XV bob. LOYIHALASH (KONSTRUKSIYALASH)
ASOSLARI
Xalq xo ‘jaligining turli sohalarida yangi mashina va mexanizmlami
ixtiro qilish, amaldagilami takomillashtirish yoki qayta ishlab chiqarish
loyihalash deb ataladi. Loyihalashga doir ishlar har doim grafik tasvirlar,
y a’ni chizmalar, eskizlar, texnik rasmlar chizish bilan bog‘liq b o iad i. Shu
bois, ilmiy texnikaviy rivojlanish ko‘p jihatdan konstruktiv loyihalashga
asoslanadi.
Yangi buyumlar ixtiro qilinayotgan yoki amaldagisini takomillashtirish
jarayonida javob ikki va undan ortiq, ya’ni ko‘p bo‘lsa, masala ijobiy
hisoblanadi. Bunday vaziyatda konstruktor o ‘zining eng oliy darajasi -
ijodiy faoliyatini ishga solib, texnik, texnologik hamda iqtisodiy masalalar
shartlarini hisobga olgan holda eng optimal variantni tanlaydi. Shunda u
turli loyihaviy grafik tasvirlar chizish yordamida o ‘z maqsadiga erishishi
mumkin.
Lekin loyihalash asoslarini ongga fazoviy tasavvur qilish orqali
singdiriladi. Chunki fazoviy tasavvur qilish jarayonida inson ongida
shakllangan obrazni ko‘z oldiga keltirish orqali tahlil qilish yoki u bilan
muloqatda bo‘lish hamda loyihalash imkoniyatiga ega bo‘lishga olib
keladi. Insonda fazoviy tasavvur qilish fazilatlami ro‘yobga chiqarishda
ko ‘plab loyihalashga oid turli mashqlami bajarishga to ‘g ‘ri keladi.
Mashqlar uchun quyidagilar taklif etiladi.