|
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
|
bet | 203/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yII. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo’lishining o’ziga xos shakllari, chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to’lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog’liq bir qator muammolarni o’rganishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida mehnatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish muammolarini o’rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy muammolarini aniqlash; bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi muammolarini o’rganish; aholining ish bilan bandligi va ishsizlikning kamaytirishning yo’llarini aniqlash; korxonaning ish haqi tizimini taxlil qilish va mehnat ko’rsatkichlari taxlili; aholi turmush darajasi, daromadlarini oshirish muammolarini o’rganish; mehnat sohasida aniq sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, taxlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat.
«Mehnat iqtisodiyoti» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
– iqtisodiy bilim asoslari; bozor iqtisodiyoti sub’ektlari; iqtisodiy kategoriyalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi:
iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni, iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi;
talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo’llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kamtegoriyalarni). Iqtisodiy muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarni hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
|
| |