning o’tkazuvchanlik
toki ularga elektr
maydoni ta’sir etganda bo’layotgan energiya isrofining (dielektrik isrofning)
sababchisi bo’lsa, ikkinchidan, bu isrof dielektrikning qo’shimcha qizishi
natijasida elektr maydon kuchlanganliginng ma’lum qiymatida uni issiqlikdan
teshilishga olib kelishi mumkin.
Gazning zichligi katta bo’lganda kuchlanishning
ortish effekti siqilgan gaz
ishlatiladigan qurilmalarda (masalan, kabellar va kondensatorlarda) qo’llaniladi.
Gazning zichligi past bo’lganda kuchlanishni ortish effekti esa, vakuumli
izolyatsiyali qurilmalarda (masalan, yuqori kuchlanishli elektron nurli trubkada,
lyuministset lakmpalarda, vakuumli o’chirgichlarda) qo’llaniladi.
Elektrodlar o’rtasidagi oraliq, ya’ni izolyatsiyaning
qalinligi kamayishi
bilan razryadlanish elektr maydon kuchlanganligi
E
p
ortib boradi. Bunday
bog’lanishning fizik ma’nosi shundan iboratki, oraliq
s ning kamayishi, ya’ni
ko’chkining harakatlanish yo’li uzunligining kamayishi bilan to’qnashishlar soni
ham kamayib boradi. SHuning uchun izolyatsiya oralig’ida to’qnashishlar sonini
va ionlanish ehtimolini ko’paytirish uchun elektr maydon kuchlanganligini
oshirish talab etiladi. Bu bog’lanish grafigi 1.7- rasmda keltirilgan.
kV
42
1.7- rasm. Havo uchun
)
s
(
f
U
p
va
1
bo’lganda
)
s
(
f
E
p
(punktir
chiziqli) bog’lanishlar
Gazlarda kechadigan razryadlanish jarayonlari quyidagi ko’rinishlarda
bo’ladi:
- burqsima razryadlanish;
-
uchqunli razryadlanish;
- yoyli razryadlanish:
- tojlanish razryadi.