Yuzaga kelishiga olib keladi




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana09.01.2024
Hajmi0,59 Mb.
#132933
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan xavfli omillarining inson organizmiga ta’siri

Asabiy zo’riqish. Ko’rish, badanning turli qismlaridagi og’riklar 
to’g’risidagi 
shikoyatlar 
bilan 
birga, 
57,7 

tekshirilgan 
operatorlarda umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan: kuchaygan 
umumiy toliqish, bosh og’rig’i, boshning og’irlashuvi, yomon uyqu
tetiklikni, ish qobiliyatini susayishi va x.k. Xususiy kompyuterda 


282 
ishlovchi 
operatorlarning 
ko’pchiligida (40,3%) kuchaygan 
asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruxiy azoblanish kabi
turgun asabiy-psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash 
texnikasi bilan band insonlarda boshqa sohalarda ishlovchi 
guruhlarga nisbatan lipillashlarni qushilishining kritik chastotasi 
ko’rsatkichi bo’yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, 
ya’ni ko’z orqali bir sekundda minimal portlagan yorug’lik qiymatini 
uzluksiz va sezilmas darajada qabul qila olishi bo’lib, uni o’zgarish 
xarakteri asab tizimlarini ortiqcha ta’sirchanligi va turg’unligi 
bo’zilganligidan dalolat beradi. 
Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun’iy 
yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish 
joyi rаsiоnаl tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan 
ma’lumotlarni kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini 
tekshirish qiziq natijalarni berdi. Tekshirilganlarning (jami 12 kishi) 
80%da (elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 
minut uzluksiz ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi 
pasayib, so’ng ko’tarilib, ish tugashiga yaqin o’z xolatiga 
yaqinlashadi. Miya faolligining ko’tarilishi natijasida ish qobiliyatini 
oshishi o’z-o’zini xayajonga keltirish effekti, ya’ni uzluksiz bir xil 
aqliy operatsiyalarni bajarganidan yuzaga keladigan zararni qoplash 
effektidir. 
Shu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda 
tekshirilganlar 
diqqatni 
mustaxususiy 
kompyuteramlik 
konsentrasiyasi testini bajarganda e’tibor berish vaqti uzaygani, 
xatolar soni oshgani va yurak qisqarish chastotasi pasaygani, 72 % 
esа ko’zlarning muskul muvozanati buzulgani aniqangan. Xususiy 
kompyuter operatorlarida ish jarаyonida diqqati faol bo’lishi, ish 
natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muxim ilmiy yoki 
iqtisodiy masalalarni еchishda katta javobgarlik stress deb ataluvchi 
asabiy toliqishni yuzaga keltiradi.
Asabiy toliqish - bu organizmni fiziologik reaktsiyasi bo’lib, 
qo’yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha resurslarini jalb 
qilishdir. Asabiy toliqish xolatida operatorda kuchaygan ish xolati, 
umumiy jamlanganlik, xarakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat 
reaktsiyasining tezlashuvi kuzatiladi. Lekin xis-tuyg’uning jo’shishi 


283 
rag’batlantirish mexanizmining fiziologik chegаrasi bo’lib, undan 
so’ng manfiy effect yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegаradan 
chiqish formalari buzulishlarga, insonni xaddan ziyod toliqishiga olib 
keladi. 
Videoterminal foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, 
xatto aviadispetcherlardan xam yuqori darajada duchor bo’ladilar. 
Stresslar bosh aylanishlarning, ko’ngil aynashi, depressiyalar, 
stenokardiya, ish qobiliyatini pasayishi, tez hayajonlanish, diqqatini 
bir joyga jamlash uchun uzoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh 
og’rishlar, uyqusizlik, ishtaha yo’qligining sababchisidir. Amerikalik 
psixologlar bir qator o’quv yurtlarida (maktablarda, oliy o’quv 
yurtlarida) olib borgan izlanishlardan yangi, yaqinda paydo bo’lgan 
kompyuterofobiya deb atalmish, ya’ni o’zi hohlamagan tarzda 
xususiy kompyuterda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar. 
Agar bunday o’quvchini yoki talabani baribir kompyuterga 
o’tqazsalar, ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar
bosh 
og’rig’i 
boshlanar 
ekan. 
Ma’lumotlarga 
qaraganda, 
kompyuterofobiya - mashina bilan muloqot, uning organizmga salbiy 
ta’siridan yuzaga keladigan qo’rqish kasalligidan EXM da 
ishlaydigan operatorlarning katta qismi, (30-40 %) aziyat chekar 
ekan. 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish