Rahbarlar daromadining kafolatlari va uning nazorat qilinishi




Download 1,54 Mb.
bet114/331
Sana06.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#260832
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   331
Bog'liq
Yxatga olindi ¹ 2019 y

Rahbarlar daromadining kafolatlari va uning nazorat qilinishi. Maoshlardan tashqari, rahbarlarni rag’batlantirishning muhim tarkibiy qismi bo’lib, aktsiyalarning optsionlari xizmat qiladi. Rahbarlar uchun aktsiyalarning qiymati pasayib ketish oqibatlariga barham berish yoki zararlar miqdorini eng kam darajaga keltirish maqsadida maxsus tizim ishlab chiqilgan:
— rahbarlar tarkibiga aktsiyalar bozor narxidan pastroq narxda sotiladi;
aktsiyalarning qiymati tushib ketgan taqdirda rahbarga dastlabki qiymat bilan fond bozorida pasayib ketgan qiymat o’rtasidagi farq to’lanadi;
— rahbarlar uchun optsion qiymati bozor qiymatidan yuqoriroq qilib belgilanadi;
—rahbarlar qo’shimcha aksiyalar paketini, ko’chmas mulkni sotib olish uchun aktsiyalar hisobidan qarz olishlari mumkin, bu qarzlarga to’lanadigan foizlar bozor foizlaridan pastroq bo’ladi.
Rahbarlarga to’lanadigan mukofotlar paketi tarkibiga to’plab qo’yilgan to’lovlar ham kiradi. Bularga korxona (kompaniya)lar beradigan nafaqalarni, shuningdek, muayyan vaqtdan keyin hosil bo’ladigan boshqa to’lovlar turlarini ham kiritish mumkin, ya’ni:
— o’zaro kelishuvga muvofiq bir necha yildan keyin to’lanadigan mukofot (omonat hisoblari deb ataluvchi hisoblar);
— mazkur xodim yoki umuman kompaniya mehnat unumdorligi yoki foyda olish yuzasidan muayyan darajaga erishgandan keyin to’lanadigan mukofot.
Rahbarlar bilan ular uchun to’plab qo’yilgan to’lovlar xususida tuziladigan shartnomalar ikki turda bo’lishi mumkin: rasmiy maqomga ega bo’lgan shartnomalar; rasmiy maqomsiz amal qiladigan shartnomalar.
Rahbarlarni mukofotlash tizimida eng maqbul vaziyat — strategik mo’ljalni qisqa muddatli moslashuvchanlik bilan birga qo’shib olib borishdir. Rahbarlarni mukofotlashning ayrim moddalari, masalan, pensiya tizimlari uzoq muddatli xususiyatga egadir. Ayni vaqtda jahon iqtisodiyotining oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan xususiyatga ega ekanligi, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar, raqobat kurashida asosiy e’tiborning boshqa narsaga qaratilishi rahbarlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilishida moslashuv chanlikni, hujjatlarga, AQSHda aytishlaricha, «oltin parashyut» tamoyiliga asoslangan qoidalarning kiritilishini talab qiladi. Mazkur tamoyil rahbarlardan iborat kadrlar tarkibini saqlash va ularga tanglik holatlarida yordam ko’rsatish choratadbirlarini amalga oshirish tizimini nazarda tutadi. Uning mohiyati shundan iboratki, kompaniya qayta tashkil etiladigan yoki rahbar kadrlarning bir qismi bo’shatiladigan bo’lsa, bu kadrlar o’z oyoqlari bilan erga qo’nishlari lozim. Ana shu maqsadda bo’shatilish vaqtida beriladigan moddiy kompensatsiya soliqqa tortilmaydi, agar u yangi ishlab chiqarishga (biznesga) sarflangan bo’lsa, bunday holda «amaliy xarajatlar» moddasi bo’yicha qarab chiqiladi.
Rahbarlarni taqdirlashning elementlaridan biri tabiiy to’lovlar shaklidagi turli xil xizmatlar bo’lib, ularning haqini kompaniya to’liq va qisman to’laydi: bular — transport berib turish, samolyot chiptasining haqini to’lash, avtomobillarni bepul parkovka qilish, bepul kafeteriylar, sihatgoh va pansionatlarga yo’llanmalar, sport bilan shug’ullanishga haq to’lashdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda firmalar va korxonalarning rahbarlari maoshini belgilashda cheklashlar yo’q. Lekin rahbarlar uchun ish haqining asoslangan bo’lishiga doir talablar mavjud. Buni ikki tashkilot: soliq boshqarmasi va mazkur kompaniya aktsiyadorlari yig’ilishi kuzatib boradi.
Kompaniya rahbarlariga maosh belgilashda quyidagi omillar e’tiborga olinadi;
rahbar kadrlarni jalb qilish va ularni mustahkamlash uchun lavozim maoshlari darajasi;
— mazkur mintaqadagi boshqa kompaniyalar rahbarlariga to’lanadigan kompensatsiyalar darajasi;
— kompaniyaning yalpi yoki sof foydalari;
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya boshqa xodimlari ish haqi o’rtasidagi nisbatlar;
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya aktsiyalari bo’yicha to’lanadigan dividendlar nisbati;
— biznesning muayyan turlarida foyda olishning murakkabligi;
— mazkur kompaniyadan foyda olishda rahbarlar muvaffaqiyatining barqarorligi.
Kompaniyaning rahbarlarga to’lovlari va beradigan imtiyozlarini nazorat qilish tamoyili, birinchidan, shundan iboratki, yuqori haq to’lanadigan xodimlarning soliq to’lashdan bosh tortish imkoniyatidan mahrum etish, ikkinchidan, rahbarlar bilan oddiy xodimlar mehnatiga haq to’lashdagi mutanosiblik buzilmasligiga yordam berish, uchinchidan, jon boshiga to’lanadigan soliqning kamayib ketishiga va ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga badallar undirish negizlariga putur etishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Rahbarlar tarkibiga haq to’lashni tartibga solish uning xizmat faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni tartibga solishini ham o’z ichiga oladi. Bu o’rinda amaliy uchrashuvlarga doir xarajatlar, ishga doir sheriklarga mukofotlar sotib olishga, simpoziumlarga, ish bilan bog’liq ovqatlanishlarga, kompaniya hisobidan avtomobil va samolyotlardan foydalanishga mo’ljallangan xarajatlar nazarda tutiladi.



Download 1,54 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   331




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rahbarlar daromadining kafolatlari va uning nazorat qilinishi

Download 1,54 Mb.