• 14-rasm. Logistik axborot tizimlarining moddiy-texnologik bazasi
  • ‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/71
    Sana16.05.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #239076
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
    Bog'liq
    Logistika asoslari

    Nazorat savollari:
    1. «Teskari aloqaga ega axborot tizimi» tushunchasi nima uchun 
    xizmat qiladi?
    2. Teskari axborot tizimlari qanday tamoyillarga asoslanadi?
    3. Bosqichma- bosqich yaratish tamoyili deganda nimani 
    tushinasiz?
    4. Axborot tizimlarida EHM nima uchun kerak?
    50


    4.3. Logistik axborot tizimining infrastrukturasi va axborot
    texnologiyalari
    Transport logistikasi axborot ta’minotining (AT) moddiy- 
    texnologik bazasini transport-logistik operatsiyalarni tezkor bosh­
    qarish, natijalami nazorat qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan har 
    xil texnik vositalar va dasturlar ta’minlaydi (14 - rasm).
    Logistik axborot tizimining moddiy-texnologik bazasi quyida- 
    gilarni ta’minlaydi:
    - logistik axborot tizimining ishini muvofiqlashtirish va 
    integratsiyalash;
    - daromadlar, xarajatlar, byudjet moddalarining bajarilishi 
    haqidagi axborotlarning tezligi va uzluksizligini;
    - xatolar sonini kamaytirish va logistik operatsiyalarni bajarish 
    paytida
    14-rasm. Logistik axborot tizimlarining moddiy-texnologik bazasi
    Yaqin kunlargacha logistik axborot tizimlarining infrastruk­
    turasi logistik operatsiyalarni boshqarish uchun xizmat qilib kelgan 
    bo'lib, ular asosan transport-logistik tizimlardagi buyurtmalarni 
    qabul qilish va qayta ishlash, yuklarni iste’molchiga yetkazib


    berishda foydalanilar edi. Bugungi kundagi erkin raqobat sharoitida 
    logistik axborot tizimlari quyidagi masalami yecha olishni 
    ta’minlashi kerak:
    - logistik talablarni rejalashtirish;
    - boshqaruv nazorati;
    - yechimlaming tahlili;
    - yetkazib berish zanjirining integratsiyalashgan boshqaruvini 
    ta ’minlash.
    Logistik axborot tizimlarining asosiy infratuzilmalaridan biri 
    bu, m a’lumotlar faylidir. M a’lumotlar faylda funksional belgilariga 
    qarab saqlanadi (rejalashtirish, nazorat qilish va boshqalar).
    Transport logistikasining axborot ta ’minotida logistik axborot 
    jarayonlarining 
    harakati 
    avtomatlashtirilgandagina belgilangan 
    talablarga javob bera oladi. Y a’ni iste’mollarni ishonchli, to iiq va 
    aniq axborotlar bilan ta ’minlash hamda anglab yetishi uchun qulay 
    bo‘lgan shaklda uzatilganda amalga oshadi.
    Bu yerda xulosa qilib yana shuni ham eslatib o ‘tish kerakki, 
    axborot va kommunikatsion tizimlar qanchalik rivojlangan bo‘lsa, 
    transport logistik jarayonlarning ish unumdorligi shunchalik ortadi.
    Logistik axborot tizimida axborotlami avtomatlashtrilgan qayta 
    ilshov berishni hisoblash texnikasi va aloqa vositalari yordamida 
    amalga oshirish katta samara beradi.
    Iqtisodiyotga «Logistika» fanini keng joriy etilishning asosiy 
    sabablaridan biri moddiy oqimlarni boshqarishda kompyuterlami 
    keng qo‘llanilishidir. Bugunda boshqa mutaxassisliklar kabi trans­
    port logistikasi bilan shug‘ullanuvchilarning ishini kompyutersiz 
    tasavvur etib bo‘lmaydi.
    Elektron hisoblash mashinalarining asosiy bloklaridan biri 
    bo‘lgan hozirgi zamon protsessorlarining geometrik o ‘lchamlari 
    kichik bo‘lishiga qaramay juda katta xotiraga va tezkorlikka ega.
    Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti xodimlarni 
    o ‘z joyida 
    o ‘tirib murakkab masalalami yechish imkonini beradi. Kompyuter 
    texnikasining bu imkoniyatlari moddiy oqimlarning harakatiga 
    tizimli yondoshish, har bir uchastka orasidagi axborotlami uzluksiz 
    va o ‘z vaqtida olishni ta ’minlaydi.
    52


    Hozirgi zamon iqtisodiyotida transport sistemalarida axborot 
    texnologiyalari (AT) unumdorlikning va raqobatbardoshlikning 
    asosiy garovi bo‘lib hisoblanadi.
    Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish undan foydala- 
    nuvchilar bevosita axborotlarni olishi uchun qulay sharoitlarni 
    yaratib berishi sababli bir paytda ortiqcha oraliq zvenolarni bartaraf 
    etilishiga olib keladi. Bu esa, o ‘z navbatida, transport logistikasi 
    uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
    Agar transport terminali ko‘rsatishi kerak bo‘lgan xizmatlarga 
    bevosita yo‘l ochib berilsa, jarayonlam i avtomatlashtirish transport- 
    logistik zanjimi optimal darajagacha qisqartirishga olib keladi. Ichki 
    logistik operatsiyalar 
    mukammallashtrilib borgani sari ortiqcha 
    ichki va xuddi shunday tashqi zvenolar ham bartaraf etiladi.
    0 ‘zaro hamkorlikka layoqat transportirovka qiluvchilar orasida 
    axborotlarni kompyuterlar yordamida amalga oshirish imkonini 
    beradi.
    Shunday qilib, axborot tizimlari va texnologiyalari transport 
    logistikasiga katta ta’sir etadi va biznes masalalarini yechishning 
    eng samarali vositasi hisoblanadi.
    Yuqoridagilardan 
    kelib 
    chiqib, 
    axborot 
    texnologiyalari 
    atamasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: axborotlarni to ‘plash, 
    qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish usuli va vositalari.
    Logistikaning axborot texnologiyalarini asosan quyidagilar 
    tashkil etadi:
    - m a’lumotlaming elektron almashuvi;
    - aloqa vositalari;
    - aloqa kommunikatsiyalari;
    - internet;
    - pochta;
    - shtrix yordamida kodlash;
    - integrallashgan logistikani q o ila b quvvatlash.
    M a’lumotlaming elektron almashuvi kompyuterlar va zamo- 
    naviy telekommunikatsiyalar yordamida amalga oshiriladi. U pochta 
    va xat tashuvchilarga b o ig a n ehtiyojni, hatto faksni ham bartaraf 
    etadi.
    53


    Yetkazib beruvchilar va iste’molchilar aloqasi integratsiyasi na- 
    tijasida ish unumdorligi ortadi, operatsiyalarga sarflanadigan xara- 
    jatlar kamayadi.
    A xborot texnologiyalarini qo'llash har xil transport kompa- 
    niyalari va turlari bitta yagona tizim va standart asosida ishlashi 
    uchun imkoniyat yaratib beradi. Birlashtirilgan transport tarm og‘i 
    har bir transport turining afzalliklaridan to ‘liq foydalanishni 
    ta ’minlaydi. A loqa vositalari va kommunikatsiyalari yo‘lda ketayot- 
    gan transport vositalari bilan doimiy aloqani ta’minlab beradi. Bu 
    y o ‘nalishda amalga oshirilayotgan eng zamonaviy texnolo- 
    giyalardan biri GPS tizimi orqali aloqani o ‘rnatishdir.
    Avtomobil harakati parametrlarining 
    GPS tizimi avtotrans- 
    portni ekspluatatsiya qilish davrida uni (dispetcher) nozimlik 
    boshqaruvini am alga oshirish va ish samaradorligini nazorat 
    qilishga m o‘ljallangan.
    Tizim da ishlatilayotgan jihozlam ing turi va ko‘lamiga ko‘ra 
    bunda ikki turdagi muolajani amalga oshirish imkoni yaratiladi:
    1. H ar bir transport vositasining harakati to ‘g ‘risidagi m a’Iu- 
    motni uzluksiz olish va tahlil etish;
    2. Transport vositasining real vaqt masshtabidagi o ‘rni va 
    harakatini nazorat qilish.
    Birinchi turdagi tizim soddaligi bilan ajralib turadi. Bu tizimda 
    markaziy server bilan uzluksiz bog‘langan va unga haq to‘lashning 
    hojati y o ‘q, chunki bog‘lanish muttasil mavjud bo‘ladi. Bundan 
    tashqari, serverning ham keragi yo‘q, demak, yuqori malakali 
    mutaxassis, unga haq toMashning ham xojati yo ‘q. Eng asosiysi, bu 
    tizim nafaqat 0 ‘zbekiston hududida, balki undan tashqarida ham 
    faoliyat k o ‘rsatishi mumkin.
    Bu variantda axborot vaqti-vaqti bilan tahlil etiladi. Buning 
    uchun avtomobilga o ‘matilgan GPS qabul qilishdagi axborot 
    o ‘tilgan yo ‘l marshrutini ko‘rib, tahlil etish uchun kompyuterga 
    yoziladi. Natijada avtomobil marshrutining xohlagan nuqtasidagi 
    sana va vaqt, yo‘nalish va tezlik, bakdagi yonilig‘i sathi, olib qochil- 
    ganligi va hokazo m a’lumotlar olinadi.
    Ikkinchi variantda yuqoridagi m a’lumotlarning hammasini real 
    vaqt uchun olinadi, ya’ni o‘tkinchi parametrlar ko‘rib turiladi. Dis­
    petcher o ‘zining kompyuter monitorida avtomobilning real harakati
    54


    vaqtidagi tezligi, yo‘li, yonilig‘i sarfi va h.k. lami ko‘rib turadi, 
    zarur bo‘lsa, haydovchiga tegishli buyruqlarni yuboradi. Lekin 
    jihozlarning qimmatga tushishi, ulanish kanallarining xizmatini 
    qoplash zarurligi, asosiysi, uyali aloqa GPS bog‘lanishining Res- 
    publika va undan tashqarida moliyaviy noqulayligi uning mavqyeini 
    pasaytiradi.
    Aytish joizki, ikkala tizimning texnik vazifasi bir xil, deyish 
    mumkin.
    Avtomobilning marshrutdagi harakatlanayotgan joyi aniqligi 3- 
    5 metrdan 120-150 metrgacha, harakat tezligi esa bir necha km/soat, 
    joriy vaqtga bogManish aniqligi 1-3 sekunddan bir minutgacha.
    Tadqiqotchilar GPS jihozlarining ikki xilini Intellilog V5 va 
    Intellilog X8 ni sinab ko‘rishgan. Ikkala tur jihoz ham marshrut 
    100000 nuqtasining tavsifmi eslab qoladi, jumladan, geografik 
    kenglik, uzunligi, sana, vaqt, tezlik va hokazolar kabi.
    Avtomobil harakati marshrutining sun'iy yo‘ldoshdan olingan 
    surati 
    15-rasmda ko‘rsatUgan. Kompyuterdagi m a’lumot matnli 
    fayldan iborat bo‘lib, uni tahlil etish uchun zarur dasturlar ishlab 
    chiqilgan.

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish