Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar. Ko'pik hosil qilish 
uchun ishlatiladigan asbob, havo puflagich, soat. 
Eritmalar: agar-agarning va nekalning (butilsulfonaftalinning natriyli tuzi) 
0,2% li eritmalari (ko'pik hosil qiluvchilar). 
Ko'pik hosil qilishga mo'ljallangan eritma silindirga quyiladi. Shu 
maqsadda nekalining 2 % li eritmasini olishi mumkin. Silindrning og'zi ikki 
teshikli tiqin bilan bekitiladi. Probkaning bitta teshigidan shisha nay o'tkazilgan, 
nayning uchi esa g'ovak shisha plastinka bilan berkitilgan. Silindrda hosil 
qilingan ko'pik jo'mragi bor shisha nay orqali mayda ulushlarga bo'lingan 
yig'gichga oqib o'tadi. Tajriba quyidagi tarzda olib boriladi. Jo'mrak yopiq 
turganda asbob ichida havo bosimi ma'lum daraja orttiriladi. Havo bosimini 
tartibga solib turish uchun havo puflagich bilan monometr o'rtasiga ulangan 
idishdan foydalaniladi. Bu idish silindrdan iborat bo'lib, uning ichiga shisha nay 
tushirilgan. Sistemadagi bosim shu nay silindrdagi suyuqlikka qancha botirib 
turilganiga qarab, tartibga solinadi. Tajriba qanday bosimda olib borilishiga 
qarab, silindrga har xil zichlikdagi suyuqliklar quyiladi. Havo bosimi doimiy 


158 
qiymatga ega bo'lgandan so'ng jo'mrak ochiladi. Dastlab hosil qilingan ko'pik 
boshqa idishga yig'ib olinishi kerak. Ko'pik bir tekisda oqib chiqa boshlagandan 
keyin nayning uchi yig'gichga tushirilib, uning yuqorigi belgisigacha ko'pik 
yig'ib olinadi. Yig'gich to'lgandan keyin havo berish to'xtatiladi va ma'lum vaqt, 
masalan: har 10 sekund ichida ko'pikdan qancha suyuqlik ajralib chiqishi o'lchay 
boshlanadi. Keyinroq 10 sekunddan ko'proq vaqt ichida qancha suyuqlik 
chiqishini o'lchash kerak, chunki bunda ko'pikdan suyuqlik ajralib chiqishi juda 
sekinlashib qoladi. Shu bilan bir vaqtda ko'pik ustunining balandligi qanday 
o'zgarishi kuzatib boriladi. Buning uchun ko'pik uchgan sari, uning yuqorigi 
sathi qancha pasayishi belgilanadi. 

Download 3,22 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish