|
Yxatga olindi № 2019 y
|
bet | 115/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yQisqаchа хулоsалар
Iqtisodiyotning barcha sohalarida mehnatga to’lanadigan haqni baravarlashtirish, ayniqsa, yuqori unumli sohalarda, yuksak malakali mutaxassislar etishmaydigan tarmoqlarda daromadlarni tenglashtirish umumiy tarzda inflyatsiyaning avj olishi uchun omil bo’lib xizmat qiladi. Bu hol shunga olib keladiki, ish haqini oshirish pirovard natijada, butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligini quvib o’tadi.
Dunyoda ishlab chiqarish sohasida ro’y berayotgan umumiy tanazzul natijasida keyingi yillarda ish bilan bandlik borasidagi ahvol birmuncha murakkablashdi. Oxirgi o’n yil ichida dunyo bo’yicha o’rtacha kishi boshiga to’g’ri keladigan daromad ketma-ket qisqardi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda daromadlar siyosatining xususiyatlari nimada?
2. Daromadlar siyosati va mehnatga haq to’lash vositalari bo’yicha qanday amaliy tajribalar bor?
3. Vengriyada mehnatga haq to’lash vositalari qanday xususiyatlarga ega?
4. Ish bilan bandlik va ish haqi to’g’risida, xalqaro statistika haqida gapiring.
57. «Yalpi» va «sof» ish haqi to’g’risida nimalarni bilasiz?
8. AQShdagi istiqbolli kasblar bo’yicha mehnatga haq to’lash qanday amalga oshiriladi?
9. Ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar va uning tarkibiga nimalar kiradi?
10. Yaponiyada ish kuchiga sarflanadigan xarajatlarning xususiyatlari haqida gapiring.
11. Shvetsiyada ish haqini tashkil etish xususiyatlari nimalarda ifodalanadi?
14. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ish haqini tashkil qilishdagi qanday o’zgarishlarni bilasiz?
15. Ish haqi tuzilmasini qanday usullar bilan tartibga solish mumkin?
16. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi stavkalarini belgilash usullarini aytib bering.
17. Ish haqining shakl va tizimlari hamda uning ko’rsatkichlarini aytib bering.
18. Ish haqi bo’yicha oshkoralik, hisobga olish va nazorat tizimi haqida nimalarni bilasiz?
19. Ish haqining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri qanday ko’rsatkichlarda ifodalanadi?
|
| |