155
bo'yini o'lchash uchun probirka millimetrlarga bo'lingan qog'oz lenta yopishtirib
qo'yiladi.
Ichiga rezina lenta solingan nay probirka ichiga joylashtirilgandan keyin,
rezina lentaning uzunligi millimetrlarga bo'lingan qog'oz yordamida o'lchanib,
yozib olinadi, probirkaga benzol yoki benzin qo'yiladi va probka bilan bekitiladi.
Rezina lenta bo'kishi to'xtaguncha, har 5 minut ichida lentaning bo'yi qancha
uzaygani yozib boriladi. Olingan natijalar grafikka qo'yiladi, bunda bo'kayotgan
lenta uzunligi ordinata o'qiga, vaqt esa absissa o'qiga qo'yib chiqiladi.
34- rasm. Rezina bo'kkanda qancha o'zgarishidan foydalanib bo'kish
darajasini o'lchash.
Qilingan ish haqida hisobot:
1. a
) bo'kish darajasi muhit pH ga qanday bog'liq ekanini:
b
) rezina lenta organik suyuqliklarda bo'ktirilganda lentaning uzayishi vaqtga
qanday bog'liq ekanini ko'rsatadigan grafiklar tuzish.
2. Anionlarning bo'kish darajasiga ta’siri kamayib borishiga qarab, ularning bir
qatorga terish va bu bog'lanishga izohlab berish.
Nazorat savollar.
1. Iviqlar bo'kish qobiliyatiga qarab qanday klassifikatsiyalanadi?
2. Bo’kish jarayonida yana qanday hodisalar yuz beradi?