Yuqori kuchlanish texnikasida qo’llaniladigan gazlarda




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

 
1.2. Yuqori kuchlanish texnikasida qo’llaniladigan gazlarda 
ionlanish jarayonlari 
Gazlar va havo ma’lum darajada har qanday izolyatsiya konstruktsiyasida
qatnashadi. Masalan, taqsimlovchi qurilmalarning shinalari, elektr uzatish 
liniyasining o’tkazgichlari, yuqori kuchlanish transformatori, kondansator-lar, 
ajratkichlar va uzgichlarning kirishlari (elektrodlari) bir biridan atmosfera havosi 
yordamida izolyatsiyalangan. Podstantsiyalarning tayanch izolyatorlari, elektr 
uzatish liniyasining osma izolyatorlari va boshqa izolyatsiya kontruktsiyalari 
doimo atmosfera havosi bilan bevosita aloqalashgan bo’ladi. Ayniqsa atmosfera 
havosining elastikligi va arzonligi, uni izolyatsiyalovchi material ko’rinishida 
keng qo’llashga imkon beradi. Shu sababli, havo elektr uzatish liniyasi eng keng 
tarqalgan energiyani uzatish vositasi hisoblanadi. 
Tashqi izolyatsiyani tashkil etishda asosiy dielektrik material sifatida 
atmosfera havosi xizmat qiladi. Tashqi izolyatsiyaga elektr qurilmalarining tashqi 
atmosfera havosi bilan bevosita aloqada bo’lgan tok o’tkazuvchi kismlarini 
izolyatsiya qilishga mo’ljalangan qattiq dielektriklardan yasalgan izolyatorlar 


31 
kiradi. Tashqi izolyatsiyaning asosiy xususiyati uning elektrik mustahkamligining 
barometrik bosimga, tashqi atrof-muhit haroratiga, havoning namligiga (≈20 
g/m
3
), havoning zichligiga, hamda qattiq dielektriklar sirtining ifloslanishiga 
bog’liqligidir. Bosimning dengiz sathiga nisbatan balanlikka bog’liq ravishda 
o’zgarishini quyidagi formula orqali topamiz: 
R = R
0
(1-10
-4
h).
(1.6)
Bu yerda h- dengiz sathiga nisbatan balandlik; 
0

-normal atmosfera bosimi (760 
mm sim. ust)
Solishtirish uchun yuqori kuchlanish texnikasida foydalaniluvchi gazlarning 
nisbiy elektr mustahkamligi 1.1 -jadvalda keltirilgan.
Har doim elektr qurilmalarini o’rnatishda ularni dengiz sathiga nisbatan 
qanday balanlikda joylashishini e’tiborga olish tavsiya etiladi. Dengiz sathiga 
nisbatan har 100 m balandlikda atmosfera bosimi 1% kamayib boradi. Normal 
atmosfera sharoitidan farq qiladigan sharoitda havoning zichligi quyidagi formula 
bo’yicha topiladi:








386
0
0
0
,

.
1.1- jadval. Elektr qurilmalarida foydalaniluvchi gazlarning xarakteristikalari. 
Gazlar 
Kimiyoviy 
tarkibi 
Havoga nisbatan elektrik 
mustahkamligi 
Suyulish 
harorati 
Havo

1,0 

Vodorod 
N2
0,6
-
Azot 
N2 
1,0 
-
Elegaz 
SF6 
2,5 
-52 
Freon
CCI2 F2 
2,5
-30
Trixlorftormetan 
SCI3 F 
4,5 
+49 
Tetraxlormetan
SCI4 
6,3
+76 


32 
1.1- jadvaldan ko’rinadiki, trixlorftormetan va tetraxlormetan kimiyoviy 
birikmalarning elektr mustahkamligi qolgan gazlarga qaraganda ancha yuqori. 
Ammo bu birikmalarda ionlashish jarayonida uglerod ajralib chiqishi natijasida 
o’tkazuvchan qatlam hosil bo’lishi mumkinligi sababli ularni elektrenergetikada 
qo’llab bo’lmaydi. Elektr o’tkazuvchanliklari bir xil va suyulish harorati nisbatan 
past bo’lgan kimyoviy inert gazlar, freon va elegaz elektr sistema elementlarining 
izolyatsiyasida keng qo’llaniladi. Bu gazlarning umumiy kamchiligi ularning 
tannarxining boshqalarga nisbatan yuqoriligidir. 
Misol uchun qalinligi 0,5 sm bo’lgan atmosfera havosining normal 
atmosfera sharoitida elektrik mustahkamligi 17 kV ga teng bo’lsa, havoning 
bosimini 15 atmosferaga etkazganimizda uning elektrik mustahkamligi 190 kVga 
tenglashadi. Solishtirish uchun toza transformator moyining shu qalinlikdagi 
qatlamining elektrik mustahkamligi 160 kV ga teng ekanligini olishimiz mumkin.
Gazlarda neytral molekuladan bitta erkin elektronni ajralib chiqish 
jarayoniga ionlanish deyiladi. Ionlanish jarayonining amalga oshirish uchun 
ma’lum ish bajarish zarur. Bu ishni bajarish uchun sarflanadigan energiyaga 

Download 6,12 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yuqori kuchlanish texnikasida qo’llaniladigan gazlarda

Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish