Yuzaga kelishiga olib keladi




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.01.2024
Hajmi0,59 Mb.
#132933
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan xavfli omillarining inson organizmiga ta’siri

50 sm radiusda 50 Gs chastotali magnit maydoni xatto 0,2- 0,3 A/m 
intensivlikda xam yomon sifatli xususan qon va miya, kasalliklarni 
paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Xususiy kompyuter 
operatorida miya shishi boshqa kasbdagilardan ko’proq kuzatiladi. 
Ta’kidlanadiki, kichik intensivlikdagi EMM limfositlarining shish 
mavjud katakchalarni o’ldirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, 
buning natijasida organizmning umumiy immun statuey kamayadi. 
Bunday maydonlar immun tizimni yo’qotib, shishlarni, shu jumladan 
yomon sifatlilarini paydo bo’lishiga olib kelishi mumkinligini 
bildiradi. Juda kichik chastotadagi pulslanuvchi nurlanishlar oq qon 
katakchalariga to’g’ridan-to’g’ri negаtiv ta’sir ko’rsatadi. 
Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (BDSST) 1989 yildayok; 
kichik chastotadagi maydonlarning nafaqat rak kasalligining, balki 
yana quyidagi kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi bo’lishini xam
ta’kidladi: 
- ba’zi bir teri kasalliklari displeyda ishlaganda zo’rayadi (turli 
toshmalar, sebboroid ekzema, pushti temiratki va boshqa) 
- katakchalardagi qonning metabolizmiga va biokimyoviy 
reaktsiyasiga ta’siri natijasida operatorda stress simptomlari paydo 
bo’ladi, 
- xomiladorlikni kechishi buzuladi, 
- xomilador ayollarda bolani chala tug’ish xollari ikki barobar 
ortadi, 
- reproduktiv funktsiyani bo’zilish extimoli bo’ladi. 
Еkspertlarining 
ta’kidlashicha, 
elektrostatik 
maydon 
foydalanuvchilarga xam salbiy ta’sir o’tkazadi, xususan ko’z 
gavxarining xiralashishiga, glaukoma bilan kasallanish chastotasini 
ortishiga, past voltli razryadlar esа katakchalarni bo’lib tashlashga va 
o’zgartirishga qodirdir. 


287 
Xaqiqatdan, o’zidan elektron "zambarak"ni namoyish qiluvchi 
displeyning elektron-nurli trubkasi ekranning tashqi tarafida musbat 
zaryadlangan zarrachalarni to’planishiga yordam beradi. Agar 
havodagi manfiy ionlar musbatlisidan bir necha barobar ortsh bo’lsa, 
inson o’zini yaxshi xis etadi, lekin monitor ekrani yaqinida musbat 
ionlarning ortiqchalari yig’iladi. Xavoda mavjud mikrozarrachalar 
(chang, tamaki tutuni va b.) ushbu ionlar yordamida xaydaladi va 
monitor oldida o’tirgan foydalanuvchining yo’ziga, ko’ziga o’tiradi. 
Bunday "bombardimon" natijasida operatorda bosh og’rig’i, 
Uyqusizlik, ko’z charchashi, yuzlarda toshmalar hosil bo’lish 
ehtimoli oshadi, allergik va asmatik ko’rinishlar paydo bo’ladi. 
Avval ta’kidlanganidek, EMM xomiladorlik paytida ayol 
organizmiga ta’siri aloxida xavf tutdiradi. Bir xaftada 20 soat ish 
vaqtini displey ekrani oldida o’tkazadiganlarda xomilani chala tutish 
extimoli shuncha vaqtda displeysiz ish bajaradiganlarnikidan 60 % ga 
baland ekan. AQSHda, Shvetsiyada, Yaponiyada olib borilgan 
izlanishlar kampyuterda ishlaydigan xomiladorlarning 30 %da 
xomiladorlikning qiyin kechishi, 20 % ga yaqinida esа bolani chala 
tutish xolatini qayd etgan. AQSH xavo yo’llari Birlashgan 
markazining ma’lumotlariga ko’ra, kompyuterda ishlaydigan 48 
xomilador operatorning 15(!) tasiga yaqinida xomilasi chala 
tug’ilgan, 2 tasi vaqtidan oldin tug’gan, ikkitasida esа bola tug’ma 
mayib-majrux bo’lgan. 
SHovqin, zararli moddalarning ta’siri, issiqlik ajralishi, elektr 
tokidan jarohatlanish xavfi, yong’in chiqishi xavfi. Yuqorida sanab 
o’tilgan kompyuterda ishlash xususiyatlari xamda ko’rish, emission 
parametrlar bilan bog’liq zararli faktorlardan tashqari, xususiy 
kompyuter dan foydalanganda uning o’zidan va o’rnatilgan 
uskunalardan shovqin, issiqlik va zaxarli moddalarni ishchi zonasida 
tarqalishi xam foydalanuvchiga yomon ta’sir o’tkazishi mumkin. 
Bundan tashqari, texnika xavfsizligiga so’zsiz rioya qilmaslik 
natijasida elektr energiyasidan ta’minlanayotgan asbob-uskunalardan 
doimo elektr toki bilan jaroxatlanishning potentsial xavfi mavjuddir. 
Elektr toki bilan ta’minlash manbaiga bir necha elektr asboblarini bir 
yo’la ulash xamda noto’g’ri foydalanish natijasida ortiqcha yuklanish 
sababli yong’in chiqish xavfi mavjuddir. 


288 
Kompyuter bilan ishlash jarаyonida ushbu zararli va xavfli ishlab 
chiqarish faktorlarini ko’rib chiqamiz. 
Hususiy kompyuter joylashgan xonadagi akustik shovqin 
printerlarni, ko’paytirish texnikasini, xamda kompyuter ventilyatorini 
o’zining sovitish tizimini va transformatorini ishlashidan yuzaga 
keladi. Bundan tashqari xususiy kompyuterni yuqori chastotali 
transformatori ultratovush tebranishlarni xam generatsiya qilishi 
mumkin. Bunday xonalardagi shovqin darajasi 80dB ga etishi 
mumkin, bu esа me’yoriy ko’rsatkichlardan ancha yuqoridir. 
Ma’lumki, shovqin asab tizimiga, yurak-tomir a’zolariga, xamda 
xazm qilish organlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hisoblash 
texnikasidan foydalanilganda kompyuter korpusi va uning qismlari 
tayyorlangan plastik massa chiqaradigan zararli maxsulotlardan ish 
zonasi 
ifloslanishi 
mumkin. 
Xususan, 
hisoblash 
texnikasi 
ishlatilayotgan xonada ulchangan mizdorlari hayriyatki kichik 
bo’lgan. polixlorlangan bifinillar (PXB)mavjudligi qayd etilgan. 
Hozirgi paytda ish joylari tekshirilganda fenol, formal degid va stirol 
mavjudligini albatta tahlil qilinadi. Videoterminallar issiqlik 
ajratuvchi manba bo’lgani uchun ish joylarda xaroratni oshishiga va 
xavoning namligini kamayishiga, buning oqibatida esа diskomfort 
yuzaga kelishi, ish samaradorligini pasayishi, toliqishni zo’rayishi, 
terini qichishi va yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Bundan 
tashqari, xavfsiz mexnat sharoitini yaratish uchun ish joylarida 
ishlatadigan xususiy kompyuterlar, boshqa uskunalar odatda 220V va 
50Gs manbadan foydalaniladi, Ishlatish jarаyonida tok o’tkazuvchi 
qismlarning muhоfаzа qobiqlari, simlari shikastlanishi mumkin, bu 
esа o’z navbatida foydalanuvchini tok o’tkazuvchi qismlarga yoki 
kuchlanish ostida bo’lgan metalli bo’laklarga tegib ketish xavfini 
yuzaga keltiradi. 
EXM 
foydalanuvchisning 
kompyuterda 
ishlaganda 
xavfli 
faktorlardan sog’lig’ining uzgarishi extimollari. Videoterminal bilan 
ishlaganda yuqorida keltirilgan ishlab chiqarishning zararli 
faktorlarini darajasi odatda quyida ko’riladigan sanitar me’yorlardan 
pastdir. Bu videoterminal ishlab chiqarilgan korxonada topshiruv 
jarаyonida xavfsizlik sertifikati uchun o’tkaziladigan sinovlar bilan 
me’yoriy darajalariga muvofiqligi tasdiqlanadi. Lekin oxirgi paytdagi 


289 
izlanishlar hisoblash texnikasi foydalanuvchilarda bir qator kasbiy 
kasalliklarni 
rivojlanayotganini 
ko’rsatayapti. 
30-jadvalda 
kompyuterda ishlagandagi asosiy potentsial zararlar sog’liqni 
yomonlashuviga qay darajada aloqadorligi keltirilgan (BDSST 
ma’lumotlariga asosan). 
30- jadval 
Kompyuterda ishlaganda tavakkallik faktorlarini mumkin
bo’lgan sog’liqni yomonlashuviga ta’siri 
Tavakkallik 
faktorlari 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish